Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


-bob. BOLALARGA QARATILGAN IJTIMOIY ISHNING ETIK TAMOYILLARI



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə167/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   193
13-bob. BOLALARGA QARATILGAN IJTIMOIY ISHNING ETIK TAMOYILLARI
Reja:
1. Bolalar bilan ishlash: maqsad, vazifa va o‘ziga xoslik
2. Bolalar bilan ishlashning axloqiy prinsiplari
3. Ijtimoiy xizmatchiga bolalar bilan ishlashda kerak bo‘ladigan bilim va tajriba
4. Bolalar bilan ishlashning bir qator talablari.
Tayanch so‘z va iboralar: bolalar bilan ishlash, maqsad va vazifalar, me’yoriy-huquqiy asoslari, konvensiya, bilim, malaka, tajriba.


1. Bolalar bilan ishlash: maqsad, vazifa va o‘ziga xoslik
Ijtimoiy ishning asosiy maqsadi xalqaro hujjatlarda ham belgilab berilgan. Ular orasida ijtimoiy chetlatilgan, ajratilgan insonlar va jamiyat hayotida xavfli guruh insonlarini birlashtirish; o‘zlarini mustaqil himoya qila olmaydigan insonlar yoki insonlar guruhlari (bolalar, yoshlar, nogironlar, psixik kasalliklari bor insonlar va shu kabilar)ga yordam ko‘rsatish va himoyalash; xizmatlar va resurslarni olishni o‘zlari amalga oshira olmaydigan insonlar yoki insonlar guruhlariga yordam ko‘rsatish va o‘qitish kabilar mavjud435.
Bolalar bilan ishlaydigan ijtimoiy ish xodimi keng qamrovli turli tuman muammolar bilan shug‘ullanadi. Xususan, ular orasida shafqatsiz va e’tiborsiz munosabatlarni boshdan kechirgan bolani himoyalash; ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni joylashtirish (misol uchun, farzandlikka olish, bolalarga foster vasiylik qilish); oilada turli keskin vaziyatlarda bolaga yordam ko‘rsatish (misol uchun, turar joyini o‘zgartirish, oila a’zosining vafoti, tabiiy ofatni boshdan kechirish va boshqalar); nogiron bolalar va ularning oilalari bilan ishlash; xulqida qiyinchiliklar bo‘lgan yoki ijtimoiy zararli axloqli bolalar bilan ishlash asosiy ishlar hisoblanadi. Shunday qilib, bolalar ijtimoiy ish xodimi turli xildagi muammolar bilan ishlaydi. Odatda, mijozning bir muammosi bilan shug‘ullanib borar ekan ijtimoiy ish xodimi yana bir qator aloqador muammolarga duch keladi. Misol uchun, bolalarga e’tiborsizlik ko‘pincha ota-onasi (yoki ota-onasidan birining) ichkilikbozlikka berilganligi bilan bog‘liq bo‘ladi; bolaning murakkab xulqi aslida oilaviy, ko‘pincha er-xotinlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning buzilganligi sababli bo‘ladi va shu kabilar. Shunday holatlarga duch kelib, o‘z mijozlariga ularni hal qilishda yordam ko‘rsatib bolalar va oilalar bilan ishlaydigan ijtimoiy xodimlar, birinchi navbatda, bolaning manfaatlarini ta’minlashga amal qilib boradilar.
Dunyoda “bolalarni himoya qilish” degan tushuncha bor. Albatta, buni global miqyosdagi umuminsoniy masala sifatida qabul qilamiz. Ya’ni ochlikdan, ommaviy epidemiyalardan, urush harakatlari oqibatlaridan, axloqsiz zo‘ravonliklardan himoya qilishga xalqaro tashkilotlardan tortib har bir davlat va har bir sog‘lom fikrlovchi kishilarni ishidir436. Negaki, bolalarni himoya qilish keng qamrovli va dolzarb masalalar hisoblanadi. Bu borada “zamonaviy dunyoda jahon hamjamiyati bolalarni ijtimoiy himoya qilish, bolalik dunyosini yaxshilashga qaratilgan keng miqyosdagi samarali tadbirlar faol amalga oshirilmoqda. Biroq, oila va bolalarni ijtimoiy himoya qilishning samarali texnologiyalarini joriy qilish jarayonida qator konseptual va amaliy muammolar ham kuzatilmoqda. Ular orasida quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: bolani ijtimoiy himoya qilish borasida yagona standartlarning mavjud emasligi; bolalarni himoya qilish sohasida davlat tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish tizimining samarador emasligi; ehtiyojmand oilalar va bolalarga yordam ko‘rsatish modellarining ishlab chiqilmaganligi; ushbu soha mutaxassislarining, xususan, ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy pedagoglarning yetarli emasligi va b. Shu sababli bugungi kunda dunyoning yetakchi markazlarida oilalar va bolalarni samarali ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borishga ehtiyoj ortib bormoqda”437.
Bugungi kunda yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy jihatdan himoya qilish bo‘yicha juda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli huquqiy baza shakllangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalar o‘z ifodasini topgan.
Shuni ta’kidlash joizki, bola huquqlarini himoya qilish sohasida qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun O‘zbekiston xalqaro huquqiy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘lida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Amaldagi qonunchilikda bolalarning huquq va manfaatlariga, shuningdek, ularning himoyasiga alohida e’tibor berilmoqda.
Har bir bola olamning bir parchasi, uning qalbi va ongidagi ob-havo butun bashariyat hayotining ob-havosini belgilaydi, bolaning biror millat, mamlakatga mansubligi nuqtayi nazaridan qarasak, bola o‘sha millat, o‘sha mamlakatning bir parchasidir. Shu boisdan mazkur sohada bir qator islohotlar amalga oshirildi. Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni (2017), 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-406-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi (1998), O‘zbekiston Respublikasi bola huquqlari kafolati haqidagi Qonuni (2008), “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-871-sonli Farmoni (1994), “Aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-3017-sonli Farmoni (2002), “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3864-sonli Farmoni (2007), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qariyalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-237-sonli Qarori (2015), “Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5325-sonli Qarori (2018), “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4782-sonli (2017) qarorlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2018) Farmoni kabi me’yoriy hujjatlar mamlakatimizda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun institutsional asos sifatida xizmat qilib kelmoqda. Masalan, “Harakatlar strate-giyasi”ning to‘rtinchi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”da “oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish438 belgilangan.
Ma’lumki, bola huquqlari sohasida qonunchilikning asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Unga muvofiq bolada tug‘ilishi bilanoq inson va fuqaroning huquq, erkinliklari vujudga keladi hamda ular davlat tomonidan kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga ko‘ra “farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi439.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin