Nazorat uchun savollar: 1. Marginal guruhlar tushunchasi nimani anglata?
2. Marginallikni keltirib chiqaruvchi sabablar qaysilar?
3. Marginal guruhlarning jamiyatdagi holatini qanday baholash mumkin?
4. Marginal shaxs tushunchasining ma’nosi nima?
5. Ijtimoiy guruhlar qanday tasniflanadi?
6. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan islohotlarni amaliy natijadorligi nima bilan izohlanadi?
Mavzu bo‘yicha test savollari: 1. Guruhning psixologik xususiyatlari qatoriga manfaatlar, ehtiyojlar, me’yorlar, qadriyatlar, guruh fikri va guruh ... kabi gruppaviy omillarni kiritish mumkin. A. maqsadlari
B. yo‘nalishlari
C. imkonlari
D. mutaxassislari
2. Qanday guruh muayyan ahamiyatga molik muloqot davrasi bo‘lib, individ unga o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib qo‘shiladi? A. referent guruh
B. in-guruh
C. aut-guruh
D. yopiq guruh
3. Marginal shaxs deb nimaga aytiladi? A. muayyan ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi oraliq vaziyatni egallagan individ yoki biror tabaqa, qatlamga mansub bo‘lmagan individni ifodalovchi atama.
B. yirik guruhlar doirasida uyushmagan, stixiyali tarzda vujudga kelgan va uyushgan, uzoq muddat mavjud bo‘lgan guruh
C. shaxs o‘zining ayni shu guruhga mansubligini anglab yetishining o‘ziga xos mezoni bo‘lgan guruh.
D. kishilar birgalashib muayyan faoliyatni amalga oshiradilar yoki o‘xshash hayot sharoitlarida kun kechiradilar va shu bois o‘zlarini mazkur birlikka mansub guruh.
4. Marginal shaxs atamasi qaysi amerikalik sotsiolog tomonidan ilk bor qo‘llanilgan? A. R.Park
B. G.Spenser
C. E.Dyurkgeym
D. O.Kont
5. ... ijtimoiy ish mutaxassisi alohida inson yoki guruhni joriy holatini o‘rganib, ularga mikromuhitni ta’sir darajasini aniqlaydi, ya’ni ijtimoiy diagnostikasini amalga oshirib, ehtiyojmandlik holati va darajasini baholashdan iborat. Ushbu funksiya ijtimoiy ishni funksional-strukturaviy tahlili qaysisiga taalluqli? A. Diagnostika o‘tkazish funksiyasi
B. Rejalashtirish va yo‘naltirish funksiyasi
C. Prognostika o‘tkazish funksiyasi
D. Huquqiy himoya qilish funksiyasi