Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi Sport va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi fani umumkasbiy fan hisoblanib 1-6 semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, gimnastika va uni o’qitish metodikasi, yengil atletika va uni o’qitish metodikasi, kurash turlari va uni o’qitish metodikasi. suzish va uni o’qitish metodikasi, jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari, jismoniy madaniyatni o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kabi fanlardan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlikni talab etadi.
Fanning ta’limdagi o’rni Jismoniy madaniyat yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarni tayyorlashda harakatli o’yinlar va sport o’yinlari asosiy vosita hisoblanib, jismoniy sifatlami rivojlantirish va tarbiyalash, fanning nazariy hamda amaliy bilim, ko’nikma hamda malakalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning «Sport va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi» fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi innovatsion - pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatnia materiallar, elektron materialar, virtual stendlardan va sport jihozlaridan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlariga mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Asosiy qism Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni Sport va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari Harakatli o’yinlar va uni o’qitish metodikasi fani bo’yicha ota bobolarimiz o’ynab kelgan o’yinlarni tiklash, ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishga o’rgatish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.