II. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘RTA GURUH BOLALARIDA IJTIMOIY MA‘NAVIY XULQ ATVOR KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA MTT VA OILA HAMKORLIGI
2.1. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda MTTning o’rni
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari, mahalla hamda oila hamkorligini yo’lga qo’yishga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan ko’zlangan maqsad– farzandlarimizning jismoniy, shaxsiy (ruhiy), aqliy va maxsus tayyorgarligi uchun har tomonlama qulay hamda sog’lom muhitni yuzaga keltirishdir. Maktabgacha yoshdagi bolaning ta’lim olish huquqi, uni kamoloti va rivojlanishi uchun oilada qanday imkoniyatlar yaratilishi lozimligi, mahallaning aholi bilan ishlash uslublari va kuzatuvini tashkil qilish kabi masalalar ushbu dissertatsiyada batafsil yoritildi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kamolotida yangicha yondashuv va uni targ’ib qilishda oila, mahalla ishtiroki 3-7 yoshli bolalar rivojlanishida, aynan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamayotgan bolalarga asosiy e’tibor berilishining muhimligini tushunish, maktabgacha ta’limni qo’llab quvvatlashda ota-onalarga ko’maklashish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning manfaatlari bilan bog’liq uchta muhim tamoyil:
1.Bolaning rivojlanishida ta’limning muhimligi;
2.Maktabgacha yoshdagi bola ta’limiga ta’sir qiluvchi oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini o’rganish;
3.Oilaning maktabgacha yoshdagi bolani rivojlanishida munosabatini yanada takomillashtirish.
Yurtimizda yosh avlodning har jihatdan barkamol bo’lib voyaga yetishi uchun keng imkoniyatlar yaratilib, ko’pgina xayrli ishlar amalga oshirilayotir. Onalik va bolalikning ijtimoiy muhofazasi, sog’lom oila muhitini, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, bolalarning bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etish, ularni sportga, qo’shimcha ta’limga jalb etish, sog’lomlashtirish va profilaktik tadbirlar, kasbga yo’naltirish, har taraflama uyg’un rivojlangan yetuk shaxsni tarbiyalash borasidagi sa’y-harakatlar e’tiborga molikdir. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, dunyodagi birorta davlat ertangi kun egalari bo’lgan yosh avlodning ma’naviy va jismoniy kamoloti uchun ularning zamon talablariga mos bilim olishi, hunar tanlashi, qobiliyati va iqtidorini erkin namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish bilan birgalikda doimiy diqqat markazida tutishida, qayg’urishida O’zbekistonga tenglasha olmaydi. Bu haqiqatni bugungi kunda jahon hamjamiyati ham e’tirof etganligini ta’kidlash o’rinlidir. Ayni paytda dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari barchamizga yangi vazifalar yuklamoqda. SHunday vazifalardan biri – yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik kabi xislatlar bilan birga yuksak ma’naviyat egasi bo’lish hamda boshqa millatlarga nisbatan hurmat bilan qaraydigan, insoniy qadr-qimmatni va milliy urf-odatlarni e’zozlaydigan insonlar qilib tarbiyalashdir. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilinishi, moddiy texnika bazasini yaratilishi uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning asosiy poydevori hisoblanadi. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilada ta’lim olishlari “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to’g’risidagi Qonunda belgilab qo’yilgan1. SHunday ekan, bolalar maktabga borgunlariga qadar oila unga elementar harakatlardan tortib olamni va undagi voqea-hodisalarni idrok etish, anglash borasidagi dastlabki ko’nikmalarini shakllantiradi. Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarning ota-onalari uchun tayyorlangan besh va yetti nomdagi rasmli kitob amaliyotda samarali natija berdi. Kitob yordamida bolalarning maktabda yaxshi o’qishiga, ularda o’quv motivlarini shakllanishiga erishilmoqda. Zero, bolalar oilada tarbiyalanadi, unda sodir bo’ladigan voqealar ularga katta ta’sir ko’rsatadi. Ota-onalar birinchi galda o’z farzandining individual xususiyatlari va o’qishga bo’lgan munosabati haqida boshlang’ich sinf o’qituvchisiga to’g’ri, asosli ma’lumot berishlari zarur. Agarda ota-onalar farzandining sog’ligi, intilishlari, harakatlari, fe’l-atvori, o’qishga bo’lgan umumiy tayyorgarligi to’g’risida aniq ma’lumot bersa, uni maktabga tayyorlash oson kechadi. Barcha ota-onalar o’z farzandining yutuqlaridan xabardor bo’lishni xohlaydilar. Pedagoglar ota-onalar bilan bola haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtirish va imkon qadar samarali ishlash uchun bolaning uydagi va maktabgacha ta’lim tashkilotidagi holati, uning kuchli va zaif tomonlarini, tashvish tug’diradigan barcha jihatlarni tahlil qilishlari kerak. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda avvalo uning jismoniy o’yindagi harakatlarini, rasm chizishga bo’lgan intilishlarini, ko’rgan, bilgan voqea-hodisalarini aytishga, musiqa tinglash, o’yinchoqlarni ehtiyotlab saqlash, kiyimlarni kiyish, yechish, ota-onaga yordam berish kabi faoliyatlarni kuzatib, u haqida ma’lumotga ega bo’lishlari lozim. Unda ota-ona bolaning yuqoridagi faoliyatlarida aqliy rivojlanish darajasi va mustaqilligi qanday tarkib topayotganligiga asosiy e’tiborni qaratishi kerak. CHunki, bularning barchasi bolaning o’yini, mehnati jarayonidagi aqliy darajasi, mustaqilligi, tengdoshlari bilan bo’ladigan muomala va munosabatlarida o’z ifodasinitopadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalar qo’mitasi faol ishtirok etishi, ota-onalar uchun seminar-treninglar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bolaning oiladagi vaqtini o’yin, mehnat va o’qish faoliyatlariga to’g’ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Aytish mumkinki, bolani maktabga tayyorlashda mahalla, ota-ona, tarbiyachi va maktab pedagoglari hamkorlikda faoliyat olib borsalar, ta’lim-tarbiya samaradorligi yanada oshadi. SHu bilan birga, ayirim ota-onalar bola tarbiyasi borasidagi yangi zamonaviy axborot va ma’lumotlardan bexabar bo’lishlari mumkin. Deyarli barcha ota-onalar farzandlari yetuk inson bo’lib voyaga yetishishini istaydilar. Ammo ularning ta’lim-tarbiyasini qay darajada olib borish kerakligi borasida yetarlicha ma’lumotga ega emasliklaridan qiynaladilar, ota-onalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari tomonidan olib boriladigan suhbatlar orqali ko’mak berish mumkin, bunda maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligi muhimdir.
Oilada ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda quyidagi sharoitlarni yaratishi talab etiladi.
Maktabgacha ta’lim davrida turli rangli rasmli ertak, hikoya kitoblar bilan ta’minlash va ular bilan mashg’ulotlarni olib borish;
Sog’ligi, shaxsiy gigiena ko’nikmalarni tarkib toptirish yuzasidan g’amxo’rlik va nazorat qilish;
Bolada sog’lom turmush tarzini shakllantirish;
Rasm chizish va harf elementlarini bajarishga asta-sekin o’rgata borish;
O’yin, o’qish, mehnat va dam olishlarini uyg’unlashtirish;
Bolani maktab ta’limiga ruhan, aqlan va ma’naviy jihatdan tayyorlash;
-Bolani topshiriqlarni bajarishda burchni hisqilishga, ongli ravishda bajarishga odatlantirish;
-Bolaning lug’at boyligini oshirishga, talaffuzi va nutqining rivojlanishiga, o’z fikrini aytib berishga o’rgatib borish;
Bolaning yosh va individual xususiyatlarini yaxshi bilishi, o’rganishi;
Ota-onalar boshlang’ich sinf o’qituvchisi bilan hamkorlikda ishlashi;
-Bolaning bilim olishga bo’lganmaylini, xohishi va intilishlarini ta’minlash va tarkib toptirishdir.
Bolalarga doimiy g’amxo’rlik qilish, ularga mehr-muhabbat va quvonch bag’ishlash, ma’naviy sog’lom oila muhitida kamol topishi va kelajakda komil inson bo’lib voyaga yetishini ta’minlash davlat siyosatini yuqori darajasiga ko’tarilgan vazifalar qatoridan o’rin olgan, ya’ni maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Bolalar bilan yaxshi munosabatda bo’lish uchun ota-onalar va tarbiyachilar quyidagi sakkizta tamoyildan foydalanish muhimdir:
Bolalarga uni sevishingizni ko’rsating. Ijobiy hislatlaringizni namoyon eting. Ota-ona yoki tarbiyachi bolani yoqtirishini bildirishi, muhabbat va quvonch bilan qo’lda tutishi juda muxim hisoblanadi. Bola ham o’z navbatida bunga munosib javob qaytaradi.
Bola bilan gaplashing. Turli ovozlar, xissiy bildirmalar va imo-ishora orqali muloqot qilsa bo’ladi. Bola qilayotgan xarakatlarga tarbiyachi ijobiy izoh bersa, bola xursand bo’lib, shovqinlar bilanjavob beradi. Keyin tarbiyachi bolaning bu shovqinlarini o’rganib olib, imitatsiya qilsa, bola javob qaytaradi. Bu kabi hissiy muloqot bolaning keyinchalik tarbiyachi va ota-ona bilan bo’ladigan munosabatiga va nutqining rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Bolaga ergashing. Bola bilan muloqatga kirishayotganda, tarbiyachi bolaning istagi e’tibor berib, unga ergashishga harakat qilishi kerak. Agar bola biror o’yinchoq yoki biror jismni o’ynamoqchi bo’lsa, uni yaxshilab tekshirib ko’rishiga imkon bering yoki uxlaydigan payti bo’lib qolgan bo’lsa- yu, lekin o’ynagisi kelayotgan bo’lsa, biroz qo’yib bering. SHunda bola tarbiyachi uni xurmat qilayotganini sezadi va uning tashabbusi inobatga olinayotganini ham xis qiladi.
Bola biror narsani yaxshi qilishni uddalasa, uni maqtab tasdiqlang. Bola biror narsani ishonchi va g’ayratini rivojlantirishi uchun, tarbiyachi va ota-ona uning xarakatlarini qadrlashi va inobatga olganini bildirishi kerak. Yaxshi qilingan ishlarni maqtash, boshqa ishlarni noto’g’ri qilishning oldini oladi. SHu yo’sinda tarbiyachi yoki ota-ona bolaning harakatlarini muvofiqlashtirib boradi.
Diqqatni jamlash, bolaga diqqatini jamlashga va tajribasi bilan o’rtoqlashishga yordam bering. Go’dak va yosh bolalar atrofidagi narsalarga nisbatan diqqatlarini tortishda yordamga extiyoj sezadilar. Tarbiyachi yoki ota-ona bolaga qiziqqan narsalarini ko’rsatib, o’z tajribalari bilan o’rtoqlashishi mumkin. Masalan, biror narsani ko’rsatib, u haqida gapirib berishi mumkin.
Bolaga o’z dunyosini his qilishda, tasvirlash orqali yordam bering. Narsalarni nomlash va tasvirlash orqali hamda bola o’zi tajriba qilishi orqali narsalarning ma’nosini anglay boshlaydi. Bola atrofidagi dunyosini kashf qilishi uchun, yo’l yo’riqqa muhtoj bo’ladi. Tarbiyachi yoki ota-ona vokal va hissiy ifodalar bilan ma’nolarni topishga yordam berishi mumkin.
Bolaga o’z tajribasini kengaytirishga va boyitishga yordam bering. Bola ulg’ayishi bilan uning atrofi ham kengayib ketayotganini his qiladi. Endi tanlov ko’proq bo’ladi. Bu juda ham muhim jarayon hisoblanadi, ayni shu davrda tarbiyachi bolaning atrofidagi ko’plab ma’lumotni uning oldingi tajribasi bilan bog’lashga yordam berishi mumkin.
Ahloqini to’g’rilab turish: bolaga qoidalar, chegaralar va qadriyatlarni o’rganishida yordam bering. Bola o’zini o’zi boshqarishida, tanlov qilishida va rejalashtirishida yo’l yo’riqlarga ehtiyoj sezadi. Bu holat albatta tarbiyachi yoki otaonaning muloqatga kirishishi bilan yuzaga keladi. Tarbiyachi yoki ota-ona bosqichma-bosqich rejalashtirishni va nima uchun ba’zi narsalarni qilishga ruxsat etiladiyu ba’zilarini qilishga ruxsat etilmasligini tushuntiradi. Doimo to’siq bo’luvchi “yo’q” deyishni o’rniga, ijobiy shakldagi variantlarni ishlatish yaxshiroqdir. Yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqib, quyidagi xulosalarni bildirish mumkin: Mahalla, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlik tizimini takomillashtirishda davlat me’yoriy-huquqiy hujjatlari, jamiyat taraqqiyotining eng so’nggi darajasi, ijtimoiy ehtiyojlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining imkoniyatlaridan maqsadli va samarali foydalanishni ko’zlab faoliyat yuritish kerak. Bunda tarbiyachilarning, ota-onalarning va mahallaning hamkorligi ijtimoiy jihatdan zarurligini e’tiborga olgan holda, ularning faoliyat olib borish imkoniyatlari, tafakkur qamrovi va intellektual salohiyatlari hamda innovatsion jarayonlarni anglashiga e’tibor qaratiladi.
1.Mahalla, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlik tizimini takomillashtirishda birinchidan, ijtimoiy-umumiy imkoniyatlarni, ikkinchidan, uzluksiz ta’lim tizimidagi imkoniyatlarni, uchinchidan, innovatsion ta’lim texnologiyalarining nazariy asoslarini, to’rtinchidan, mahalla, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlik tizimini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslarini, beshinchidan, ularni hamkorlik faoliyatiga tayyorlashlardagi samaradorliklarni aniqlash mezonlariga e’tibor qaratish kerak. Bular, mahalla, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlik tizimini takomillashtirishda metodologik asos vazifasini bajaradi.
2.Mahalla, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlik tizimini takomillashtirishga tayyorlangan mukammal ilmiymetodik ta’minotlar mahalla, ota-ona va tarbiyachilarni intellektual rivojlangan avlod tayyorlashdagi istiqbolli natijalarni qo’lga kiritish imkonini beradi va eng asosiysi “Sifatli maktabgacha ta’lim-bola kelajagining poydevori”, degan ezgu niyatlarimizning og’ushmay amalga oshirishiga
7 fundamental asos bo’ladi . Mahalla, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlik tizimini takomillashtirishdagi yo’nalishlarni ilmiy-metodik jihatdan asoslab olishga ham muhim ko’rsatmaviy-didaktik asos vazifasini bajaradi.
3.Mahalla, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlik tizimini takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan nazariymetodologik asoslardan foydalangan holda ularni kasbiy faoliyatga yondashuv, istiqbolli pedagogik natijalarni qo’lga kiritishga keng imkoniyatlar yaratadi va shubhasiz ular ijobiy pedagogik samaralarni beradi. SHunday ekan, “Oila–maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligi“ masalasi barkamol avlodni ma’nan yetuk, jismonan baquvvat, yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, vataniga va xalqiga sadoqatli, fidoiy va hushyor insonlar etib tarbiyalashda ota-ona, mahalla faollari va tarbiyachi pedagoglarni yagona maqsad sari birlashtiruvchi mexanizm sifatida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. “Oila–mahalla– maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligi”, ayni paytda, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularda go’zal va betakror yurt – O’zbekistonimizga sadoqat, ajdodlarimizning ulkan ma’naviy va madaniy merosiga, muqaddas dinimizga nisbatan hurmat va ehtiromni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Bolalarga doimiy g’amxo’rlik ko’rsatish, ularga mehr-muhabbat va quvonch bag’ishlash,ma’naviy sog’lom oila muhitida kamol topishi va kelajakda komil inson bo’lib voyaga yetishini ta’minlash O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan vazifalar qatoridan o’rin olgan bo’lib,ayni vaqtda aynan ushbu vazifalar Maktabgacha ta’lim Vazirligining faoliyatini dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrьdagi PF-5198-son “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsad qilib belgilangan. Ushbu Farmonda Maktabgacha ta’lim vazirligini va vazirlikning viloyatlardagi boshqarmalari, tuman va shahardagi bo’linmalarini tashkil etish belgilangan. Yana ushbu farmonda Maktabgacha ta’lim vazirligining to’qqizta asosiy vazifalari va yo’nalishlari belgilangan, shundan, ikkinchi vazifasi etib ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. SHunday ekan, Farmondagi maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Sifatli maktabgacha ta’lim bola kelajagining rivojlanish davriga poydevor qo’yuvchi davri desak mubolag’a bo’lmaydi, insonga xos sifatlar shakllanadi. Ushbu davrda ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiya ta’sirida shaxsning sifatlari shakllana boshlaydi. Bolaning maktabda a’lo baholarga o’qishi, aqliy qobiliyatini namoyon eta olishi, yuqori ko’rsatkich va yaxshi natijalarga erishuvi, uning aqlan yetuk inson bo’lib shakllanishi maktabgacha yoshida olgan bilim va ko’nikmalariga bog’liq. Hozirgi kunda oilada bolalarni tarbiyalash masalasiga har qachongidan ko’ra katta ahamiyat berilmoqda. Bu mavzu doimo barcha ota-onalarni ham, katta kishilarni ham qiziqtirib, shuning bilan birgalikda tashvishlantirib kelgan. Tarbiya jarayonida, u hoh oilada bo’lsin, hoh maktabgacha ta’limda bo’lsin bolaning ruhiy xususiyatini hisobga olmaslik kelajakda eng katta, tuzatib bo’lmas xatoliklarga yo’l qo’yish demakdir. O’ylab qaraydigan bo’lsak, bolaning tabiatini, qiziqishini, eng muhim ichki dunyosini bilmay, o’rganmay turib ular bilan tarbiyaviy ish olib baradigan bo’lsak, aminmizki, tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishish ancha qiyin. Inson bolalik paytidan ota-onasi, akalari, opalari, o’rtoqlari, umuman atrofdagi kishilar u yoki bu xulqni taqlidan o’ziga singdirib boradi. SHuning uchun ham xalqimiz “kattalar odobi bolalar kamoli”, deb bejiz aytishmagan. Modomiki, ma’naviy go’zal qilayotgan odamiylik va shunga o’xshash sifatlar zamirida axloq muhim o’rinni egallar ekan. Demak, biz avvalo farzandlarimizning ruhiyatini barcha salbiy ta’sirlaridan poklashimiz va ularni sog’lom fikrlashga, ya’ni xadisda aytilganidek. “Kimki o’zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo’lsa, demak, u haqiqiy insondir”, degan rivoyatga amal qilishga o’rganib borishimiz lozim ekan. Oila eng muhim tarbiya makoni, ota va ona o’z bolalarining tabiiy tarbiyachilari bo’lgan va shunday bo’lib qoladi. Tarbiyachining istalgan vazifasi bir yo’nalishda, hamkorlikda harakat qiladigan oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy intilishlari bilan hal etilishi kerak. A.S.Makarenko bola shaxsini shakllantirishda ijtimoiy tarbiyaning yetakchilik o’rni tarafdori sifatida jamiyat va oila maqsadlarining birinchiligini, oilaviy tarbiyani jamiyat buyurtmasiga bog’liqligini ta’kidlagandi. “Har bir ota-ona –deb yozgan edi u, o’z bolasida nimani tarbiyalamoqchi
8. U pedagoglar jamoatlarini bolalar ekanligini bilishi kerak” turmush va tarbiyasini yaxshilash, ota-onalarga ta’sir etish maqsadlarida ularning oiladagi hayotini o’rganishga chaqirgandi. Rivojlanish tug’ilishdan oldingi bosqichda va o’rganish tug’ilishda boshlanadi. Bolalar faqat maktabgacha ta’lim davrida (uch yoshdan va undan keyin) o’rganishni boshlashlari kerak, degan fikr to’g’ri emas. Rivojlanish homiladorlik davridayoq boshlanadi. SHuning uchun, homilador ayol ko’proq dam olishi va ovqatlanishi kerak, dunyoga keladigan farzandi bilan gaplashishi, mayin musiqa eshitishi, inqiroz holatlariga tushishdan o’zini asrash kerak. Tug’ilishdan boshlab to 3 yoshgacha miya eng tez rivojlanadi. Oxirgi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, miya insonning butun hayoti davomida rivojlanishiga qaramay uning rivojlanish sur’atlari hayotning dastlabki uch yilida eng tez bo’lar ekan. Miya bir-birini bog’lab turadigan hujayralar yoki eng kam bog’langan hujayralar orqali rivojlanadi va bu o’qitish jarayoni bola rivojlanishi bo’yicha tajribaning doimiyligi va sifatiga bog’liq. Tana harakati, ko’rish, ovoz chiqarish, sezish va ta’m bilish kabi ushbu tajribalar miyadagi ho’jayralarning o’zaro bog’likligni rivojlantiradi. Qanchalik ko’p bog’liqlik o’rnatilsa va ular qanchalik kuchli bo’lsa, birinchi uch yillikdagi tajribalarning sifati va tez o’tkazilishiga qarab, bolaning aqliy va jismoniy imkoniyatlari shunchalik kuchli bo’ladi. Agar hech qanday, yoki oz miqdordagi kuchli aloqalar o’rnatilmasa yoki aloqalar so’lib borsa, pirovardida, bolaning imkoniyatlari ham pasayadi. Rag’bat ko’rsatilsa, bu jarayon aksiga olib keladi. Har bir inson o’z genlaridan olingan tabiiy imkoniyatlarga ega bo’lganini inobatga olgan holda, bu imkoniyatlar yanada katta natijalarga erishishi va rivojlanishi uchun bola doimiy ravishda va to’g’ri rag’batlantirilishi kerak (bolada musiqaga genetik qobiliyat bo’lishi mumkin, lekin qobiliyat ishlatilmasa yoki yoshligida o’rgatilib, keyinchalik, shu yo’sinda tarbiyalanmasa uning musiqaviy qobiliyati to’lik yuzaga chikmaydi). Xuddi shunday voqea Motsart bilan ham bo’lgan – u birinchi kontsertini uch yoshida bergan edi. U o’z faoliyatini boshlash uchun yaxshi iqtidorga ega bo’lgan, otasi ham yoshlikdan doimo uning iqtidorini rivojlantirib borgan; Motsart o’z davri uchun eng yaxshi ta’lim olgan edi. SHuning uchun bolaning hayotida birinchi uch yillik eng muhimdir. Ushbu yillarda o’tkazilgan tajribalar bolaning fikrlash gapirish, o’zini tuta bilish va boshkalar bilan aloqa qilish qobiliyatlariga ta’sir qo’rsatadi. SHuning uchun, bolaga bu borada qayg’uradigan, ya’ni yaxshi ovqatlantiradigan, sog’liqni saqlashga jiddiy e’tibor beradigan va yoshlikdan psixologik rag’batlantiradigan oilaga ega bo’lish juda muhimdir. Ushbu amallar bolaga kelgusi hayotida to’liq salohiyatga erishishiga yordam beradi. Yaxshi ovqatlantirish va sog’liqni saqlashga ko’shimcha ravishda bolalarga mehr, e’tibor va rag’bat berilsa, ular tez o’sadi va tezroq o’zlashtiradigan bo’ladi. Bolalar betakror yo’llar bilan rivojlanadilar. Rivojlanish va o’rganish kutilgan bosqichlarda amalga oshiriladi.Biroq bolalar o’rganishga har hil yo’llar va usullar orqali erishadilar .Otaonalar farzandlarining o’rganish imkoniyatiga e’tiborliroq bo’lib, u nimani qila olishini kuzatishlari va ushbu malakalarni kuchaytirishga harakat qilishlari kerak. Agar farzand o’z rivojlanishi nuqtai nazaridan bunga tayyor bo’lmasa, yangi masalalarni va nazariyalarni kiritish ma’qul emas (masalan, agar barmoq ishlatilishi rivojlanmagan bo’lsa, boladan yozishni kutish mumkin emas. Bu paytda bo’r bilan o’ynash, qog’ozdan, undan figuralar yasash, har xil ob’ektlar bilan manipulyatsiya qilish kabi mashqlarni bajarish ko’proq foyda beradi. Bolalar o’zlarining o’rganishlarida faol qatnashuvchilardir. Ota-onalar o’z farzandlariga o’yinlar, boshqa bolalar va katta yoshdagilar bilan aloqa qilish, rolli modullariga taklif qilish va materiallarni ishlatish orqali o’z bilimlarini shakllantirishga imkoniyat yaratishlari lozim.O’rganish ko’nikmalari bilan birga o’rgatish ko’nikmalariga ham urg’u berish kerak, chunki muvaffaqiyatga erishish asosan inson nima bilishiga bog’liq bo’libgina qolmay, boshqalar bilan aloqa qilishga ham bog’liq.Kattalar va tengdoshlari bilan o’yinlar, oilaviy tadbirlarda qatnashish, yosh bolalarning o’z fikrlari va hissiyotlarini ifoda etishga undash. Aqliy va ijtimoiy ko’nikmalarni o’rganish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
Bolani oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotida individuallashtirish, bajargan ijobiy ishlarini doimo qo’llab- quvvatlash, bolaga yo’naltirilgan ta’lim asosida ta’limni tashkil etish bolaning mustaqil, sog’lom fikrli, umuminsoniy qadriyatlarni qadrlovchi, yuksak madaniyatli bo’lib voyaga yetishiga asos bo’ladi.“Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim” ning asosiy maqsadi demokratik jamiyatning chinakam a’zosini
9. Hatto juda kichik yoshli bolalar ham tarbiyalab,voyaga yetkazishdir tanlash, o’z harakatlarining oqibati haqida o’ylash, o’z tengdoshlari orasidagi turlichalikni hurmat qilish qobiliyatiga ega. Ta’lim asosini bolani maqsadli yo’naltirish,shaxsiy his tuyg’ularni hisobga olish va har bir bolaning rivojlanish bosqichlariga e’tibor bergan holda o’qitish tashkil etiladi.
2.2. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda oila tarbiyasining pedagogik ahamiyati….……….
Ma’lumki, ota-onalar o’z farzandlari uchun ilk ustoz hisoblanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, maktabgacha tashkilotida ta’lim-tarbiya qanchalik ahamiyatli bo’lmasin, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oiladagi tarbiya ham muhimdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilgan so’rovnomalar shuni ko’rsatdiki, deyarli barcha ota-onalar farzandlari yetuk inson bo’lib voyaga yetishishini istaydilar, ammo ularning ta’lim-tarbiyasini qay tarzda olib borish kerakligi borasida yetarlicha ma’lumotga ega emasliklari aniqlandi. Bunday sharoitlarda ota-onalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari ya’ni, tarbiyachilar, psixolog, uslubchi, defektolog tomonidan olib boriladigan suhbatlar orqali ko’mak berish, bunda maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligi tizimini takomillashtirish muhimdir. Har qanday sharoitda ham ota-onalar va tarbiyachining bolani maktabgacha ta’limni sifatli olishi uchun birdek ma’suliyat sezishi, bolani ta’lim – tarbiyasida aniqlangan bo’shliqlar ustida oilada ham ishlashi uchun oila va maktabgacha ta’lim tashkilotida o’zaro muloqotni, aloqani mustahkam bo’lishi, ota-ona va tarbiyachi o’rtasidagi samarali hamkorlik orqali o’zaro kelishilgan holda davomli uchrashuvlar o’tkazilishi, bolaning rivojlanishiga ko’maklashuvi zarurdir. Rejalashtirilayotgan har bir mashg’ulot shunchaki rasmiyatchilik uchun o’tkazilishiga yo’l qo’ymaslik zarur, aksincha, keng jamoatchilik vakillarini (namunali oila vakillaridan ham) jalb etgan holda otaonalarning qalbi va ongiga yetib boradigan, ularning ruhi va kayfiyatini ko’taradigan, keng ma’lumotlarga ega bo’lish barobarida yangi marralar sari ilhomlantiradigan, tashabbuskorlikka undovchi ta’sirchan shaklda o’tkazilishiga erishish lozim. Ota-onalar bilan yig’ilishlar, uchrashuvlar, mashg’ulotlar jarayonini boshqaruvchilar mashg’ulotni boshlashdan oldin kadam-baqadam tartibini ko’z oldiga keltirishi, zaruriy vositalarni tayyorlashi va vaqtdan unumli foydalanishi shart. Mashg’ulotning har bir bosqichida umumiy xulosa chiqarishga ahamiyat qaratilishi, imkon qadar tavsiyalar ishlab chiqilishi, kelgusi rejalar belgilanishiga (ayirim mashg’ulotlar tartibida tavsiyalar ishlab chiqilishi, kelgusi rejalar belgilanishi yuzasidan namunalar) alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiqdir. Bu mahalla, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti ishlarini takomillashtirishga, yakdilligini ta’minlashga zamin yaratadi. Maktabgacha ta’lim bolaning maktabda a’lo baholarga o’qishi, aqliy qobiliyatini namoyon eta olishi, kelajakda komil inson bo’lib yetishishi va yaxshi natijalarga erishuvi, uning aqlan yetuk inson bo’lishiga xizmat qiladi. Sifatli maktabgacha ta’limni olgan bola kelajakda ko’p imkoniyatlarga ega bo’ladi, noto’g’ri yo’llarga kirib ketishi ehtimoli keskin pasayadi, yaxshi inson bo’lib shakllanishi maktabgacha yoshdagi olgan bilim va ko’nikmalarga bog’liq, ekanligi ota-onalarga tushuntirildi. Bolalarga doimiy g’amxo’rlik qilish, ularga mehr-muhabbat va quvonch bag’ishlash, ma’naviy sog’lom oila muhitida kamol topishi va kelajakda komil inson bo’lib voyaga yetishini ta’minlash davlat siyosatini yuqori darajasiga ko’tarilgan vazifalar qatoridan o’rin olgan, ya’ni maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish davlat
4. ahamiyatidagi vazifa ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz
Maktabgacha ta’lim hayotiy qarashlar bilan o’lchanganda qisqa vaqtni tashkil qilsa ham, hayotning keyingi yillari uchun ta’siri juda ahamiyatlidir. Hayotiy ko’nikma, bilim va odatlarning asosini tashkil etgan maktabgacha yoshdagi bolalarga berilayotgan imkoniyatlar qanchalik keng bo’lsa, yosh ota-onalarga bolalar tarbiyasi haqida saboq berish ham shunchalik muhimdir. Tarbiya davomida ota-onalar o’z ta’sirining ahamiyatliligini va uni to’g’ri tashkillashtirish uchun faol ishtirokchilar ekanliklarini qalbdan his etishlari lozim. Maktabgacha ta’lim tashkiloti sog’lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni muntazam ravishda ta’lim olishiga ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’limni to’g’ri tashkil etilishi oila va maktabgacha ta’lim tashkilotiga har tomonlama bog’liq.
4 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ 27-07 qarori T.: 2016 yil 30 dekabrь ”Halq so’zi” gazetasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” 2018 yil 30 sentyabrьdagi PQ-3955 son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog’lom, faol, to’laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o’sishida turli nuqsonlari bo’lgan bolalarni, shuningdek, reabilitatsiya qilish va sog’lomlashtirishga muhtoj bolalarni o’qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida“ gi 391-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi etib, bolaning ta’lim olishiga bo’lgan huquqini amalga oshirishini ta’minlash, bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash, umumta’lim tashkilotlarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishini davom ettirishga tayyorgarligini ta’minlashdan iborat. Vazifalari etib o’ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o’z vaqtida insklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish, bolalarda Vatanga muhabbat tuyg’usini, oilaga, o’z halqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni, atrof muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish, bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishni ta’minlash, bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang’ich ta’limga tayyorgarligini ta’minlash, ta’lim - tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etishdan iborat. Bola maktabgacha ta’limni doimiy faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, qisqa muddatli guruhlarda oladi. Ota-onalar o’z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, ta’lim berish tilini,bolaga ta’limtarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishi belgilangan. Bolani maktabga tayyorlashda oilaning o’rni juda kattadir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan to’g’ri munosabatni,balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir.Bola har bir harakatimizga taqlid qiladi, biz bu borada beparvolikka yo’l qo’ymasligimiz kerak. Oiladagi ilk yoshdagi bola bir qancha omillar ta’sirida tarbiyalanadi va beixtiyor muayyan qonunlarga bo’ysinadi. Bola tabiiy rivojlanishida beshikdan xonaga, uyni tanishga, ko’chasi, mahallasi, tevarak-atrofni bilishga o’tadi.Odatda, shaxs shakllanishi uchun uchta asosiy omil bor. Bu irsiyat, atrof-muhit va tarbiyadir. Bu haqda ham alohida to’xtalib o’tish lozim. Atrofmuhit ta’siri – bu oilaviy muhit bo’lib, maktabgacha yoshli
5 bolaning aqli,ongi yetmaydi degan xulosa chiqarish noto’g’ri . Uni rivojlantirish uchun har tomonlama harakat qilish lozim.ushbu omillarning hech biri vaziyat va sharoitlarga bog’liq bo’lmagan holatda mustaqil ravishda shaxs shakllanishiga ta’sir eta olmaydi. Bundan tashqari ba’zi omillar faolroq, muntazamroq ta’sir ko’rsatadi. So’nggi yillarda efirga uzatilayotgan milliy ruhdagi o’zbek halq ertak qahramonlari aks etadigan yangi mulьtfilьmlar yaratilib, ekran orqali bolajonlarning e’tiborini tortmoqda. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, farzandlarimizning qalbi, ongida sog’lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg’usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Yosh avlodni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari boshlash, mamlakatimizda yashaydigan millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo ma’suliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizgamunosib bo’lishiga erishish, yuksak fazilatli yoshlarimizni tarbiyalashda ilk yoshdan e’tiboran kuchaytirish, mahalla, jamoatchilik ma’suliyatini oshirish, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish muhim masalalardan sanaladi. Mahallada, oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama, jumladan, ma’naviy, ahloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borishi yaxshi samara beradi.
Ma’naviy tarbiyani bolaga o’tmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi yo’lida kurashgan halq qahramonlari haqida gapirib berish, davlatimizning ramziy belgilari bilan tanishtirish,mustaqillik,Vatan, haqidagi she’r va qo’shiqlarini o’rgatish orqali singdirish mumkin. Bolalarni ma’naviy barkamol va jismoniy sog’lom bo’lishlari uchun oilada sog’lom ijtimoiy muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olgan holda farzandlarda ota-onaga mehr-muhabbat, hurmat hissini tarbiyalash, farzandlarga chuqur dunyoviy bilim berish, ularning ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo’lib yetishishini ta’minlash, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash zarur. Bugungi o’ta murakkab vatahlikali zamonda biz farzandlarimizni mavjud bo’lgan har qanday xatarlardan, zararli ta’sirlardan asrashimiz, ogohlik, sergaklik va hushyor bo’lib yashashga da’vat etishimiz lozim. O’zbekiston aholisining asosiy qismini tashkil qilgan yoshlarimizga g’amxo’rlik qilish, ularning tarbiyasi va o’qishi ustidan nazorat qilish, oila, mahalla va jamoatchilikning hamisha diqqat markazida turishi lozim. Farzandalrimizni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tarbiyalash tarbiyachilardan, otaonalardan katta bilim va tajriba talab qiladi. Pedagoglar o’rtasida “Ta’lim berib tarbiyalaymiz, tarbiyalab turib ta’limni shakllantiramiz” degan tushuncha bor. Ulug’ ma’rifatparvar olim Rizouddin ibn Faxriddin shunday degan edi: “Oilalarni isloh etish va tarbiya usulini bayon etgan kitoblar hisobsiz ko’p bo’lsada, bunga bo’lgan ehtiyoj ham qalam bilan yozib bildirish mumkin emas darajada qutlug’dir. Har bir jon boshiga bir risola yozilsada, u ko’p o’rnida ko’rilmas”. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, televidenie, kompьyuter va shu kabi tezkor axborot vositalari rivojlanib borayotganligi tufayli kitobga bo’lgan chanqoqlik so’nib borayapti, degan gaplar o’rinsizdir. Agar oilada kitob bo’lsa, u hech qachon beqadr bo’lmaydi, ota-onalar o’z farzandalriga kitob o’qib berish, kitob o’qishga da’vat etish bilan ularning ma’naviy dunyosini yanada boyitgan, ularni ma’naviy kamolot sari yetaklagan bo’ladilar. Farzand ota-onaning suyangan tog’i, hayotining mevasi va kelajakdagi ishonchi, shuningdek, oila shajarasining davomchisi bo’lib, har bir ota-ona o’g’il-qizining yuksak hulq –atvor egasi, ma’rifatli, madaniyatli, halqiga, Vataniga foydasi tegadigan kasb yoki hunar egasi bo’lib kamol topishini orzu qiladi. Orzuning o’zi bilan maqsadga erishib bo’lmaydi, albatta. Maqsadga erishishning bosh yo’li ota-onalarning barcha insoniy va umummilliy fazilatlar bo’yicha o’z oila a’zolariga, farzandlariga shaxsiy namuna ko’rsatishda namoyon bo’ladi. ”Qush uyasida ko’rganini qiladi”, deganlaridek, ota-ona o’z farzandlari ko’z oldida halollik, poklik, mehnatsevarlik, o’zaro munosabatda inson kamolotining tugal bir namunasi sifatida gavdalanishi kerak. SHunda ota-onaning go’zal insoniy hislatlari bolaga o’tadi.
Biz tarbiyalayotgan farzandlarimizning ahloqiy tarbiyaga xos insoniy fazilatlari oila, deb atalmish ulug’ maskanda sayqal topadi. Mahalla, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligidagi tarbiya jarayonida yana bir tarbiya orqali bolaning bir qator ahloqiy tarbiya jihatlari insonparvarlik, mehrmuruvvat, rahm-shavqat, hamdardlik, muomala madaniyati, burch va sadoqat, minnatdorchilik kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. Zero, bugungi kundagi qo’yilgan tarbiyaviy qadam kelajak uchun yorug’ yo’l, mustahkam qo’yilgan qadamdir. Farzandni oilaviy hayotga tayyorlashda ajdodlardan o’tib kelayotgan boy ma’naviy meros, ahloq–odob, urf-odat va an’analarni bugungi kun bilan uyg’unlashtirgan holda singdirib borish mumkin.
Ilk yoshdagi bolaning rivojlanishida ham oilada, ham maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim olish muhim. Ta’lim bilan qamrab olingan bola maktabga tayyorgarligiga, yaxshi o’qishda, hayotda muvaffaqiyatga erishishga poydevor bo’ladi. Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham mahalla, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligining muhim o’rni bor. Tarbiyachilardan tashqari, oila davrasida ham qo’shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davrasida o’qish, birga spektaklь yoki kino ko’rish va tahlil qilish, kiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish qilish, rasm solish va hokazolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirish jihatlaridir.
Bola hayotida mehnat tarbiyasi ham muhim hisoblanadi. Bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularga mehnat qilish odobini shakllantirish va ko’nikmalar hosil qilishda,ularning qiziqishlari hisobga olingandagina erishiladi. Tarbiyachilar va ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda mehnat ko’nikma va malakalarini hosil qilishga,mehnatga ehtiyojini tarbiyalashga, boshqalarning mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini ehtiyot qilishga o’rgatishi lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjomsarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir.
Tarbiyachilar bilan bir qatorda ota-onalar voyaga yetkazayotgan farzandlarining jismoniy tarbiyasiga, barkamolligiga ham o’ta ma’suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badantarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, to’g’ri va vitaminlarga boy ovqat berish, dam olishni, uyquni to’g’ri tashkil etish, vaqtida shifokor nazoratidan o’tib turish bola uchun muhimdir. Bola maktabgacha ta’lim tashkilotida eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarini esa maktabgacha ta’lim tashkilotida qo’llasa, istalgan ijobiy natijalarga erishishi mumkin. Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlarni ko’ribgina qolmay, uni qo’llab quvvatlash asosida ota-onalar e’tiborini bola tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga ham qaratishlari lozim.
Ota-onalar bilan ishlashda tarbiyachi alohida ish shakllaridan foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Masalan:
-Tarbiyachining bolani uyiga tashrifi–oila sharoiti, bolaning oiladagi hulqi, qiziqishlari, oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarini o’rganishdan iboratdir;
-Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do’st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo’lishi kerak;
-Tarbiyachi har gal har oilaga borishidan avval o’z oldiga maqsad qo’yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollarni puxta o’ylashi lozim;
-Tarbiyachi ota-onalar hurmatini qozonmoq uchun avval otaonalarga bolaning ijobiy fazilatlari to’g’risida fikrini aytadi, keyin ularning farzandi to’g’risidagi fikr-mulohazalarini bilib oladi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni o’qib va hikoya qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi uni oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta’limtarbiya ishlari mazmuni va usullari bo’yicha tavsiya beradi. Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari va o’ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Har bir oila farzandi qalbida oiladagi muhit ta’sirida ta’lim va tarbiyaning ilk kurtaklari namoyon bo’lar ekan, ota-onalar uchun muhim tavsiyamiz shuki, har bir ilk yoshdagi bola oilada:
-o’z o’ynash joyiga yoki xonasiga ega bo’lishi;
-rivojlantiruvchi, didaktik ahamiyatga ega bo’lgan 3-5 ta o’yinchoqqa ega bo’lishi;
-o’zining yoshiga mos bo’lgan eng kamida 3 ta bolalar kitobiga ega bo’lishi;
-haftasida jami 9-15 soat, kunning ma’lum vaqtida oilada mashg’ulotlar bilan band bo’lishi;
-bolaga kitob o’qib berish zarur, chunki bu jarayon kelajakda bolaning o’qishni o’rganishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni oilada tarbiyalashni,ota-onalar bilan hamkorlikni bundan keyin yanada takomillashtirish yo’llarini izlab topish,oilaviy ta’lim bilan ijtimoiy ta’lim o’rtasidagi aloqani mustahkamlash pedagoglarning muhim vazifasidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o’tishi hamisha uning hayoti, ahloqi, qiziqishi va munosabatlarida ancha jiddiy o’zgarishlarni yuzaga chiqaradi. SHuning uchun bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va oilada maktab ta’limiga hamkorlikda tayyorlash, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari asosida egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish muhimdir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining eng birinchi vazifasi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari va oilasining boshqa a’zolari ongida bola tarbiyasida oila birinchi darajali ahamiyatga egaligi va har bir oila bolalarining faollashuvida oilaviy va ijtimoiy tarbiyaning birligiga erishilgandagina kutilgan natijaga olib kelishiga chuqur ishonch uyg’otishdir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilada maktabgacha yoshdagi bolaning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, ularda har tomonlama, jumladan, ma’naviy, ahloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini shakllantirib maktabga kuzatish bolani rivojlanishida yuqori samara beradi. Bola maktabgacha ta’lim tashkilotida olgan bilimlarini maktabda davom ettirishga shundagina qiynalmaydi. SHunday qilib, bola tarbiyasida mahalla, oila bilan hamjihatlik, har ikki tomonning ma’suliyat bilan yondoshishi, bolani barkamol shaxs etib voyaga yetishida zamindir.
Sog’lom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat bo’lib o’sib ulg’ayishi ko’pgina talab va omillarga bog’liqligi, aynan sog’lom bola tarbiyasida mahalla vaijtimoiy tuzilmalarning o’rni katta. Ushbu sharafli va mas’uliyatli ishlarni amalga oshirishda
“Mahalla, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi” muhim ahamiyatga ega. Hayotiy ko’nikma, bilim va odatlarning asosini tashkil etgan maktabgacha yoshdagi bolalarga berilgan imkoniyatlar qanchalik keng bo’lsa, yosh ota-onalarga bolalar tarbiyasi haqida saboq berish ham shunchalik muhimdir. Tarbiya davomida ota-onalar o’z ta’sirining ahamiyatliligini va uni to’g’ri tashkillashtirish uchun faol ishtirokchilar ekanliklarini qalban his etishlari lozim. Hamkorlik - ilk bolalik davrida ota – onalar va maktabgacha ta’lim o’rtasidagi munosabatni mustahkamlaydi.
Dostları ilə paylaş: |