I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘RTA GURUH BOLALARIDA IJTIMOIY MA‘NAVIY XULQ ATVOR KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA MTT VA OILA HAMKORLIGINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda oila to’g’risida Sharq va G’arb mutafakkirlarining qarashlari tahlili
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o'z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g'oyani ilgari surgan edilar. Bu g'oya fransuz xayoliy sotsalistlari Sen Semon, Shari Pure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug'ullanishi kerak, degan g'oyani ilgari surganlar.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov oilaning jamiyat hayotidagi roli haqida to‘xtalib: ≪Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlaming davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanini tan olishimiz darkor”, - deb ta’kidlagan edi. Repraduktiv salomatlik markazining bergan ma’lumotiga asosan 0‘zbekistonda har yili 520000 dan ko‘proq bola tug‘iladi. Demak, dunyoga kelayotgan ana shu farzandlarimizning jismonan, aqlan, ruhan va axloqan sog‘lom bo‘lishlari haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularrni milliy urf - odatlarimiz va umumirtsoniy axloqiy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Oila tarbiyasining o‘ziga xosligi, uning mohiyati, an’anaviyligi, milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar tizimida tutgan o‘mi, ular bilan uzviy aloqadorligi, o‘zaro ta’siri, oila muhitining barkamol avlod va komil insonni tarbiyalashdagi roli klassik va hozirgi zamon falsafiy tafakkur taraqqiyotida muhim o‘rinni egallab turibdi. Mazkur masala bo‘yicha jahon falsafasida g‘oyat muhim va ibratli fikrlar mavjud bo‘lgan. Turkiy xalqlaming mushtarak yodgorligi “Avesto”, “O‘rxun- Enasoy bitiklari” da, shuningdek, Aflotun, Arastu, Konfutsiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojibdan tortib hozirgi zamon faylasuflarigacha o‘ziga xos fikr-mulohazalar bildirgani diqqatga sazovordir. Kaykovus, Nizomiy Aruziy, Abu-Lays Samarqandiy, Sa’diy Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi mutafakkirlaming ilmiy-nazariy asarlarida oila munosabatlaridagi tarbiya tarixiylik va vorisiylik nuqtayi nazaridan bayon etilganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizning yirik faylasuf olimlari ilmiy ishlarida madaniyat taraqqiyotidagi milliylik va umuminsoniylikning tarbiya jarayoniga o‘tkazgan ta’siri, oila, ma’naviyati masalalari haqida ko‘plab asarlarida to‘xtalib o‘tgan. Bolalar tarbiyasida mavjud bo'lgan oila muammolari, unda yuritiladigan ta’limtarbiya masalalari azal-azaldan ilmu ijod ahli diqqat-e’tiborini jalb etib kelgan. Oilaning turmushi va hayoti, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy, uning tabiiy asoslarini nima tashkil etadi. Oila tarbiyasi qanday qonuniyatlar asosida vujudga keladi degan savollarda kishilik tarixining barcha davrlarida dolzarb masala bo‘lib kelgan. Millatimiz va xalqimizning 3000 yil avvalgi ko‘hna madaniyati va boy ma’naviyatiuan saboq beruvchi, ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal ulug‘langan “Avesto” yozma yodgorligining ilg‘or g‘oyalari haqida alohida fikr yuritishga to‘g‘ri keladi. “Bu nodir kitob, - deydi I.Karimov tarixchi olimlar bilan qilgan suhbatida, - bundan XX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosdir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviy at, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi”. “Avesto”da zardushtiylikning oltin qoidalaridan biri-oilani muqaddas sanalgani bois, boshqa ayrim sabablarga ko‘ra, masalan, ig‘vo, tuhmat, er-xotmning o‘zaro kelishmovchiligi, ota-ona bilanmurosa-madora qila olmaslik kabi bahonalar bilan nikohning bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmagan. Zardushtiylikning axloq-odob qoidalariga ko‘ra, ayollar masalasi “Avesto”da alohida o‘rin tutadi.
Jumladan, ayollar hayz ko‘rgan va homiladorlik paytlarida marosimiy makruh hisoblanganlar va ular boshqa pok narsalar, ayniqsa, suv, olov, oziq-ovqatdan uzoqlashtirilganlar. Jumladan, bunday ayollar o‘z oila a’zolari bilan bir dasturxon atrofida o'tqizilmagan, o‘zaro munosabat va muloqotlarda cheklangan, ovqat pishirmagan, non yopmagan, hovli supurmagan, sigir sog'magan, marosimlarda qatnashmagan, ro‘zg‘or yumushlariga aralashtirilmagan. Odatda, bu kabi “cheklash-chegaralash davri” farzand tug‘ilgandan yetti kundan to‘qqiz kungacha, ba’zan esa kichik chillasi tugagunga qadar davom etgan.
Chilla davrida qo‘llaniladigan la ’qiqlar zamirida ikki xil ma’no yotadi:
- birinchidan, bu davrda ayol kishi yomon ruhlar ta’siriga tez chalinadigan bo‘ladi;
- ikkinchidan, u suvni, nonni, o‘choq-olovini, ovqatni, sigir sutini pokroq etishi mumkin. Bu so‘zlar muqaddas kitobimiz Qur’oni karimning “Baqara” surasi, 223 oyatidagi “Xotinlaringiz ziroatgohingizdirlar” hukmi bilan mohiyatan birdir. Farqi shundaki, “Avesto”da insonga rizq-ro‘z berayotgan er va inson umrining davomiyligini td’minlovchi oila hayotning uzviy tutash nuqtalari etib ta’riflanadi. Er ham, oila ham inson zoti baxti-saodati uchun xizmat qilishi lozimligi, chunki ular shunga safarbar qilinganligi uqtiriladi. Ajdodlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan “Ilk bitigi”da "Ayol kishi-kosa-piyolalarini tashlab qayerga boraman, der, yana qaytib keldi, kosa-piyolalarini sog‘-salomat topdi, u sevinib, xursand bo‘lar, der, shunday bilinglar: yaxshidir bu” - deb yozilishida ramziy ma’no mavjud bo‘lib, keltirilgan lavhalarda oila hayotining turli manzaralari, baxt va baxtsizlik tushunchalari tahlil etiladi. Garchi ba’zi manzaralar oddiy, sodda tuyulsa-da, lekin ularda qadimgi davr odamlarining oila muhitidagi ma’naviy axloqiy prinsiplar aks etadi. Kosa-piyolalar ayol kishining taqdiri, ro‘zg‘ori, oilasi ramzi, binobarin, ushbu parchada odamlar, xususan, ayollarni sabr-toqatli bo‘lishiga da’vat qilinmoqda. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra o‘z oilasidan sovish, hatto undan voz kechishga intilish istagi sodir bo‘lishi mumkin. Biroq bu-ayol uchun ham, oilaning boshqa a’zolari uchun ham, jamiyat uchun ham salbiy holat bo‘lib, uni oqlab bo‘lmaydi. Ayol kishining qadr-qimmati, burchi, jamiyatda tutgan mavqeyi, yaratuvchilik salohiyati, eng avvalo, oiladagi o‘rni bilan belgilanadi. Islom dinining muqaddas kitobi “Qur’on”da “Alloh sizlarni onalaringiz qomidan biron narsa bilmagan holingizda chiqardi va shukur qilishingiz uchun sizlarga quloq, ko‘zlar va dillami berdi”. “Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ulaming birovlarini irovlaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu-himoyati bilan (erlarining mol- mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir”. Islomdan oldingi zamonlarda erkak va ayolning oila va jamiyatda tutgan o‘rni tubdan farq qilib, ko‘pincha ayollar jinsiga past nazar bilan qaralganini eslasak, “Qur’on”da keltirilgan ushbu ilohiy so‘zlaming naqadar katta ahamiyatga molik ekanini payqash qiyin emas. Yuqoridagi oyatlarda oiladagi er va xotinning shar’iy o‘mi belgilab berilgan. Shariat hukmiga ko‘ra, er birinchi navbatda oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy masalalariga mas’ul bo‘lgan, shuningdek, uni turlituman xurujlardan himoya qilishi tadbirkorlik, vazminlik, og‘irbosiqlik kabi xislatlari tufayli oilaning boshlig‘i er hisoblanadi, yaxshi xotin esa iffat va diyonatli, o‘z erining xonadonini obod qiluvchi hamda unga bir umr sodiq bo‘lgan pok umr yo‘ldoshidir.
Shuningdek, oilaning jamiyatda tutgan o‘mi, oila tarbiyasi, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda oilaning pokligi va mustahkam bo‘lishiga oid qimmatli fikrlar hadislarda muhim o'rin egallaydi: “Xotin kishi qovurg‘adan yaratilgan. Agar sen qovurg‘ani to‘g‘rilayman desang sindirasan, murosa qilu u bilan yasha ”; “Xotin kishiga eng haqqi ko‘p kishi eridir, erkak kishiga eng haqqi ko‘p kishi onasidir” ; “Agar bir shaharda loaqal bir ayol bir marta buzuqlik ko‘chasiga kirib haromi orttirsa, bu shahardan qirq yil fayzu barakat ko‘tarilib ketadi”; “Ayollami faqat ulug‘ odamlar hurmat qiladi. Ulami faqat pastkash odam xo‘rlaydi”. Hadislarda nikohning ilohiyligi, oilaning muqaddasligi ta’kidlanadi, er va xotin o‘rtasiddfei burch, poklik, iffat, o‘zaro bir-birini hurmat qilish tuyg'ulari ulug‘lanishi islom diniga xos insonparvarlik va adolat mezonlari sifatida namoyon bo‘ladi. Inson bu yorug‘ dunyoga yomon odam bo‘lib tug‘ilmaydi, uning yomon yoki yaxshi odam bo‘lib shakllanishiga oila tarbiyasi, mahalla-ko‘y, lo‘nda qilib aytganda, jamiyatdagi mavjud muhit tufayli yuzaga keladi. Avval boshdan bolani to‘g‘ri tarbiya qilib voyaga yetkazish kerak. Xalqimiz hayotidagi turli marosimlar, rasm-rusumlar, an’analaming tashkil etilishiga chuqurroq razm solsak, ishontirish, isbotlash, namuna ko‘rsatish, ta’sir etish, tasdiqlash kabi pedagogik usullar orqali barkamol insonni tarbiyalashni pirovard maqsad qilib olinganiga ishonch hosil qilamiz. Hatto ana shunday turli-tuman marosim va to‘yhashamlarda ko‘pchilik bilan qilinadigan duoyu fotihalarda ham katta tarbiyaviy maqsadlarga yo'naltirilgan xohish-iroda borki, ulaming ta’sir kuchi g‘oyat kattaligini alohida ta’kidlash zarur bo‘ladi. “Kalila va Dimna”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik”, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Nosir Xisravning “Saodatnoma”, “Ro‘shnoyinoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo‘ston” kabi asarlari ham borki, ularda oila tarbiyasi ijtimoiy turmushning eng muhim masalalari sifatida talqin etiladi. Jumladan, “Kalila va Dimna”da majoziy, allegoric obrazlar vositasida hayotdagi salbiy ko‘rinishlarga qarshi kurashadi, insonparvarlik, aql-idrok ulug‘lanadi. Ibtidoiy jamoa davridan hozirgi kungacha bo‘lgan davrlarning qaysi bosqichini olib qaramaylik, xiyonat va jinoyat, pastkashlik, ig‘vo, fisqfasod, zolimlik, munofiqlik inson zotini ulug‘lagan emas. Aksincha, bunday axloqqa zid nuqsonlar inson va jamiyat taraqqiyot yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lgan, ayrim hollarda tuzilmaning, oilaning, jamiyatning tanazzulga yuz tutishga sabab bo‘lgan. “Kalila va Dimna” ana shunday teran tarbiyaviy xulosalari, falsafiy qarashlari bilan asrlardan asrlarga o‘tib kelib, oila tarbiyasini shakllantirdi, yuzlab avlodlarning to‘g‘ri tarbiya topishiga ko‘maklashdi, minglab odamlar qalbiga ezgulik urug‘ini ekishda muhim maktab vazifasini o‘tadi va ziyolilar, hatto oddiy insonlar o‘rtasida ushbu kitobning g‘oyatda mashhur bo‘lgani, masallar ichida masallardan iborat xalqchil va mazmunli fikrlar kitobxonlarda zavq-shavq uyg‘otib, ulami ma’naviy jihatdan boyitgani ham mazkur go‘zal hikmatlarning hayot masalalariga uzviy bog‘liqlik xususiyatlariga borib taqaladi.
Kaykovusning “Qobusnoma” hamda “Kalila va Dimna” kabi tarjima qilingan asarlardan bo‘lib, bu asar ham turkiy xalqlar madaniyatining buyuk bir durdonasi sifatida qabul qilindi. Tarixiy dalillaming shohidlik berishicha, asar muallifi Kaykovus “Qobusnoma” ni o‘z o‘g‘liga atab yozadi va kitobining nomini bobosi, Somoniylar davri hukmdorlaridan biri bo‘lgan Shamsul Maoliy Qobus ibn Vushmagir nomi bilan ataydi. Otaning o‘z o‘g‘li tarbiyasi va kelajagi uchun dasturilamal bo‘luvchi maxsus pandnoma asar yozishi hamda uni bobosi nomi bilan atashida ham o‘ziga xos sharqona oilaviy tarbiya tamoyili bor. “Ey farzand, umidim shuki, sen bu pandlami qabul qilgaysan. Bu bilan men otalik vazifasini bajo keltirgan bo‘lurman, deydi ma’rifatparvar ota Kaykovus. Bilgilki, xalqning rasmi, odati shundayki, yugurib-yelib, qidirib-axtarib dunyodan biron narsa hosil qiladilar va bu topgan narsalarmi o‘zlarining yaxshi ko‘rgan kishisiga qoldirib ketadilar. Men dunyoda mana shu so‘zlami hosil qildim, sen mening uchun eng qimmatbahosan. Menga safar vaqti yaqinlashdi, dunyodan nima hosil qilgan bo‘lsam, sening oldingga qo‘ydim, toki o‘zingga bino qo‘ymagaysan va o‘zingga nomunosib ishlarni qilmagaysan”.
Kaykovus o‘z o‘g‘lining kelajagi haqida qayg‘urib, uning kelgusida har jihatdan barkamol, to`kis inson bo‘lib yetishishini istagan holda o‘z o‘git va pand nasihatlarini qoldirib ketgan. Kaykovus “Ota-onani hurmatlash haqida” nomli asarining V bobida oilaviy tarbiya xususida alohida to‘xtaladi. Yoshlarni ota-onani hurmat qilishga chaqiradi, ulaming o‘z farzandlari uchun “o‘limga ham tayyor” turishlarini ta’kidlaydi. Ota-ona ko‘nglini ranjitmaslik, ularni izzat-ikrom qilish, hamisha shirin so‘zlar bilan muomalada bo'lish zarurligini uqtiradi: “...o‘z farzanding seni hurmat qilishni istasang, sen ham ota-onangni hurmat qil, chunki ota-onang haqida nima ish qilsang, farzanding ham senga shunday ish qiladi”.
Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib borish lozimligini ta’kidlaydi. “Yosh bola ilm bilan odobni tayoq bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘rganmas. Ammo farzand beadab bo‘lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o‘z qo‘ling bilan urmagil, muallimlarning tayog‘i bilan qo‘rqitgil. Bolalarga muallimlar adab bersinlar, toki sendan o‘g‘lingni ko‘nglidagina qolmasin”.
Kaykovusning “ qobusnoma” asari bugungi kunda ham axloqiy qadriyat sifatida yosh avlodni ma’naviy axlo qiy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. F.QodirovaMaktbgacha pedagogika 2019
Farzandning aqlli, dono, o`qimishli, ya’ni ma’rifatli bo‘lishi shu bilan bir qatorda ota-onani hurmat qilishi bilan bog‘laydi:
“Наг bir farzand aqlli va dono bo‘lsa, ota-onaning mehr-muhabbatini ado qilishdan bosh tortmaydi”.
Kaykovus farzand parvarishi haqida so‘z yuritar ekan, hech narsani nazaridan qochirmaydi. Yangi tug‘ilgan farzandga avvlo yaxshi ot qo'yish, so‘ng uni aqlli, mehribon doyalarga berish, katta bo‘lib, es-hushi kirgach, hunar va kasb o‘rgatish, o‘qitib ilmli qilish kabi vazifalar ota-onaning, birinchi navbatda otaning ezgu burchi ekanligini ta’kidlaydi. “Otalik shartin bajo keltirgilki, farzandi443ng vujudga kelgandagidek hayot kechirsin, ya’ni har odam vujudga kelgan kunidan boshlab xulqi, odati unga hamroh bo‘ladi, ammo kuchsizlikdan, yumshoqligidan va zaifligidan uni namoyon qila olmaydi. Katta bo‘lgan sari, jismi va ruhi quvvat topadi, hamma fe’li-atvori namoyon bo‘ladi, kamolga yetgandan so‘ng hamma yaxshilik va yomonligini zohir qiladi. Sen esa adab, hunar va bilimni unga o‘zingdan meros qilib qoldirgin, toki uning haqqini bajo keltirgan bo‘lasan”.
Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, ya’niodamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, do‘stlik, ota -onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi.
Ota – bobolari miz bolalarda yoshlikdan ana shunday go‘zal fazilatlarni
qaror toptirishga kata ahamiyat berganlar. O‘zbek oilasida bola tarbiyasi
haqida gapirganda, keyingi avlodlarga boy meros qoldirgan O‘rta Osiyo-ning buyuk mutafakkirlarini eslash muhimdir.
Buyuk mutafakkirlarning fikricha, tarbiyachi bolalar bilan muomalada bosiq bo‘lishi, bolalar ta’limni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatib borishi, o‘qitishi va tarbiy jarayonida har xil usullarni qo‘llashi, o‘quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi, bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo choralarini qo‘llashi, ularni fanga qiziqtirishi, aniq adabiy tilda tushuntirishi bolalarda hissiyot uyg‘otadigan bo‘lishi zarur.
Abu Ali ibn Sinoning fikricha, insonning aqlan barkamol, jismo nan yetuk, axloqiy ma’naviy boy bo‘lishida tarbiyaning barcha turlarini uyg‘unlash-gan holda olib borilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Bolalarni kamtarlik va donolikka o'rgatishda buyuk o'zbek mutafakkiri Abu Ali ibn Sino kabi olimlarimizning hayot namunalari va bizga meros qilib qoldirgan durdona fikrlarini asos qilib olish foydalidir. U manmanlik, maqtanchoqlik va o'zidagi bilimga ortiqcha baho berish kabi xususiyatlarni kishining axloqi past ekanligini ko'rsatuvchi belgilar deb ta'kidlaydi. Uning fikricha oilada bola yoshligidan boshlab faqat yaxshi odatlarga o'rgatilishi kerak. Bu esa unda mustah- kam xarakter shakllanishiga zamin yaratadi. Ibn Sino yosh bolalarni yaxshi axloqli jismoniy sog'lom qilib yetishtirishda ko'pgina foydali usullarni ko'rsatib beradi. U tarbiya jarayonida shaxsiy namuna bo'lish usuli g'oyat katta ahamiyatga ega ekanli- gi qayta-qayta uqtirib o'tgan. Ibn Sino oilaviy tarbiya to'g'risidagi fikrlarning chuqur mazmunini va amaliy ahamiyatini uning quyidagi so'zlaridan bilib olish mumkin. Bolaning xulqini mo'tadillikda saqlashga alohida e'tibor berish kerak. Unga esa bolalarni qattiq g'azablanishdan, qo'rqish, xafalik, uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi. Bolani xohlagan va foydali narsasini darhol topib berishga hamda sevmagan narsasini ko'zdan uzoqlashtirishga doim tayyor boiib turish kerak. Bu ishning ikki xil foydasi bor. Bir tomondan bolaning ruhiga foyda qiladi, bola eng yosh chog'idanoq xushhulq odam bo’lib qoladi. Ikkinchi tomondan, bolaning tanasiga foyda qiladi. Chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlariga sabab bo’ladi. Shuningdek, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Ibn Sino o'zining "Tadbirul manozil" asarining katta bir bobini oilaviy tarbiya masalalariga bag'ishlagan. U bu asarida kishilarning oilaviy munosabat- larning deyarli hamma tomonlarini ko'rib chiqadi. U oila boshlig'i oldiga katta talablar qo'yadi, u oilaviy tarbiyani ham amaliy, ham nazariy tomondan yaxshi bilish zarurligini uqtiradi.
Ular hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahmiyatini yo‘qotmagan tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo‘llari haqida qimmatli fikrlari bayon etganlar. Bir yigit Ibn Sinodan “Bola tarbiyasini qaysi” yoshdan boshlash kerak ? – deb so‘rabdi. Ibn Sino : “ O‘g‘lingiz necha yoshda” deb savol beribdi va uning bir yarim oylik bo‘ldi, degan javobini eshitgach “Siz bir yarim oy kechikibsiz?” - debdi
Bugungi kunda bolani haqiqatan tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiya-lash kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu bizningpsixologlarimiz va pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan. Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga harakat qilgan. “Agar oila tarbiya usullari-dan to‘g‘ri foydalansa, - deb yozgan edi olim, - o‘z hayotida baxtga erisha-di”. Buning uchun tarbiyaning to‘g‘ri metodlari bayon etilgan “Tadbiri manzil” kitobida aks etgan. Ibn Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan
qat’inazar, ota-onaning asosiy burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini
bartaraf qilgan kishigina boshqalarni tarbiyalashi mumkinligini ta’kidlagan. IbnSino bolanitarbiyalash omillarini tahlil qilib, ulardan eng to‘g‘risi – bolalar
bilan birga bo‘lish va ijobiy misollardan foydalanib, alohida-alohida suh-
batlashish, uning izzat nafsiga tegmaslik, deb o‘qtirgan. Ibn Sino tarbiyada
otaning rolini ifodalashga katta ahamiyat bergan. “Ro‘zg‘orshunoslik” kitobi-da “Otaning bolalarga munosabati” degan bob bor. Unda jumladan:
“Onalar o‘z tabiatlariga ko‘ra yumshoq ko‘ngildirlar va o‘zlarining erkalashlari bilan bolaning xarakterini buzadilar”, - deydi. Ibn Sinoning fikricha, oilada asosiy tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani
ba’zan jazolashi, ba’zan rag‘batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi, ba’zan
tanbeh berish, vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o‘rin egallaydi. U o‘zining qator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi ha qida, eng muhimi bola ruhiyatini o‘rganish borasida ko‘plab qimmatbaho fikrlarni yozadi. Ularning hammasi bir butun bo‘lib, muayyan pedagogik qarashlar tizizimini tashkil etadi va u ma’naviy-axlo q iy barkamol insonni shakllantirish ha qidagi g‘oyaga borib ta qaladi. Ibn Sinoning “Tadbiri al-manozil” nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalalariga bag‘ishlangandir.
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo‘lib, uni bolaning yoshligidan boshlab va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati ha qida to‘xtalib, “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish or qali bolaga jismoniy orom bag‘ishlanadi; ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo‘sh uradi, bolasiga bo‘lgan muhabbatidan onaning orzu umidi yurak to‘ridan sil q ib chiqadi. Bu o‘ziga xos qo‘shi q bolasi uchun qasidadek yangraydi va u farzandining murg‘ak qalbiga singib boradi. SHu tarzda bolada o‘zi ham anglolmagan xolat paydo bo‘ladi. U asta-sekin bu yorug‘ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o‘rganish boshlanadi. Xuddi shu o‘rganish tarbiyalanishdir. Zotan o‘rganish sezishdan kelib chi qadi. Ibn Sino ana shu xolatga e’tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi”,degan fikrni bildiradi. Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig‘i otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Agar oilada – deydi u, oila boshlig‘i tajribasizlik, no‘noqlik qilsa u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va og‘ibatda bundan yomon natijalar kelib chi q ishi mumkin”. Bola yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli bo‘ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bu vazifani ma’suliyat bilan ado etishi lozim. Ibn Sino “tadbiri al-manozil” asarida er va xotinning yaxshi sifatlarini sanab o‘tadi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o‘rnak bo‘lib, kelajak ta qdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida u qtiriladi.Ibn Sino oilada bolani ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda mehnatsevarlikning roliga alohida urg‘u berib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan kasb-xunar o‘rgatishga chaqiradi. Mehnatni ulug‘laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga bo‘lgan salbiy ta’sirini ko‘rsatib beradi.
Mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy o'z asarlarida ota- onalar va tarbiya- chilar obro'yining bolaga ta'sir kuchi haqida ham fikr yurgizadi. Bu esa hozirgi talablarga ham javob beradi. U ota-onalarning bolalarga tarbiyaviy ta'sirining bor kuchi obro'ga asoslanadi, deydi. Biroq bu obro' tabitan berilmaydi, sun'iy ravishda yaratilmaydi, qo'rquv, qo'rqitish, zo'rlik bilan erishilmaydi, balki ota-onaga nisbatan mehr oqibatdan kelib chiqadi, deb ta'kidlaydi.
Abu Rayxon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy tushunchalarini insonning tabiati bilan bog‘laydi. Inson tabiati esa avvalo oilada shakllanadi. SHunga ko‘ra bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunali benihoya kattadir. Masalan u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Jafar tilidan shunday deb yozadi: “Rashkdan saqlangin. U talo q ning kalitidir. Eringga tez-tez tanbeh qilishni senga ta’qiqlayman. CHunki tanbeh nafrat uyg‘otadi. o‘zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. YAna xushbo‘y atirlardan foydalangin. Ularning ichida eng yaxshisi suvdir”. Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga ta’luqlidir.
Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o‘rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, poklik va tartiblilik mavjud ekan, u erda ma’naviy poklik ham bo‘ladi. Bu fikrni-tanani toza tutish bilangina cheklab bo‘lmaydi, balki ko‘p harakat qilishga cha qiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat ha qidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to‘g‘risidagi g‘oya bilan bog‘li qdir. Bu narsa bola tarbiyasi jismoniy sog‘lomlik bilan ma’naviy-axloqiy boylik o‘rtasidagi o‘zaro muvofi qlik ha qidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo‘‘tadillikda sa q lashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish va hafalikdan, uy qusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xul qlarni keltirib chi q aradi. Mutafakkir bola-xulq atvorining mo‘tadilligi natijasida tan va ruh sog‘lomligi kelib chi q ishini ham ilmiy asoslab beradi. Beruniy bola tarbiyasida irsiyat muhit va tarbiya ta’sirini birdek muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi. Beruniy axlo q iy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda yondoshadi. Axloqiylik yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash natijasida namoyon bo‘ladi va shakllanadi. Uning bu fikri o‘z davri uchun yangi va ilmiy bashorat edi. Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy qarashlarida ham mavjuddir. Uning aytishicha, “Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli”. SHunga ko‘ra ularni o‘zviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi so‘zlari anchayin ibratlidir: “Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq ta’lim oladigan o‘quvchini ko‘rmadim”. Uning bu so‘zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal q iluvchi ta’sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.
XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir YUsuf Xos hojib o‘zining “ Qutadg‘u bilig”da bola tarbiyasi haqida to‘xtalib, shunday yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli-xushli bo‘lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug‘ bo‘ladi”. U bola tarbiyasida otaning ma’suliyatiga alohida e’tibor beradi. “Kimning o‘g‘il- qizi erka bo‘lsa, deb yozadi u unga shu kishining o‘zi mungli bo‘lib yig‘laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo‘ysa bolada gunoh yo‘q barcha jafo otaning o‘zida; o‘g‘il- qizning xulq -atvori yaramas bo‘lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo‘ladi. Ota bolalarini nazorat q ilib, turli xunarlarni o‘rgatsa, ular ulg‘aygach, o‘g‘il- qizim bor deb sevinadi; o‘g‘il- q izga hunar va bilim o‘rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go‘zal bo‘lsin”. Yusuf Xos Hojib o‘z asarida shunday fikrlarni o‘rtaga tashlaydiki, ular bola tarbiyasi uchun madhiyadek yangraydi.
Yusuf Xos hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon deb tushunadi. U beldan madorni, tandan quvvatni, ko‘zdan nurni, dildan oromni talab q iladi. Uning ta’kidlashicha, agar insonning o‘zida go‘zal fazilatlar bo‘lsa, ularni bosh q alarga o‘rgatishi lozim. Lekin odob-axloq, rasm-rusum odat va prodani hosil qilish uchun zo‘r kuch va harakat kerak bo‘ladi. Bu narsa ta’lim tarbiya natijasida paydo bo‘ladi. Uning bu tarzdagi pedagogik q arashlari bitta asosiy masalaga borib taqaladi. Bu barkamol inson masalasidir. Inson, uning mohiyati, jamiyatda tutgan o‘rni, ijtimoiy vazifasi mutafakkir tomonidan turli jihatlarda tahlil q ilinadi. Odam bolasi bu yorug‘ olamda ezgulik qilish uchun yaratilgan. SHunga ko‘ra uni tarbiyalashdan maqsad uning ongiga odamlar uchun yaxshilik qilish tuyg‘usini singdirishdan iborat. Bu olijanob vazifani bajarish esa ota-onaning zimmasidadir.
Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishish haqida ko‘rsatmalar”, “Baxt-saodatga erishish haqida”, “Fuqarolik siyosati”, “Davlat arbobining aforizmlari” kabi asarlarida jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida falsafiy ta’limot- yaratdi, inson jamoalarining jamiyatda tutgan roli, davlat va oila, ulami boshqarish haqidagi ilmiy bilimlar tizimini yaratdi.
Farobiyning falsafasiga ko‘ra inson jamoalari va jamiyat kishilarning yashashi va kamolotga erishishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun intilishlari natijasida kelib chiqqan. Binobarin, inson yakka holda hech qachon asl ma’noda baxtli bo‘lolmaydi: “Наг bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi; u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug‘iladi”.
Inson va jamiyat, insonning tabiat va jamiyatdagi o‘mi.
Komil insonni shakllantirishda ta’lim va tarbiyaning roli, oilada axloqiy madaniyatni takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy ta’limotlardagina emas, balki falsafiy didaktik va badiiy asarlarda ham keng talqin qilindi. Jumladan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u-bilik” asarida Oytundi o‘g‘li O‘gdulmishga bir qator nasihatlar beradi: - Mening yagona tashvishim, - deydi u, - sening keyingi hayotingdir. Otaning ish-amali o‘g‘liga singsa, uning xulqida jilvagar bo‘ladi. Bolani tergab-nazorat qilish ota-ona yuzining yorug‘ligini ta’minlaydi. Nazoratdan tashqaridagi bola bebosh va yaramaslik sari og‘adi. Erka bo‘lib o‘sgan o‘g‘il-qizlar xatti-harakati ota-onaga mung va alam keltiradi. Bundan xulosa qilib shuni aytish numkinki, ota-onaning burchi, awalo, farzandga ta’lim-tarbiya berish va barkamol bo‘lib yetilishi uchun sharoit va imkoniyat yaratib berishdir.
Amir Temur davriga oid tarixiy manbalar mazmun mohiyatida oila tarbiyasi jamiyatdagi tarbiya jarayonining eng muhim, eng nozik nuqtalaridan ekani yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Buyuk davlat barpo etgan Temur uni oqilona va odilona boshqarishda ham adolatli yo‘l tutgani, hududi nihoyatda katta bo‘lgan mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlagani, obodonchilik ishlariga katta ahamiyat berganini tasdiqlovchi manbalar bugun ko‘pchilikka tanish. Sohibqiron jamiyatni olg‘a yetaklovchi, rivojlantiruvchi eng katta kuch ichki omil-oila ekanini juda teran his etgan. El-yurt va oddiy fuqaro tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, mamlakat ichkarisi va tashqarisida tinchlik-osoyishtalikni saqlash, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘matish Sohibqiron Amir Temuming davlatni boshqaruvida asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan.
Ayrim manbalarda Amir Temur o‘g‘illari va nabiralarini uylantirish ishlari bilan jiddiy shug‘ullangani haqida xabar berib, ayniqsa, kelin bo‘lguvchi qizning avlod-ajdodini atroflicha surishtirgani, pokligi va sog‘lig‘ini obdon aniqlabgina, so‘ng to‘y-tomoshaga ruxsat berganini aytib o‘tilgan: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoqchi tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘lik salomatligini, jismonan kamolotini aniqladim. Kelin bo’lmish nasl-nasabi, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan holi bo‘lsagina el-yurtga katta to‘y tomosha berib, kelin tushurdim”. Sog‘lom avlod mamlakat kelajagini ta’minlovchi asosiy omil ekanini yaxshi anglagan Amir Temur raiyatining tinch-osuda hayot kechirishini, xonadonlarning daxlsizligini, yangi barpo bo‘layotgan oilaning har jihatdan benuqson va poklik asosiga qurilishini davlat ahamiyatiga molik masala deb qaragan. “Tarbiyaning yana biri ota-onani hurmat qilish; buni bajarish uning uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo‘lsa ham, kam bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi!”.
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy xalqimiz rasm- rusumlari va milliy odatlarni juda nozik tushunar edi. Shu sababli inson xulq-atvori, mada -niyatining hatto eng oddiy masalalar ham uning diqqatidan chetda qolmadi. A.Navoiy tarbiyada xatolikka yo'l qo'yish mumkin emasligini uqtiradi. Haqiqatdan ham bolani tarbiyalashda shunday xatoliklar uchraydiki, ular faqat oilaning hayotida emas, balki jamiyat hayotida ham aks ettiradi.
Navoiyning uqtirishicha, yosh bola yaxshi nima-yu, yomon nimaligi -ning farqiga bora olmaydi, chunki uning tushunish fikrlash, muhokama
qilish qobiliyati o‘smagan bo‘ladi. Shu sababli, u o‘z xususiyatiga ko‘ra,
biror salbiy ta’sir natijasida yaramas, noto‘g‘ri yo‘lga tushib ketishi mumkin. Demak, bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq
darkor.
Navoiy farzandning ota-ona oldidagi burchini “majburiyat” deb atash muhimroq deb hisoblaydi. Ulug‘ shoir yashagan davrda ham, undan oldingi asarlarda ham shu kabi yuqori mezonlar bilan o‘lchangan va hamisha muqaddas bir mavzu kabi yetilib kelgan. Navoiyning fikricha, farzand ushbu oddiy hayotiy haqiqatni chuqur anglab, ota-ona hurmatini joyiga qo‘yishi, ular xizmatini qilishni farzandlik vazifasi deb bilishi, magar ota-onadan xato o‘tsa, hatto uni fazilat o‘mida qabul qilishi lozim.
Muhimi shundaki, Navoiy bu g‘oyalarni badiiy ifodalash ustidagina bosh qotirmaydi, balki hayotning ziddiyatlarga to‘la voqealari Navoiyni ushbu mavzuni qayta-qayta tilga olishga majbur etadi. “Munshoat” asaridan shahzoda Badiuzzamonga yozgan xatidan o‘qiymiz: “Payg‘ambar... buyurubdurkim, tangri taolo rizosi ota rizosiga vobastadur (qo‘shilib ketadi, barobardir)”va tangri taolo g‘azabi ham ota g‘azabiga vobastadur. Bas, kishi ota rizosini hosil qilsa, tangri taolo fizosini ham hosil qilmish bo‘lg‘ay va ota g‘azabiga uchrasa, tangri taolo g‘azabiga uchramish bo‘lg‘ay. Mundoq bo‘lg‘andin so‘ngra kishi nechuk ota rizosidan ayru dam urg‘ay yo qadam qo‘yg‘ay. Va mashoyix (ulug4 kishilar) so‘zidurkim: “Otang parvardigoringdur”, bu jihatdinkim, tangri taolo seni yo‘qdin bor qilmoqqa vasila (vositachi) uldur va tufulyatdin shabob sinnig‘acha ul. Va Hakim Sulaymon ... so‘zidurkim, ota-qodiri qayyum (qudratli tarbiyachi) va ona roziqi marsum (qonuniy rizq beruvchi)! - deb aytadi. Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham munosib o‘rinni egallaydi. Uning fikricha, jamiyatning etukligi, uning ta q diri va kelajak yoshlar kamoloti bilan bog‘liqdir, shunga ko‘ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi.
A. Navoiy ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug‘layi. Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo‘lishi bola tarbiyasida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o‘tadi. Masalan uning xotinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “YAxshi xotin, deydi Navoiy – oilaning davlati va baxti. uy egasining xotijam va osoyishtaligi undan. husinli bo‘lsa – ko‘ngil ozig‘i, xushmuomala bo‘lsa jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi. U beandisha bo‘lsa, ko‘ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo‘lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo‘r bo‘lsa, uy obodligi yo‘qoladi, aqlsiz bo‘lsa, oila rasvo bo‘ladi”.
A.Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o‘zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzilishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar ha qida ham yozadi. Yaxshi va yomon xul qlar va ularning kelib chiqishi sabablarining ko‘rsatib beradi. Bolada paydo bo‘ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, bora-bora illatga aylanadi – deb uqtiradi.
Jamiyatning ma’naviy qiyofasi oilalaming qandayligiga bog‘liqligi Jadidchilik namoyandalari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va boshqalar tomonidan e’lon qilingan bir qator maqolalarda atroflicha tahlil etildi. Ma’rifatchilar shundan kelib chiqib, jamiyat taqdiri oilalar muhitiga bog‘liq bo‘lsa, oila ma’naviyatining o‘zi kimga yoki nimaga bog‘liq, degan haqli savolni o‘rtaga qo‘ydilar. Ulaming fikricha, agar oilada sog‘lom turmnsh tarzi ustuvor bo‘lib, farzand har jihatdan to‘g‘ri tarbiya topgan bo‘lsa, u shubhasiz o‘zidagi ijobiy fazilatlami xizmat jarayoniga ko‘chiradi, ijtimoiy mehnat faoliyatida qo‘llaydi, natijada jamiyatdagi barcha munosabatlarga ta’sir o‘tkazadi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Sag‘irlar haqinda”, “Hifzi sihati oila” (“Oila sog‘lig'ining Himoyasi”), Abdusabm Azimiyning “Ta’lim va tarbiya”, Ibratning “Millatni kim isloh etar?”, Fitratning “Buxoro hukumatining islohkorona qadamlari”, Mirmuhsinning “Ahvoli zorimiz” kabi “Oyina” jumalida chop etilgan maqolalari oila tarbiyasiga oid muhim muammolami ko‘tarib chiqqanini ta’kidlash zarur.
Jumladan, A.Azimiyning “Ta’lim va tarbiya” maqolasidan shunday satrlani o‘qiymiz: “...bolaga ona birinchi omil va murabbiydir. Onani ta’siri bolaga, otani ta’siridan ziyodadur. Chunki ona bolani bir necha oylar qani birla g‘izolandurur. Va ba’daz tavallud sanalarcha suti birla parvarish etar. Va muddatlarcha og‘ushi mushfiqonasiga tarbiya etar. Bu sababli bola ona tarbiyasida bo‘lg‘usi ovonlarda muhitiga muvofiq holda tabiatlanur, ki bul tabiat va odat agar, noma’qul holda bo‘lsa, katta bo’lganidan so‘ng islohi mushkuldir ”.
1.2. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarining o’ziga xos xususiyatlari
Bu davr o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo'lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o'zgalar tomonidan aytilgan so'zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo'lsa, 2-3 yoshga kelib, o'zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so'z ta'siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she'rlar aytish hamda raqsga tushishni o'rgatish lozim. Ularda kattalarga jo'r bo'lib qo'shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko'nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o'zaro muloqotga kirishish ko'nikmalari shakllana boshlaydi.
Ta'lim-tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko'nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga yo'naltirilmog'i lozim.
Bola 3 yoshga qadam qo'yganda jismoniy o'sishi bir qadar
sekinlashadi. Bu davrda uning og'irligi 14-15 kg., bo'yi 90-95 sm. ga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o'z xatti-harakatlarini idora qilish ko'nikmasiga ega bo'ladilar. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi Jamoa bo'lib o'ynash ko'nikmalari shakllanadi. O'yin asosidaamalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki ko'rinishlari namoyon bo'ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o'yin faoliyati yetakchi rol o'ynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng yo'l ochadigan ta'limiy mashg'ulotlar tizimini belgilab berishga yo'naltirilgan.
4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bola to'rt yoshga yetgach, uning jismoniy o'sishi bir muncha jadallashadi, bu davr mobaynida bo'yi 105-108 sm gacha o'sadi, og'irligi esa 18-19 kg bo'ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi.
Katta yarim sharlar po'stlog'ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanish id ajiddiy-sifat o'zgarishlar sodir bo'Iadi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko'nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo'Iadi. Barcha harakat va faoliyatlarni o'zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda serharakat, o'yinqaroq, o'ta qiziquvchan bo'Iadi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to'g'ri ovqatlantirish, o'z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo'lishini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.
Bu davrda bolaning bo'yi 7-8 sm ga o'sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og'irligi 20-22 kg.ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to'g'ri o'sishini ta'minlashga alohida e'tibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo'Iadi. Olti yoshga yetganda miya po'stlog'ining asab katakchalari rivojlanib, og'irligi va tashqi ko'rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon bo'lishini ta'minlash kerak.
Bolaning bu faoliyatida nuqson bo'lgan taqdirda uning oldini olish choralarini ko'rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so'z boyligining rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim.
Ularning nutqidagi so'zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to'la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko'nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko'lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o'zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o'zini idora qilish va o'z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'la boshlaydi.
Bu yoshdagi o'g'il bolalarda mustaqil faoliyat ko'rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga yetadi, og'irligi 22-24 kg bo'ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo'ladi, o'z salomatligini nazorat qila oladi. Uningidrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi.
Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo'lgan ta'lim olishga o'qishga ishtiyoq uyg'otish lozim. Bu o'rinda bolalarni ruhan ta'lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o'quv elementlarini o'rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta'lim olishga tayyor bo'lishi kerak. Bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta'lim berish imkoniyatiga ega bo'lishi shart. O'qituvchining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axloq-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalargan ta'lim va tarbiya berish uchun loyiq bo'lganda, u olti yoshli bolalarni o'qitish huquqiga ega bo'ladi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni o'qitadigan o'qituvilar pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va shundan keyingina ta'lim jarayoniga kirishilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |