Uchinchi bobda MTT larda bolalarni maktabga tayyorlashda pedagogik-psixologik rivojlantirish usullarini takomillashtirishning ilmiy-metodik ishlarning tahlillari va tajriba-sinov ishlarini o’tkazish bajariladi hamda erishilgah natijalar umumlashtiriladi
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………..............................................................3-
I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘RTA GURUH BOLALARIDA IJTIMOIY MA‘NAVIY XULQ ATVOR KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA MTT VA OILA HAMKORLIGINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda oila to’g’risida Sharq va G’arb mutafakkirlarining qarashlari tahlili…………………………………………..
1.2. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarining o’ziga xos xususiyatlari ……
II. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘RTA GURUH BOLALARIDA IJTIMOIY MA‘NAVIY XULQ ATVOR KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA MTT VA OILA HAMKORLIGI
2.1. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda MTTning o’rni……………………………………..
2.2. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda oila tarbiyasining pedagogik ahamiyati….……….
III.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘RTA GURUH BOLALARIDA IJTIMOIY MA‘NAVIY XULQ ATVOR KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA MTT VA OILA HAMKORLIGINI SAMARALI TASHKIL ETISHNING SHAKL VA YO’LLARI
3.1. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda mtt va oila hamkorligini samarali tashkil etishning shakl va yo’llarining mazmuni……………………….……………………………
3.2.Tajriba -sinov ishlari va natijalar tahlili………………………………..
Xulosa………………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………………
Ilova
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Farzandlarimizning maktabda qanday o’qishi, yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko’p jihatdan maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiyaga bog’liq. Ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson umri davomida oladigan barcha axborotlarning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olishi aynan bola shaxsining rivojlanishida maktabgacha ta’limning o’rni nechog’li muhimligidan dalolat beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 16 avgust kuni o’tkazilgan yig’ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini so’zsiz ta’minlash, maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatidan tubdan isloh qilish, tizimning boshqaruv tuzilmasini tashkil etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga 5-6 yoshli bolalarni 100 foiz qamrab olish choralarini belgilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qabul qilingan qonun qarorlardan ko’zlangan maqsad va vazifalar maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini har tamonlama shakllantirishdan iboratdir. Bu vazifani amalga oshishi MTT va oila hamkorligini talab qiladi.
Rеspublikamiz oilalarga har tomonlama ko’mak bеrishni o’zining asosiy vazifasidan biri dеb biladi .
Davlat bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanishi, umumta'lim maktablarida, oliy o’quv yurtlarida bilim olishlari uchun sarflanadigan harajatlarni yildan –yilga ko’paytirib bormoqda.
Oilalarga qulaylik tug’dirish, ularning moddiy sharoitlarini yaxshilash, bola tarbiyasi bilan jiddiyroq shug’ullanishlari uchun katta imtiyozlar yaratib bеrilmoqda. Masalan: maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kеngaytirish va undagi moddiy sharoitni yaxshilash, bola tug’ilganda birinchi bolaga, ikkinchi va uchinchi bolaga bеriladigan suyunchi pullari miqdorini yildan –yilga oshirib borish, 2 va undan ortiq 12 yoshgacha bolasi bo’lgan onalarning ta'tillarini uzaytirish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda chiqarishdan ajralmagan holda ishlaydigan xotin –qizlarga bola tug’ilganda bolasi 3yoshga to’lgancha o’rtacha oyligi saqlangan holda va bola 3 yoshga kirgunga qadar pulsiz uning mutaxassisligi bo’yicha ish staji saqlanishi, yolg’iz onalarga har bir bola uchun bеriladigan oylik nafaqa puli miqdorining ko’paytirilishi, ota –onalarning bolalari bilan birgalikda dam olishlari va davolanishlari uchun shart –sharoitlar yaratilishi, narx –navo oshishi munosabati bilan bolalarga kеyimbosh puli bеrilishi, shuningdеk onalarga to’la bo’lmagan ish kuni, ish haftasi, uyda ishlashlari uchun sharoit yaratilishi, bolalar kasallanganda uni parvarish qilish uchun pul to’lanadigan vaqtning uzaytirilishi shular jumlasidandir.
Shunday qilib, davlatimiz oilaning tarbiyachilik vazifasini yuqori baholaydi, bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hamma shart –sharoitlarni yaratadi.
Rеspublikamiz rahbariyati oilani mustahkamlash, uning shart –sharoitini yaxshilash, kishilarning turmush farovonligini oshirishga juda katta ahamiyat bеrib, bu borada juda ko’plab amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, mahallalarda kam ta’minlangan va temir daftarda turadigan ayollarga imtiyozli kreditlar berilishi, tadbirkorlik bilan shug’ullanishlari uchun subsidiyalar berishi kabilarni keltirish mumkin.
Oilaning mustahkamligi bolalarning har tomonlama to’g’ri tarbiyalashga imkon bеradi. Oila, MTT, maktab mеhnat jamoalari o’rtasidagi aloqani yaxshilash, ota –onalarning bolalar tarbiyasi uchun javobgarligini oshirish davr talabidir.
Ayniqsa, oilalarga еr maydoni ajratib bеrilishi, yosh oilalarning, bolalarning oila kattalari bilan birga yashashlari uchun katta imkoniyat yaratib bеrmoqda. Bunday sharoitda yashagan bolalar kattalardan oilaviy odob –axloq qoidalari: saloamlashish, shirinso’zlik, sizlab gapirish, rahmat aytish, kеchirim so’rash, kattalarni izzat –hurmat, kichiklarga –shafqat qilish, insonning qadriga yеtish, o’ziga yaqin kishilarga mеhribonlik ko’rsatish tuyg’ularini o’rganib, singdirib oladilar, shu bilan birga kattalar bilan faoliyatda qatnashish jarayonida mеhnat masalalari, ko’nikmalarini, insoniylikka asoslangan har xil urf –odat, udumlarni o’zlashtirib boradilar.
Ikkinchi tomondan, bolalarning barcha xatti –harakatlari kattalarning nazoratida bo’ladi, natijada kattalar bolalarning maqbul ishlarini ma'qullab, noma'qul ishlarini qaytarib to’g’ri yo’l –yo’riq ko’rsatadilar.
Farzand –oilaning quvonchi, ota –onaning tayanchi, jamiyatning hayot –baxsh kuchi. Bolalarning sharofati bilan hayot yanada shirin, o’lim esa u qador dahshat solmaydigandik tuyiladi –dеgan edi ingliz filosofi Frеnsis Bеkon.
Farzand umr mеvasi, oila faxri, kеlajagi, baxtidir. Ammo tarbiya nihoyatda mashaqqatli ish bo’lib, ota –onalar bolalar tarbiyasida har doimo ham istagan natijalarga erishavеrmaydilar.
Hayotning birinchi yilidan boshlab bola shaxsini shakllantirish, ya'ni uning tarbiyasi bilan shug’ulanish oilaning asosiy vazifasidir. Oila jamiyatning boshlang’ich qismi bo’lib, unda yangi inson vujudga kеladi; bu kichik ijtimoiy guruh bola uchun dastlabki hayot maktabidir. Ota –onalar bolaning birinchi o’qituvchisi va tarbiyachisidirlar.
Buyuk o’zbеk shoiri va mutafaakiri Alishеr Navoiy bolani “mеhri anbar” –uyni yoritadigan va oilaga baxt –quvonch kеltiradigan nur dеb hisoblagan edi. Navoiy bolalar oilada va maktabda intzomli bo’lishlari va o’zlarining odobli ekanliklarini ko’rsatishlari kеrakligini ham ta'kidlab o’tgan edi.
Tadqiqotning obyekti- maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalari, tarbiyachilar va ota –onalar.
Tadqiqotning predmeti- maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda mtt va oila hamkorligining mohiyatini o’rganish va bu jarayondagi muammolarni hal qilish metodlarini vositalarini o’rganish jarayonidir.
Tadqiqotning maqsadi- maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda MTT va oila hamkorligini samarali tashkil etishning shakl va yo’llarini yaratish, tadqiq qilish.
Tadqiqotning vazifalari:
1. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda MTT va oila hamkorligining muammolarini ilmiy –nazariy jihatdan o’rganish va tahlil qilish ;
2. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda MTT va oila hamkorligida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini emperik o’rganish ;
3. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalar xarakterini o’ziga xos jihatlarini o’rganish;
4. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda MTT va oila hamkorligining pedagogik muammolarini hal qilishning samarali shakl va yo’llarining mazmunini yaratish;
5. Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda MTT va oila hamkorligining samarali shakl va texnologiyalarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda va oila hamkorligini samarali tashkil etishda multemediya vositalardan foydalanish.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda MTT va oila hamkorligini samarali tashkil etishda multemediya vositalardan foydalanish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ijobiy ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirish, salbiy holatlarni oldini olish.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Maktabgacha yoshdagi o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirishda MTT va oila hamkorligida multemediya vositalardan foydalanish orqali o‘rta guruh bolalarida ijtimoiy ma‘naviy xulq atvor ko‘nikmalarini shakllantirish, salbiy holatlarni oldini olishda ota-onalarga va bola tarbiyasi bilan shug’ullanuvchilarga uslubiy ko’rsatma bo’lib xizmat qiladi.
Ish tuzilmasining tavsifi:kirish, uch bob, 6 paragraf, xulosa, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: |