Nuqtali kontakt payvandlash
Nuqtaili payvandlashni avtomatlashtirishda, robotlar keng qo‘llaniladigan
soha hisoblanadi. Bunga robotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
robotlarning to‘xtash aniqligi ±1,0 mm bo‘lishi kerak;
robotlar obyektlarni manipulyatsiya qila oishi lozim.
Odatda, bu operatsiyalarni bajarishda elektrik va gidravlik yuritmali robotlar
ishlatiladi. Nuqtali payvandlash jarayoni
xavfli va anchagina yoqimsiz, shovqinli
hisoblanadi.
Shuning uchun bunda, robotlarni payvandlashni avtomatlashtirish
uchun qo‘llash, insonlarni og‘ir
mehnatdan ozod qiladi, payvandlash tezligini
oshirish va uning sifatini oshirish imkonini beradi.
Elektr yoyi bilan payvandlash
.Bu payvandlash jarayoni inson sog‘lig‘i uchun nihoyatda zararli hisoblanadi
va uni robotlar yordamida avtomatlashtirish, payvandlash
sifati va tezligi yuqori
bo‘lishini ta’minlaydi.
Odatda, besh harakat darajasiga ega bo‘lgan, elektr yuritmali va kontur
boshqarishli robotlar ishlatiladi. Talab qilinadigan aniqlik ± 0,2 mm bo‘lishi kerak,
robot murakkab trayektoriyalar bo‘yicha harakat qila olishi lozim. Uni
programmalash va boshqarish sodda bo‘lishi lozim.