Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


-Mavzu:IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT PEDAGOGIKA FANI SOHASI SIFATIDA



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə170/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

25-Mavzu:IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT PEDAGOGIKA FANI SOHASI SIFATIDA
Reja:
1.Rеspublikamizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy hayotga ta'siri.
2.Hozirgi vaqtda ijtimoiy pеdagogika faniga zaruriyat va uning ahamiyati. Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pеdagogik faoliyatning madaniytarixiy an'anasi sifatida.
3.Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti.
4.Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, pedagogik sotsiologiya, jamiyat, sotsium, shaxs, jtimoiy pеdagogikaga extiyoj, O`zbеkistonda ijtimoiy pеdagogika fani paydo bo`lishining shart-sharoitlari, amaliy ijtimoiy faoliyat.
Rеspublikamizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy hayotga ta'siri. Ijtimoiy pedagogikagarchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi va fan sifatida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, O’zbekiston uchun yangi xodisa va tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va amaliy tajribalari tizimlashtirilmaganligining sabablari O’zbekiston tarixiy rivojlanishining murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga salbiy ta’sir ko’rsatgan hodisalarga XX asrning 30 yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning diskreditatsiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va chet ellik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat an’analarining yo’q qilinishi kiradi. Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot-islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini ko`tarishga qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin. Hayot, bozor iqtisodiyotiga o`tish, isloqotlar jarayonida ya'ni jamiyat a'zolarining, fuqarolarning ongida qanday o`zgarishlar ro`y bermoqda, fuqarolik jamiyati hayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo`lda o`z yo`lini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va qanday ta'sir o`tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday ta'sir ko`rsatmoqda.
Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish, jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo bo’lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglangan.
Quyidagilar bundan dalolat beradi:
1) kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yo’nalishi sifatida e’lon qilinishi; 2) aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan bir qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi; 3) sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy texnik bazasining yaxshilanishi va yangilarining ta’sis etilishi; 4) “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy pedagogik choralari majmuasi sifatida joriy qilinishi. O’zbekiston fuqarolari hayotida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalasi birinchi prezident I.Karimov asarlari va chiqishlarida ham muhim o’rin tutmoqda.
Ularda insoniylik, mehribonlik o’zbek xalqining ajralmas xususiyati ekanligi ta’kidlanadi va ijtimoiy xarakterdagi ko’pgina muammolar- sog’liqni saqlashni, maktab va shifoxonalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yashash va sport majmualarini qurish, ko’p bolali oilalarga yordam berish muhokama qilinadi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lini belgilab oldi. Bu yo`l jamiyatimizning kelajagini o`z qo`llariga oluvchi - yoshlarga beriladigan ta'lim-tarbiya asosida belgilandi. Shu nuqtai nazardan 1997 yili 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to`g`risida”gi qonun qabul qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda shaxs bosh va markaziy o`rinni egallab, modelning qolgan qismlari shaxs manfaatlari uchun xizmat qiladi.
Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimi individ dunyoga kelgandan boshlab to maktabdan tashqari ta'lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi. Ta'lim-tarbiya muassalari o`z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin, ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa jamiyatning barcha a'zolari ushbu ziddiyatlarni yengib, ulardan to`g`ri xulosa chiqara oladilarmi! Demak, ta'lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta'sirlar, ya'ni kundalikli ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko`rsatayotgan ta'siri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o`rganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e'tibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga keltirmoqda. Kursning nomidan ham ko`rinib turganidek, ijtimoiy qayotning turli jabqalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Bunga misol tariqasida quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: Ommaviy axborot vositalari iqtisodiyot ko`cha-kuy, mahalladagi voqe'liklar Ota-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosbatlar shaxs ishlab chiqarish jarayoni Ilm-fanning turli sohalari hozirgi vaqtda ijtimoiy pеdagogika faniga zaruriyat va uning ahamiyati.
Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pеdagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an'anasi sifatida. Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida paydo bo’ldi.
Hozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va ma’rifiy-madaniy islohotlarni boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning o’zgarishi ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g’ayri ijtimoiy xodisalar-alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga sabab bo’lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda bolalar, so’ngra esa kattalar ijtimoiy yordamga muxtojdirlar. Bunday sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy muammolariga bog’liq bo’lgan pedagogik masalalarni hal qiluvchi, uning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi mutaxassis sifatida ijtimoiy pedagogga talab paydo bo’ladi.
Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar talab etayotgan edi: Birinchidan, Bugungi kunda ta'lim va tarbiya maqsadi bilan uning ba'zi natijalari o`rtasidagi qarama-qarshilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo`llarini aniqlash zarurligi talab etilmoqda. Ushbu talab pedagogika olamiga jamiyatdagi munosabatlar bilan shug`ullanuvchi sotsiologiyani olib kirish zaruriyatini uyg`otdi. Chunki ongli xususiyatga ega bo`lgan inson faoliyati, sotsiologiya fanining o`ziga xos ob'ektini tashkil etadi. Har bir shaxsning jamiyatdagi o`z o`rnini, o`zligini anglashi, hayotiy-axloqiy me'yorlarni o`zida mujassam etishi jamiyatda shu ma'naviy-axloqiy sifatlarni namoyon etib, ijtimoiy hayotimiz, zamonamiz bilan hamnafas yoshlarni tarbiyalashda Pedagogika va sotsiologiya fanlarining hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Vaholanki ta'lim-tarbiyaning o`zi ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayondir.
Ikkinchidan, ba'zi jamiyat a'zolarining ongidagi ma'naviy bo`shliqning ijtimoiy kelib chiqishi sababalrini aniqlash, ularni hal qilish mexanizmini yaratish kabi yangi muammolarning yechimini topish uchun pedagogik va sotsiologik tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiyani talab etmoqda. Inson shaxsini shakllantirishda undagi tabiiy (irsiy) va ijtimoiy xususiyatlarini, uning oliy nerv faoliyati imkoniyatlarini hisobga olib yondashmoq lozim. Inson organizmining biologik va sub'ektiv (shaxsiy tomonlari) asosida o`z-o`zini tarbiyaga olish, sharoitga moslashish, ma'lum ob'ektga yo`naltirish qonunlarini bilish asosida uning tarbiyasini tashkil etish lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida ichki va tashqi ta'sir imkoniyatlari o`zaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini yoshlar faoliyatining xususiyatlari, qzini anglash kabi muhim xususiyatlari asosida shaxsning erkinligi va g`ururini paymol qilmasdan, demokratik, insonparvarlik va milliy tamoyillarga tayanib, ularda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr talabidir.
Jamiyatga insonlar ongini, tafakkurini ijobiy tomonga o`zgartirish ijtimoiy- ma'rifiy jarayonlar bilan bog`liq bo`lib. Uni ilmiy jihatdan o`rganish muhimdir. Pedagogika va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar o`zbekistonlik olimlarning diqqat e'tiborini ham o`ziga tortmoqda.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlar va bunda davlatning roli, axborotlar, ustoz-shogird munosabatlari, kadrlar muammolari, yoshlarning ma'naviyatida ro`y berayotgan zaiflikning sabablari, ularni aniqlash, tekshirish, hal etish, ijtimoiy faollik kasbiy mahorat, shuningdek mustaqil O`zbekistonda kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy islohatlarni, umuman, jamiyatni «pedagog so`zi» bilan qrganish ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan bo`lib hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy hayotda shunday holatlar uchraydiki, bunda bolalar o`smirlar, tarbiyachilar bunday og`ir vaziyatda o`zlariga ruhan malham bo`ladigan sotsial pedagogning yordamiga muhtoj bo`ladi. Demak, bugungi jamiyatimiz asoslariga sotsial psixolog bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogga bo`lgan ehtiyoji ham sezilmoqda. Hayotdan umid uzgan, o`ziga ishonmaydigan, hayotiy muammolarni mustaqil hal eta olmaydigan shaxslar insoniy yordam, tushunish, uning qayg`usiga sherik bqlishlarini kutadilar.
O`z so`zi va faoliyati bilan shu kabi shaxslarda o`ziga ishonch uyg`otish, o`z imkoniyatlarini anglab yetishlariga yordam berish sotsial pedagogning asosiy vazifasidir. Ijtimoiy hayotimizdagi voqelikning insonlarga bo`lgan ta'siri ularning ongida yuz berayotgan jarayonlar haqida bahs yuritadigan mazkur fan yo`nalishi bugungi kunda ijtimoiy buyurtma sifatida vujudga kelmoqda. Demak ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zarurat asosida namoyon bo`ldi. Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya- bu bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fanining tarmog`idir. Ya'ni tarbiya- bu nafaqat o`quv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o`z ko`rinishiga ega.
Ijtimoiy pedagogika- odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan fikrlar, e'tiqodlar, g`oyalar, qarashlar, his-tuyg`ular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o`ziga o`xshash shaxslar bilan o`rnatadigan murakkab o`zaro munosabatlari va ularning ta'sirida hosil bo`ladigan xodisalarning pedagogik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish- ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir. Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir. Bir ob'ektni turli fanlar tomonidan qrganish mumkin. Ijtimoiy pedagogika- tarbiya va ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog`liq bo`lgan holat va xodisalarni o`rgatadi. Bu jarayon jamiyatga «kirish» va o`zaro munosabatda bo`lishni anglatadi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko`rsatma) oladilar, ya'ni ijtimoiylashtirish yuz beradi. «Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya» kursi talabalarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli munosabatlarni, ma'naviy faktorlarni tekshirish shuningdek, mazkur fanning ob'ekti, predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, kategoriyalari ijtimoiy pedagog kasbining spetsifik xususiyatlari kabi muammolar ustida bosh qotirishga undaydi. Kursning asosiy maqsadi bo`lajak pedagog kadrni hayotimizning barcha jabhalariga «pedagogik ko`z» bilan qarash, o`rganish, reabilitatsiya qilish yo`llarini aniqlash va ma'lum xulosalar chiqarishga o`rgatishdan iborat. Kursning asosiy vazifalari oliy o`quv yurtlari talabalariga:
1.Mustaqil O`zbekistonda shakllanayotgan Pedagogika fanining yangi qirralaridan biri sifatida Ijtimoiy pedagogika fani xaqida tushunchalar berish va ularni ijtimoiy hayot bilan muqoyasa o`rganish;
2. Ijtimoiy muhit va shaxsning ijtimoiylashuviga doir qonuniyatlar;
3.Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyatining o`ziga xos spetsifik xususiyatlari, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida tushunchalar berishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ijtimoiy munosabatlari va bunda davlat hamda jamiyatning roli, ba'zi jamiyat a'zolarining ma'naviyatida ro`y berayotgan zaifliklar, ularning sabablarini aniqlash, tekshirish, qayd etish, umuman jamiyatda kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy isloqotlarni, jamiyatni pedagogik nuqtai nazardan o`rganish ijtimoiy pedagogikaning asosiy muamolaridan biridir. Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtai nazardan o`rganish va yanada takomillashtirish davr taqozasidir. Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pеdagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an'anasi sifatida.
O`zbеkistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari. Ijtimjiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti xalqning tarixiy-madaniy va etnik an’analari, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bog`liq holda rivojlanadi va xalqning inson va insoniy qadriyatlar haqidagi qarashlariga tayanadi. Insoniyat rivojlanishining turli bosqichlarida va barcha jamiyatlarda ham o`zini to`laqonli boshqarishga imkoni bo`lmagan kishilarga, masalan, bolalar, qariyalar, kasallar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida cheklanishlari bo`lganlarga munosabat masalasiga duch kelganlar. Bunday masalalar turli jamiyat va davlatlarda turlicha hal etilgan, ya’ni, ojiz va qarovsiz qolganlarni jismoniy yo`q qilishdan tortib ularni jamiyatga to`liq integratsiyasigacha yo`llar tutilgan.
O`zbеkistonda qadimdan bunday kishilarga nisbatan insonparvarlik yo`li tutilib, ularga doimo rahm ko`rsatib kelingan, ayniqsa, islom dini kirib kelganidan keyin rahmdillik va xayr-saxovatga e’tibor kuchaygan. Muhtojlarga doimiy yordam ko`rsatib kelingan. Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti. Ijtimoiy pedagogika o`z nomiga ko`ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan shug`ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya'ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta'sir, shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg`armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta'siri nazarda tutiladi. Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg`iz yashovchilar, iqtisodiy nochor aqvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o`quv muassasalari yordamchilar sifatida faoliyat ko`rsatadi. Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o`rganishdan iborat.
Demakki, uning ob'ekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning predmeti - bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og`ir guruq”larga aloqida e'tibor qaratadi. Bu guruqga taqdir taqozasi bilan og`ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o`tirib chiqqan kasallar, jinoiy guruqlarga va man etilgan diniy sektalarga o`zlari bilmagan qolda kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagi va qariyalarni; ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o`zaro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam olishga, ruhiy kasallangan, ta'lim olishdagi muommalar, tarbiyasi oqir bolalar kabi muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi. Ijtimoiy hayotning turli jabhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik yordamga muxtojdirlar. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Rivojlangan davlatlarda ijtimoiy tarbiyani amaliy tashkil etish maxsus kasb darajasiga ko`tarilgan. Janubda bu kasb “Ijtimoiy faoliyat” deb yuritiladi. Bizning yurtimizda aholining, umuman jamiyat a'zolarini ijtimoiy muqofazalashga doir qator ishlar amalga oshirilishidan qat'i nazar, u bilan shug`ullanuvchi maxsus fan yo`nalishi to`liq shakllanmagan. Ijtimoiy ish jamiyat a'zolarining bir-biriga insoniy munosabatda bo`lishini taqozo etadi. qadim zamonlarda bu faoliyatning diniy mas'ullik, saqiylik, xayrixohlik singari qirralari namoyon bo`lgan. “Ijtimoiy pedagogika” ning paydo bo`lishi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy qayotidagi o`zgarishlar bilan boqliq.
Chunki bu o`zgarishlar tarbiya jarayonini murakkablashtirib, yoshlar tarbiyasida yangi muammolarni vujudga keltirib, yosh avlodning ijtimoiy shakllanish jaraynini ilmiy o`rganishni talab etmoqda. An'anaviy pedagogika fani ta'lim muassasalari qobiqida cheklanib qolib, ijtimoiy muhit omilining tarbiyaga bo`lgan ta'siriga yetarlicha e'tibor bermadi. Ayniqsa, ijtimoiy tarbiyaning umumiy xarakterini chetga surib qo`ydi. Ijtimoiy pedagogika Rossiyada o`tgan asrning 80-yillarida aloqida fan sifatida shakllandi. Mustaqil yurtimizda esa uning ma'lum qirralari yoritilgan bo`lishiga qaramasdan bu yo`nalish bo`yicha hali aloqida tadqiqot ishlari yuzaga chiqqanicha yo`q. Bu fan har bir jamiyatning, har bir mamlakatning, qar bir millatning ijtimoiy qayoti va milliy psixologiyasi bilan bevosita boqliq. Shu nuqtai nazardan mazkur fanni turmush pedagogikasi, deyish ham mumkin. Turmush -shaxsning jamiyatda o`z o`rnini topishini taqozo qiladi. Biz ta'lim tarbiya muassasalari va ulardan tashqari, ya'ni har kungi ijtimoiy hayotimiz orqali tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish asosida barkamol, komil insonni voyaga yetkazishimiz kerakki, toki biz tarbiyalagan shaxs jamiyatga “kirishib keta olsin”. Ular jamiyatdan chetda qolishi mumkin emas. Ma'lum sabablarga ko`ra “jamiyat tan olmagan”, “sotsiumga kirisha olmagan” shaxslarning o`z yo`lini topib ketishi uchun ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarb kasb etib, Rossiyada 1960-1970 yillardayoq shunday ijtimoiy-pedagogik faoliyatga yo`naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ishlar olib boriladi. Jumladan, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, uy-joy kommunal xizmati tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari, yotoqxona, maktab klublari xodimlari singari kadrlar faoliyat olib borishdi, qator chet mamlakatlarda esa 1970-1980 yillarda ijtimoiy talab-bu muammoni hal etishning yangi darajalarini vujudga keltirdi.
Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to`plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan qamkorligi o`zgardi. Shu asosda ijtimoiy muqitni pedagoglashtirish jarayoni intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi muammo bo`lib qolaverdi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat maktab, boqcha kabi ta'lim-tarbiya maskanlari shuqullanadi,-degan fikr jamiyat a'zolari ongida o`rnashib qolgan. Demak, ta'lim tarbiya bilan shuqullanuvchi fanlar va o`quv muassasalaridan farqli o`laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotimizning barcha jabqalari bilan boqliqdir. Shuning uchun ham u juda ko`plab fanlar bilan uzviy bog`liq.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin