Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə44/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Umumiy didaktikaning predmeti dars o’tish (o’qituvchi faoliyati) va bilim olish (o’quvchining o’rganish faoliyati)ning o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish;
- ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;
- ta’lim jarayoni uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash.
Didaktika nazariy va bir vaqtning o’zida me’yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog’liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari (tushunchalar) tizimi. Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi.
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to’ldirilib borilmoqda.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari (tushunchalar) quyidagilardan iborat:

  1. ta’lim - o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon;

  2. bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;

  3. bilim olishidrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

  4. ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati;

  5. malaka muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli;

  6. ta’lim metodlari – ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui;

  7. ta’lim mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;

  8. ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o’quv qo’llanmalari, o’quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o’qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;

  9. dars – bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli;

  10. ta’lim jarayoni – o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.

  11. o’quv fani – ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan hamda o’zida muayyan fan sohasi bo’yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.

Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Didaktik tizim (yunoncha «systema» – yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko’rsatish demakdir. U ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar:

  1. an’anaviy;

  2. progressiv;

  3. zamonaviy.

Ta’lim nazariyasida Ya.A.Komenskiy, I.Pestallosi va I.Gerbartlarning didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega.
An’anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan bog’liq. U Ya.A.Komenskiyning sinf-dars an’anaviy tizimini tanqidiy nuqati nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi.
I.F.Gerbart ta’lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat. o’quvchilarning intellektual rivojlanishini ta’minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.
Progressiv (pedosentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol o’ynashini e’tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.
Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo’lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o’zlashtirishda samaradorlikka erishish g’oyasini ilgari suradi. Mazkur g’oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o’quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.
D.Dyuining nazariy g’oyalari muammoli ta’limning asosi bo’lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta’lim deb nomlanuvchi, ushbu g’oya o’qituvchi rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o’quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta’minlashga erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta’limning vazifasi faol o’rganish jarayonini rag’batlashtirish, o’quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g’oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g’oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Psixolog L.S.Vgotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “Yaqin rivojlanish zonasi” g’oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra bola kattalar yordamida bilim olib, o’zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida ta’lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g’oyalarga muvofiq tashkil etilishi e’tirof etilgan.
Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsini hurmat qilish, uning sha’ni, obro’si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste’dodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yo’l qo’ymaslik, ta’lim dasturlarini tanlashda o’quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.
Respublika uzluksiz ta’lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.
Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o’ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o’qituvchi tomonidan boshqariluvchi o’ziga xos anglash jarayonidir. O’qituvchining yo’naltiruvchi sifatidagi roli o’quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarni to’liq o’zlashtira olishlarida ko’rinadi.
Ta’lim o’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta’lim o’zida o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, ya’ni, o’qituvchining o’rgatish hamda o’quvchining o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqacha aytganda to’g’ridan to’g’ri, bevosita va nisbiy munosabat1 aks etadi.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro muloqot yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko’ra keng ma’noga ega.
Ta’lim o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish, ularda amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo’naltirilgan jarayondir.
Didaktika pedagogikaning ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan bo‘limdir. Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, “didasko”- o‘qitish, “didaskal” - o‘rgatuvchi, degan ma’noni bildiradi. Didaktikaning so‘zma - so‘z tarjimasi ta’lim, o‘qitish nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi quyidagi masalalarni: ta’lim jarayonining mohiyati, ta’lim mazmuni, ta’lim qoidalari, ta’lim metodlari, ta’limni tashkil etish shakllari hamda ta’limda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini hisobga olish va baholash kabilarni o‘z ichiga oladi. Didaktikaning asosiy maqsadi, vazifasi o‘qituvchini o‘qitishga doir ma’lumot, mahorat bilan, o‘quvchilarni esa ilmiy bilimlar ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iboratdir.
Didaktika termini qadimgi Gretsiyada Afina va Sparta shaharlarida eramizdan avvalgi IV - V asrda paydo bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy, Misr va Markaziy Osiyo davlatlarida rivoj topgan.
O‘zbek didaktikasiga Al-Xorazmiy, A.R.Beruniy, Ibn Sino, A.Navoiy, M.Ulug‘bek, A.Avloniy, M.Behbudiy, Muhammadrasul Rasuliy, Q.Niyoziy va boshqa mutafakkirlar hamda hozirgi mashhur pedagoglar, olimlar munosib hissa qo‘shmoqda.
Didaktikaga oid materiallar mashhur pedagog YA.A.Komenskiy, Ushinskiy va boshqalar tomonidan boyitildi.
Didaktikaning asoslari hikmatlar, hadislar va xalq og‘zaki ijodining boshqa manbalarida o‘z aksini topgan. Ayniqsa vatandoshimiz B.Zarnudjiyning “O‘quvchiga ta’lim yo‘lida qo‘llanma” asari bag‘oyat qimmatlidir.
Men ushbu kitobni “O‘quvchiga bilim olish yo‘lida qo‘llanma” deb atab, uni quyidagi bo‘limlardan iborat deb tuzdim. Ular: “Bilimning mohiyati va ularni takomillashtirish haqida”, “Ta’lim yo‘lida ongli istaklar haqida”, “O‘qituvchi, o‘rtoq, fanlarni tanlash haqida”, “Olimlar va fanning sharafi haqida”, “Dars vaqti haqida qo‘llanma”, “Bilimlarni egallash haqida”, “Ollohdan qo‘rqish va ta’lim olish”, “Bilimlarni xotirada saqlash, esdan chiqarish turlari”, “Umrni uzaytiruvchi va qisqartiruvchi kuchlar haqida va boshqalardan iborat”. Inson tarbiyasida va shakllanishida bilim, ta’lim, ma’lumot eng muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish qobiliyatlari o‘qituvchi rahbarligida zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini egallash bilan ularda ilmiy dunyoqarash va shaxsning asosiy sifatlari: axloq, estetik qarashlar hamda kasb - hunarga bo‘lgan qiziqishlar tarbiyalanadi.
Ma’lumot va ta’lim o‘zaro yaqin aloqada bo‘ladi. Ma’lumot - bu ta’limning natijasi ta’lim esa ma’lumot olishning asosiy shartlaridan biridir.
Didaktika ma’lumotning ilmiy asoslanishi bilan shug‘ullanish bilan birga yuksak darajada bilimlar zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni tarixiy bir jarayonida beradi va hozirgi fan, texnika taraqqiyoti davrida o‘quvchilarni muayyan darajada shaxsni tarkib topdiradi.
Didaktika faqat ma’lumot mazmunini belgilabgina qolmay, balki qanday o‘qitish kerakligini ham belgilaydi.
Didaktika pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lish bilan birga boshqa bir qancha fanlar bilan uzviy bog‘langan: Filosofiya, sotsiologiya, logika, psixologiya, fiziologiya oliy nerv faoliyati, kibernetika, matematika va h.k.
Hozirgi zamon didaktikasining taraqqiyoti ijtimoiy hayot, fan va texnikaning ishlab chiqarish darajasi bilan asoslanadi. Didaktikaning hozirgi davrida vazifalaridan biri oldingidek har tomonlama kamol topgan barkamol shaxsni shakllantirish bo‘lib qolmoqda va shunday bo‘lib qolaveradi.
Didaktika oldidagi eng muhim vazifalardan biri o‘sib boruvchi ta’limni keng yoyish, shu asosda shaxsning eng asosiy sifatlarini ya’ni ilmiy bilishini ta’minlash, ijodiy fikrlashga o‘rgatish hamda doimiy ravishda o‘z ma’lumotini takomillashtirib borish kabilarni talab etmoqda.
Ta’lim va ma’lumotning birligi asosida ta’limning tarbiyalovchi metodikasini takomillashtirish, bilish qobiliyatlarini, dunyoqarashni va yuksak ma’naviy - axlaqiy sifatlarni tarkib toptirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Didaktika asosan pedagogika fanining ilmiy tekshirish metodlaridan foydalanadi.
Bular:
1. Ilmiy kuzatish:
2. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va yoyish.
3. Didaktik eksperiment.
4. O‘quv hujjatlarni o‘rganish va h.k.
Pedagogika fanida didaktika ikki turga ajratilib o‘rganiladi. Birinchisi umumiy didaktika ya’ni o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Ana shu o‘rganish asosida o‘qitish jarayonining yangi-yangi qirralari ochiladi va amaliyotga tadbiq etiladi. Masalan EHM yoki ta’limning texnika vositalari yordamida o‘quvchilarning bilish qobiliyatlari o‘stiriladi. Yuqoridagi o‘qitish sohasida yutuqlar umumiy didakitkaning rivojlanib borayotganligi ko‘rsatadi.
Shu bilan bir qatorda xususiy didaktika ya’ni bir fanni o‘qitishining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadigan tarmog‘i hisoblanadi. Fanda xususiy didaktikani metodika ham deb yuritiladi. Masalan, ona tili o‘qitish metodikasi, kimyo o‘qitish metodikasi, boshlang‘ich ta’lim metodikasi singarilar.
Umumiy didaktika bilan xususiy didaktikalar o‘zaro uzviy aloqadorlikda, bog‘liqlikda ish olib boradi. Ular bir - birlarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi va yagona maqsadni ya’ni barkamol insonni shakllantirish vazifasini amalga oshiradi.
Xususiy didaktika rivojlanib qo‘lga kiritgan yutuqlari umumiy didaktikaning hamda xususiy didaktikaning, vazifalarini hal qilishga yo‘naltiradi. YOki aksincha. SHuning uchun ular o‘zaro hamkorlikda, aloqadorlikda bir - biriga tayangan holda ish tutadi.
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmag‘ay. imom Al Buxoriy. Muhammad payg‘ambar:
“Ilm egallang! Ilm - sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida yo‘ldosh, baxtli daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlada madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir”.(Axloq odobga oid hadislardan).
O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar. Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar. Yusuf Xos Xojib.
Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Abdullo Avloniy.
Didaktikaning maqsadi va vazifasi haqida “Avesto”da: odamlarga va ularning avlodlariga baxt-saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar hamda tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash kerakki, u avvalo yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin, deb ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi Qonun 3-moddasida: “Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor deb e’lon qilinadi”. (20 - bet) Barcha turdagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga beriladigan ta’lim ana shu hujjat asosida tashkil etiladi.
O‘qituvchi didaktikani ilmiy o‘zlashtirmasdan, o‘quvchilarni talab darajasida o‘qita olmaydi. Buning uchun didaktika haqida maxsus ilmiy didaktika ma’lumotiga ega bo‘lishi shart.
Didaktikaning tushunchasi, kategoriyasi ya’ni predmeti bilim, ko‘nikma, malaka va ma’lumotlarni tashkil etadi.
Bilimlar-odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyoti jarayonida to‘plangan, umumlashgan tajribasidir. Yoki Bilimlar-bu ijtimoiy-tarixiy ong, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyoti hosilasidir. Bilimlar, insoniyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini faol o‘zlashtirish jarayonida to‘plagan, amalda sinovdan o‘tgan va ob’ektiv dunyoni chuqurroq anglashga hamda o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiat, jamiyat, inson tafakkuri va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlangan majmuasidir.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar bilimlar tizimini egallabgina qolmaydilar, balki bir qancha ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar. Kishida bilim qanchalik boy va muntazam tarzda olingan bo‘lsa, uning kelajakda mustaqil bilim olish imkoniyati ham shuncha katta bo‘ladi. (V.V.Davidov va boshqalar)
Ko‘nikmalar maktab o‘quvchilarining olgan bilimlariga asoslanib (qo‘yilgan vazifalar va shartlarga binoan) bajariladigan harakatlarning yig‘indisidir.
Ko‘nikma bilimlar kabi harakatda, kishi biror harakatga erishish uchun har xil faoliyat turida izchil bajariladigan uslublar tizimi kabi belgilanadi. Ko‘nikmalarni kishi faoliyati turlariga ko‘ra bir necha turlarga ajratib ko‘rsatish mumkin.
1.O‘quv faoliyatiga oid ko‘nikmalar - bular o‘qituvchini tinglash va eshitganini tushunish, uning ko‘rsatmalariga qarab harakat qilish, kuzatish, idroki yo‘naltirilgan narsalarni ko‘ra olish: turli masalarni echa olish; sanay, o‘qiy, yoza olish va h.k.
2.Nutqiy faoliyat ko‘nikmalari - nutqni tinglash, uni tushunish, o‘z fikrini aniq bayon qilish, leksik, fonetik va grammatik normalarga amal qilish.
3.Badiiy faoliyatga oid ko‘nikmalar - musiqiy, rang-tasvir, harakatli.
4.Kishining jamiyatda muomala va o‘zini tutish ko‘nikmalari.
5.Mehnat ko‘nikmalari.
Malaka-ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Yoki Malaka - bu faoliyat jarayonida uning biror bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish qobiliyatidir.
Ko‘nikma va malakalar maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida shakllanadi. Ularni mutahkamlash uchun uzoq vaqt bilim olish bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus mashqlar talab qilinadi.
Ta’lim mazmunidagi asosiy narsa-zarur bilim va ko‘nikmalarni mustaqil egallash, egallangan bilimlar haqida avval hosil qilingan ko‘nikma va malakalar asosida vujudga keladigan amaliy va nazariy masalalarni hal etish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonida, bilimlar, ko‘nikma va malakalar bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘lansada, avvalgidek bilimlar etakchi rol o‘ynayveradi. CHunki o‘quvchilar bilimlar asosidagina ko‘nikma va malakalarning ma’lum doirasini egallaydilar. Bolalarga matematikaning to‘rt amalini mashq qildirishdan oldin ularga sanoqni o‘rgatish lozim. Lekin ko‘nikma va malakalar ham o‘z navbatida bilimlar egallash jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumot - olingan, hosil qilingan bilimlar, tarkib topgan ko‘nikma, malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmuasi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin