Didaktikaning dolzarb muammolari: 1. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirish.
2. Lotin alifbosi asosida o‘zbek tiliga o‘tish.
3. Mukammal o‘quv darsliklari yaratish.
4. Ta’limning texnika vositalari. O‘quv - moddiy baza, kompyuter bilan ta’minlash, ta’limda internet tizimini joriy etish.
5. Malakali ilmiy va pedagogik xodimlar tayyorlash.
6. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqeni oshirish, televideniya va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvini ta’minlash.
Haqiqatdan ham ta’lim, o‘qish va mustaqil bilim olish inson shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bir-biri bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Inson shaxsini shakllantirish uchun unga ta’lim ya’ni ilm, bilim, saboq berish darkor. Ilmsiz bu jarayonni ro‘yobga chiqarish mumkin emas. Inson shakllanishi, rivojlanishi uchun esa o‘qishi, o‘rganishi, mustaqil harakat qilishi shart. Buning uchun o‘qituvchi insonning rivojlanishini ta’minlash uchun unga ta’lim berish, o‘qitish, mustaqil harakatni amalga oshirish zarur. Bu vazifa pedagog tomonidan o‘quvchining rivojlanish davrining ma’lum yillarida amalga oshirilib uning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini hosil qilishi, kerakli ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirishi va nihoyat uning mustaqil bilim olishini tashkil etishi talab etiladi. Bu mas’uliyatli vazifa o‘qituvchi tomonidan mohirona olib boriladi. SHuning uchun ta’lim, o‘qish va mustaqil bilim olish o‘quvchi shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishga, kamol toptirishga qaratilgan ijtimoiy jarayondir. Bu ishlarni tashkil qilmasdan hayotni, jamiyatni rivojlantirish mumkin emas. SHuning uchun ta’lim, o‘qish va mustaqil bilim olish o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning ob’ektiv zaruriy sharti hisoblanadi. Buni har bir o‘qituvchi bilishi va amalda qo‘llashi shartdir.
Mustahkamlash uchun savollar: Didaktika nima haqida bahs qiladi, maqsadi va vazifasi nimalardan iborat hamda biz didaktikani nega o‘rganamiz?
Didaktika qachon va qaerda paydo bo‘lgan hamda qanday rivojlanmoqda?
Didaktika qanday turlarga ajratib o‘rganiladi va ularni izohlang.
Didaktikaninig asosiy kategoriyalari nimalardan tashkil topgan va ta’limning qanday muammolarini hal etishda yordam beradi?
Hozirgi davrda didaktikaning qanday dolzarb muammolari mavjud?
Nima uchun ta’lim, o‘qitish, mustaqil bilim olish maktab o‘quvchilar shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bir - biri bilan bog‘liq jarayon?
O‘zbek didaktikasi g‘oyalarini darsliklarga kiritish bo‘yicha qanday muammolar mavjud va ularni qanday hal etish mumkin?