Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə65/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli. Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o’quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o’quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy jihatdan foydalidir. O’quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini bilishi o’qituvchi uchun har bir o’quvchi faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo’lmaydigan ustunligi hisoblanadi.
Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z xususiyatini ham aks ettiradi).
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo’lishi mumkin. Bu o’quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o’quvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog’liq..
Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko’rsatilgan:

  • aralash darslar;

  • yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo’yicha yoki umumlashtirishlarni anglab yetish va o’zlashtirish maqsadiga ega darslar;

  • bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;

  • o’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;

  • malaka va ko’nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;

  • bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o’rganish darsi;

  • o’z tuzilishi bo’yicha oddiy bo’lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo’lgan dars turlari (o’rta va katta sinflarda qo’llash uchun mos keladi).

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar yoshlarini hisobga olib o’quv ishlari turli xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o’rganilganni mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to’g’ri keladi. Hatto tekshirish darslari ham bu yerda ko’pincha ishlar boshqa turlarini o’z ichiga oladi: materialni og’zaki yetkazish. qiziqarli hikoyani o’qish. Darsning aynan mana shu turi aralash (kombinasiyalashgan), yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Kombinasiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish va o’quvchilar bilan savol-javob, yangi materialni o’rganish, o’zlashtirishini dastlabki tekshirish, mashq misollari davomida yangi bilimlarini mustahkamlash, ilgari o’rganilganlarni suhbat ko’rinishida takrorlash, o’quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa berish.
O’quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (o’rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni o’z ichiga olgan va uni o’rganishga ko’p vaqtini talab qiluvchi, o’quvchilarga tanish bo’lmagan yangi material uning mazmuni bo’lgan ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni, aniq maqsadi va o’quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga qarab ba’zi hollarda yangi materialni o’zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa – o’qituvchi rahbarligi ostida o’quvchilarning mustaqil ishlari olib boriladi, uchinchi holda – unisi ham bunisidan ham foydalaniladi. Yangi material bilan tanishish darsining tuzilishi: yangi materialni o’rganish uchun asos bo’lgan avvalgi materialni takrorlash. o’qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash, uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustahkamlash darslarida o’quv ishining asosiy mazmuni ilgari o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o’zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish hisoblanadi.
O’quvchilar o’z bilimlarini yangi manbalar bo’yicha anglab oladilar va chuqurlashtiradilar yoki ularga ma’lum bo’lgan qoidaga yangi masalalar yechadilar, ilgari olgan bilimlarini og’zaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari o’rganganlarini yanada chuqurroq va mustahkam o’zlashtirish maqsadida ulardan alohida masalalar bo’yicha axborot beradilar. Tuzilishi bo’yicha bunday darslar quyidagi bosqichlardan o’tishni ko’zda tutadi: uy vazifasini tekshirish, og’zaki va yozma mashqlarni bajarish, topshiriqni bajarishni tekshirish, uyga vazifa berish.
Ko’nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog’liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o’rganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o’qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini dastlab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday qoida qo’llanilishini o’quvchilarning o’zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va ko’nikmalarini qo’llash, shu jumladan, hayotiy amaliyotida qo’llashni o’zlashtirib olishlari kerak.
Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari o’tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o’quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to’ldiriladigan va o’rganilayotgan kursning muhim g’oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo’lim va o’quv kurslarining yakunida o’tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning o’zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o’qib berish yoki o’qituvchining o’quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o’tkazilishi mumkin.
Tekshirish (nazorat) darslari o’qituvchiga o’quvchilarning ma’lum sohadagi bilim, malaka va ko’nikmalari shakllanganlik darajasi, o’quv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo’llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o’quvchidan ushbu mavzu bo’yicha uning hamma bilim, ko’nikma va malakalarini qo’llashini talab etadi. Tekshirish og’zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Yuqorida ifodalangan hamma darslarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsadlarni qo’yish va ularni o’quvchilar tomonidan qabul qilish sharoitlari ta’minlash, ish sharoitini yaratish, o’quv faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan ko’rsatmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi. Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, ularga erishishda barcha yoki yakka o’quvchilarning alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari baholanadi va istiqbollari belgilanadi.
Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik hodisadir. U pedagogik jarayonning yaxlitligini ta’minlaydi va ta’limiy-tarbiyaviy-rivojlantirish vazifalarini ijobiy yechimini topishga imkon beradi.
Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bo’lgan talablarda o’zining aniq ifodasini topadi.
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:

  • fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;

  • darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;

  • o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  • o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish;

  • ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;

  • shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivasiyalash va faollashtirish;

  • o’quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emosionalligi;

  • pedagogik vositalardan samarali foydalanish;

  • zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat rasional usullarini shakllantirish;

  • mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;

  • har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va taxmin qilish.

Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo’yilavdigan tarbiyaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o’zib ketish” darajasidagi o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag’batlantirish, o’quvchilarning intellektual, emosional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra bilish, boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg’ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.
Nostandart darslar. XX asr 70-yillari o’rtalarida milliy maktablarda o’quvchilarning mashg’ulotlarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizasion o’quv mashg’ulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning o’nlab turlari mavjudligini ko’rsatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy o’yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi o’yinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va boshqalar ko’zga tashlanadi.
Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida (dastlabki davrda) o’qitish ishi odamlarning mehnat faoliyati bilan uzviy bog’langan edi. Bolalar katta yoshdagilarga taqlid qilib, ularning ish usullaridan namuna olib, qo’llaridan keladigan unumli mehnatda va uy ishlarida qatnashib, shu yo’l bilan kattalar tajribasini o’rganar edilar.
Mehnat faoliyati va bilimlar murakkablasha borishi bilan bolalarning o’tmish ajdodlar tajribasini o’zlashtirish vazifasi o’qitishning maxsus tashkiliy shakllarini taqozo qilardi. Natijada maktab vujudga keldi. Bolalarni guruh qilib o’qitish (to’plab) paydo bo’ladi. Qadimgi Xitoy, Misr, Yunoniston maktablarida, o’rta asr maktablarida bolalar guruhlab o’qitiladi. Bu guruhlab o’qitishning dastlabki shakli edi. Guruhlar o’zgaruvchan edi, bilim darajasi, yoshi va aqli har xil darajada o’sgan bolalar bir guruhda o’qitilar edi.
Qadimgi dunyoda va o’rta asrda o’qitish ko’proq individual shakli keng rivojlangan edi. Bu keyinchalik o’zini oqlamadi.
Maktab ta’lim ishlari har xil shakllarda olib boriladi. Maktabning tarixiy taraqqiyoti bilan ta’limni yo’lga qo’yish shakllari ham o’zgarib boradi. Ya.A.Kamenskiy tarixda birinchi bo’lib maktab ta’lim tizimida sinf - dars tizimini yaratdi. Lekin sinf-dars tizimi O’rta Osiyodagi, jumladan eski o’zbek maktablariga inqilobgacha ta’sir qilmadi. Bu maktablarda o’qishga o’quvchilar qabul qilishning ma’lum vaqti yo’q edi. Shuning uchun 20 - 30 o’quvchining bilim darajalari ham turlicha bo’lar edi.
Maktab barpo qilinishining dastlabki kunlaridan boshlaboq sinf- dars tizimi yangi taraqqiyot darajasiga o’tdi. Maktabning dushmanlari XX asrning boshlarida AQShda paydo bo’lgan Dalton - plan asosidagi ta’limni hech o’zgarishsiz, faqat nomini o’zgartirib, "laboratoriya - birgada metodi” deb atab, uni maktabga tadbiq qila boshladilar.
Milliy dastur "Ta’lim o’z ichiga maktabgacha tarbiya, umumiy, o’rta, o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limini qamrab oluvchi yangi uzluksiz izchil tizimi barpo etiladi va yana ilg’op pedagogik texnologiyalar, ta’limning yangi shakllari va uslublari amaliyotga joriy etiladi", - deb ta’kidlangan.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin