Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Ijtimoiy ongni shaklantiruvchi metodlar



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə88/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Ijtimoiy ongni shaklantiruvchi metodlar
O’quvchilarda qarashlar va e’tiqodlar tizimini shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg’ulari va irodasiga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi o’z ifodasini topadi. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, ularning vositasi bilan yosh avlodga nisbatan qilayotgan talablar bola ongiga yetkaziladi. "Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo’li ishontirishdir, odamning e’tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta’sir qilish mumkin". K.D.Ushinskiy.
Bu guruhga o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e`tiqodni, ma`naviy va siyosiy g’oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari va irodasiga ta`sir ko`rsatish metodlari kiradi.
Bu guruh metodlarining mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o`quvchilar ongiga qanday talablar qo`yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko`maklashish maqsadida ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar ishlatiladi.
O`quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya`ni davlatni ichki va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilishni tarbiyalash lozim.
Tushuntirish bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko`p ishlatiladigan metoddir. Tushuntirishning mohiyati o`quvchiga qo`yilgan talabni, voqealarni, harakatlarning ijtimoiy, axloqiy, estetik mazmunini yoritadi va o`quvchilarga duyoviy bilimlarni egallashda, ongli intizomni, yuksak madaniyatni milliy g’ururli qilib tarbiyalashda yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda o`quvchilarga mamlakatimiz fuqarosining o`z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog’langanligi, u yashash va axloq me`yorlariga ongli rioya qilishi, mehnat va jamoada faollikni, ma`naviy yetuklik haqida axborot beriladi. Bunda davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli o`quvchilarga bayroq, madhiya, Konstitutsiya haqida tegishli ma`lumotlar beriladi.
O`quvchilarga xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya`ni o`zining Vatan oldidagi huquq va burchlarini bilish, ularga qat`iy amal qilish, qonunchilik, umumbashariy axloq me`yorlari buzilishiga murosasiz munosabatda bo`lish tushuniladi.
Suhbat va hikoya. O`quvchi shaxsini g’oyaviy va axloqiy shakllantirishda o`qituvchining jonli so`zi eng ta`sirli metod hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf uchun dolzarbligi, bolalarda axloqiy ishonch uyg’otishning suhbat mazmuniga bo`lgan munosabatlarini va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish lozim.
Suhbat jonli, ommaviy, ishonarli bo`lishi katta ahamiyatga ega. Suhbat metodi sifatida o`quvchilarning hayoti, fan va texnika, etika-estetika va boshqa sohalardagi tasavvur va tushunchalari doirasini kengaytirishga yordam beradi. Suhbat samarasini o`quvchilarning ijobiy yoki salbiy javoblariga qarab bilish mumkin.
Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin: etik mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o`zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat go`zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go`zalligi), siyosiy mavzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari), ta`lim va bilishga oid mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi).
Suhbat davomida o`quvchilarning dilidagini aytish jasoratini uyg’otish, ularning fikrlarini tinglash, suhbatda faol qatnashishga erishish, ya`ni o`quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi savollar berish, mavzu bo`yicha o`z bilimlarini tahlil qilishga, tortishishga va haqiqatni anglashga erishishlari juda muhimdir.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin