Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


V. Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə9/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

V. Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba:
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli; ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, birligi, differensiatsiyasi, yagona pedagogik jarayon; ta’lim nazariyasi(didaktika)ning asosiy komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari; ta’lim prinsiplari; ta’lim metodlari, texnologiyalari; ta’lim turlari va bosqichlari; ta’limni tashxis qilish; tarbiya nazariyasining mohiyati; tarbiyaning mazmuni, prinsiplari; tarbiyada muhit (sotsium), ruhiyat (psixologiya); tarbiya metodlari va texnologiyalari; maxsus pedagogikaning o‘ziga xos xususiyatlari; tarbiya turlari; jamoada, oiladagi tarbiya hamda o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari; O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi; ta’limni boshqarish shakllari; shaxsga ta’lim va tarbiya berish g‘oyasining paydo bo‘lishi; ta’lim va tarbiya to‘g‘risida Sharq va G‘arb mutafakkirlarining qarashlari; jahon pedagogik jarayoni; O‘zbekiston Respublikasida pedagogika fanining rivojlanishini; pedagogik fikr tarixida mahorat masalalari haqida tasavvur va bilimga ega boʻlishi;
Ta’lim va tarbiya jarayonida milliy g‘oya va ma’naviyatimizning boy meroslaridan foydalanish; o‘z pedagogik faoliyatini rejalashtirish; ta’lim muassasalarida o‘qitish va tarbiyalashning zamonaviy metod va texnologiyalarini qo‘llash; o‘quvchini rag‘batlantirish, uning faoliyatini nazorat qilish, iste’dodi, iqtidorini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, ayni zamonda jazolashning zamonaviy shakllaridan foydalanish; o‘quvchilar bilimini baholash; ota-onalar, jamoa, o‘quvchilar bilan yakka va guruh bo‘lib ishlash; o‘quvchilar guruhlarini boshqarish; tanlangan metod va texnologiyalarni joriy qilishda muhitni, vaziyatni baholay olish; ta’lim va tarbiya jarayonida talab kilingan irodani namoyish qilish, sabr-toqat, qat’iyat, kayfiyatni o‘zgartira olish, javobgarlikni his qilish; o‘z mehnatini rasmiy va ijodiy tashkil eta olish: vaqtdan unumli foydalanish; o‘z mahoratini tinmay oshirib borish; ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatiga singdirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligini tadbiq etish; ta’lim va tarbiya jarayonida milliy g‘oya va ma’naviyatimizning boy meroslarini singdira olish; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi tushunish; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligini tushuntira bilish; ta’lim dasturlariga metodik jixatdan yondasha olish; o‘quvchilar ongiga ta’lim olish majburiyligi, kasb-hunar tanlash ixtiyoriyligini singdira bilish; yoshlarni bilimli bo‘lishiga va ulardagi iste’dodni rag‘batlantira olish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirib olib borish malakasiga ega boʻlishi kerak

4.


Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin