Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka
2 Aqliy tarbiya shaxsni har tomonlama tarahhiy ettirishda alohida va muhim o`rin egallaydi. Ahliy tarbiyaga o`z vahtida Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, al-Xorozmiy va Ulug`bek kabi allomalarimiz juda kata e'tibor bilan qarashgan. «Aqlli deb shunday kishiga aytiladi, -deb yozadi Forobiy,- unda o`tkir zehn-idrok bo`lish bilan birga, fazilati ham bo`lsin. Bunday kishi o`zining butun hobiliyati va idrokiga yaxshi ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o`zini saqlashga va tortishga qaratgan bo`lmog`i lozim. Shunday odamnigina aqlli va to`g`ri fikr yurituvchi deb atash mumkin»5 Sharq mutafakkirlari o`z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida o`rin bergan. Xususan, Abu Nasr Forbiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikrcha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug`ilganda mavjud bo`lgan bo`lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta’sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.
Abu Nasr Forobiyning e’tirofcha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o`zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo`lgan ma’lumotlarni o`zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.
Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko`radi, o`z bilimlarining chinligini aniqlaydi»2. Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni o`zlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: «Ilmlar ko`pdir. Ular zamoni iqbolli bo`lib, turli fikr va xotiralar ularga qo`shilib borsa, ko`payadi. Odamlarning ilmlarga rag`bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o`sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko`payishiga sabab bo`ladi»1.
Abu Ali ibn Sino o`z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga bilimning chuqur o`zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o`rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo`ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo`ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin bo`lsayu, isbotlar chinakamiga bo`lsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi»2.
Yusuf Xos Hojibning «qutadg`u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari ta’bir joiz bo`lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta’minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi to`g`risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikrcha, bilimli bo`lish ezgu ishlar tantanasini ta’minlovchi garov bo`lib, uning yordamida hatto osmon sari yo`l ochiladi:
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,
Bilim tufayli, go`yo ko`kka yo`l topiladi.
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to`qqiz-o`n asr vaqt o`tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq bo`ldi.
Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-ma’rifatni rivojlantirishga yo`naltirish etakchi o`rin tutadi. Binobarin, ilm-ma’rifat zulm va bid’atdan forig` bo`lish yo`lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan «Xilvat dar anjuman», «Safar dar vatan» g`oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda amaliyot yordamida o`zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahs-munozaralarda, doimiy izlanishlarda hosil bo`lgan ilm puxta va mustahkam bo`ladi.
Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o`zlashtirish zarurligini uqtiradi. SHuningdek, ilm o`rganish mashaqqatli yumush bo`lib, uni o`rganishda ayrim qiyinchiliklarni engib o`tishga to`g`ri kelishi, bu yo`lda chidamli, qanoatli, bardoshli bo`lish orqaligina mukammal bilimga ega bo`lish mumkinligini ta’kidlaydi.
Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to`xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g`oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o`z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko`rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilch kabi o`tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur»1. Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg`u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong`usidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g`ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog`liqdur»2.
O`quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va vositalari bo`lib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-g`oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-munozaralar, ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida o`quvchilarni fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek, ishchanlik o`yinlari yanada samarali sanaladi.
Fazilatdan ajralgan holdagi aqliy rivojlanish kishini aqlli, komil inson qilolmaydi. Maktabda aqliy tarbiya o`quvchilarni bilim bilan qurollantirishni, ularda ilmiy dunyoqarashning asosini shakllantirishni, tafakkurini va ijodiy qobiliyatlarini o`stirishni, aqliy mehnat madaniyatini hosil etishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi o`quvchilarning aqliy va bilim qobiliyatlari ustidan rahbarlik qilishdan iboratdir.
Aqliy tarbiya jarayonida quyidgi vazifalar hal etiladi:
Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish.
Ularda ilmiy bilimlarni o`zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish.
Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko`nikma va malakalarini tarkib toptirish.
Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg`usini shakllantirish.
Bilimlarni o`zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o`z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish.
Aqliy tarbiya avvalo ta'lim jarayonida amalga oshiriladi. Ta'lim jarayonining mazmunini esa bilim, ko`nikma va malakalar tashkil qiladi. ta'limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko`nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iboratdir. Bilimlar- insonlarnin itimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to`plagan umumlashgan tajribasidir. Ilmiy bilimlar ob'ektiv olamni ancha to`g`ri aks ettiradi. Ilmiy bilimlar doimiy emas, ular hamisha o`zgarib va takomillashib boradi. Bilimlar asosida o`quvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e'tiqod hosil bo`ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g`oyalar tizimi tarkib topadi.
Aqliy tarbiya mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:
jamiyat va har bir kishining hayoti uchun ta'limning ijtimoiy ahamiyatini, o`z vaqtida ma'lumot olish, chuqur va puxta bilim egallash zarurligini o`quvchilarga tushuntirish;
o`zining asosiy ijtimoiy vazifasi sifatida o`qishga ongli va mas'uliyatni sezib munosabatda bo`lishni, maktab va o`quvchi talablarini bajarishda ongli intizomni tarbiyalash;
a'lochi o`quvchilar kuchi bilan o`qishda orqada qoluvchi bolalarga yordamni kuchaytirish;
o`z bilimlarini to`xtovsiz takomillashtirib borishga intilish uyg`otish, mustaqil ravishda bilim olish yo`li bilan dunyoqarashni o`stirish;
hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishishga bo`lgan intilishni rivojlantirish;
olgan bilimlarni ijtimoiy-foydali ishlarda qo`llay bilish malakasini hosil qilish, o`quvchilar jamoasining chuqur va mustahkam bilim olish uchun kurashdagi faol harakatini rivojlantirish;
o`quv mehnatini tashkil etishning qulay usullarini tushuntirish, o`quvchilarning bilish qobiliyatlarini, turli-tuman narsalar yasash, loyihalash, tajribalar qilib ko`rish ishtiyoqini rivojlantirish;
o`quvchilarga o`quv intizomini buzuvchilarga, dangasa va ishyohmaslarga nisbatan murosasizlik hissini tarbiyalash.
O`quvchining bilimi- tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirgan fan o`onunlari, tushunchalar, ashyoviy dalillarni o`zlashtirishga yo`naltirilgan pedagogik faoliyatning natijasidir. Ta'lim jarayonida biror fan sohasida insoniyat tomonidan erishilgan hamma narsalarni o`rganib bo`lmaydi. O`quv jarayonida eng asosiy, eng muhim narsalar- fanlarning asoslari o`rganiladi.
Ta'lim jarayonida o`quvchilar bilimlar tiziminigina egallab qolmaydilar, balki bir qancha ko`nikma va malakalar ham hosil qiladilar.
Ko`nikmalar maktab o`quvchilarining olgan bilimlariga asoslanib qo`yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajaradigan harakatlarining yig`indisidir. Ko`nikma hosil qilish mehnat qilish yo`llari va usullarini bilib olish, o`z bilimlarini amalda qo`llay bilish demakdir. Ko`nikmalar muayyan vaziyatdagina emas, balki dastlabki shart-sharoitlar o`zgargan vaqtda ham ma'lum hatti-harakatlar qilish (ilgari hosil bo`lgan tajriba asosida) qobiliyati bilan xarakterlanadi.
Sinf xonalar tafakkur qilish jarayoni sodir bo`ladigan makon bo`lishi kerak. Bu jarayon tez-tez bo`lishi yoki bo`lmasligi mumkin. Agar ta`lim tizimida ayniqsa, o`rta ta`limda bitta asosiy kamchilik bo`lsa, bu ham sinf xonalarining ta`lim beriladigan makon ekanligidadir.
Ko`pchilik matematika o`qituvchilari masalan, talabalariga algoritmlarni ko`rsatadi keyin esa, 30 ta masalalarni tafakkurlariga joylashtirish uchun ajratadi. (Talabalarga Y o`qlarini aniqlash o`rgatiladi, lekin ular bu tushunchani amaliy tadbiq qilish jarayonini bilishmaydi.
Ba`zi ingliz tili o`qituvchilari talabalarning bilim darajalarini tekshirish uchun savol-javob testlaridan foydalanishadi, yoki o`tgan mavzudagi dars muhokamalarini eslash uchun talabalarni baxolash maqsadida savollar beriladi (past drajadagi tafakkur qilish mashqlarida).
Tarix o`qituvchilari buyuk inqiroz sabablari xaqida leksiya o`qiydi, ammo talabalarning XX asr va 2008-yildagi buyuk turg`unlik davriga olib borgan voqealar to`g`risida bog`liqliklarni aniqlash haqida so`rasa muoffaqiyatsizlikka uchraydi.
An`anaviy sinf xonada talabalarning takakkur olami oziq-ovqat joylashtiriladigan idishga, har bir darsning maqsadi ko`proq mavzuni yetirib berishi idishlarning to`ldirilishiga (dars talablaridan) va talabalarning xaqiqiy hayotga tayyor ekanligiga (bitirish) o`xshatiladi.
Ta`lim tizimining bunday natijaviy shakli bilan bog`liq bo`lgan muammo uning o`smirlar xayotidagi vazifasiga qarama-qarshiligidadir. Odamlar yangi mashina sotib olish, yangi bir kasb o`rganishdek o`zlarinish shaxsiy bilim bazasini yaratish uchun ma`lumotlarni analiz qiladi. Ular qanday yashash uchun qo`llanma sotib olishmaydi, balki ular shaxsiy tajribalari orqali o`rganadi. Ular deyarli hayotining barcha qirralarida muammolarini analiz qiladi, yechimini topishga harakat qiladi va bu orqali hayotni o`rganadi.
Ko`pchilik talabalar o`zlarining olamlarida o`zlarini muammolarini hal qilivchi inson deb bilishadi. Hech qaysi bola telefon, kompyuter yoki iPad kabi texnologiyalardan foydalanish uchun ta`lim olishmaydi. Ular bu narsalarni tushunmaganlarida o`zlari anglab yetishlari yoki muammoni yechimini topishda do`sti bilan muhokama qilishadi.
Maktab davomida sinf xonaga ya`ni o`ylash va muammoni yechimini topish jarayoni emas, balki matn kitobini o`qish yoki leksiya va seminarlarda o`tirib ketadigan joyga kirib kelishadi. Maktab bu talabalarni zeriktirsa ajab emas.
Mulohazakor o`qituvchi
Agar kimdir mening darslarimni kuzatmoqchi bo`lsa, qaysi darajadagi talabalarni kundalik tartibga asoslangan holda o`ylash va faol o`rganish jarayoniga undashim mumkin?6