Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Pedagogika tarixi ham mustaqil fan sifatida o’ziga xos ilmiy-tadqiqot metodlari va manbalariga egadir



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə118/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Pedagogika tarixi ham mustaqil fan sifatida o’ziga xos ilmiy-tadqiqot metodlari va manbalariga egadir. Odatda, pedagogik-tarixiy sohadagi izlanishlarda quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlari qo’llaniladi: arxeologik va tarixiy yodgorliklarni, xalq og’zaki ijodi materiallarini, buyuk mutafakkirlar va ma’rifatparvarlarning ta’limiy-badiiy va pedagogik-tarixiy asarlarini, turli davrlarda yaratilgan qo’lyozmalar va nashr etilgan asarlarni, vaqtli matbuot materiallarini, o’quv rejalari, dasturlari, darslik, o’quv qo’llanmalarini, ta’lim muassasalarini nizomlari va ta’lim muassasalari faoliyatiga doir hujjatlarni, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning xotirasi va esdaliklarini, davlat va xalqaro tashkilotlarning maorif, madaniyat, ta’lim-tarbiyaga doir statistik ma’lumotlarini, turli mintaqadagi pedagogik jarayonlarni aks ettirgan pedagogik asarlarni o’rganish va h.k. Shuningdek, umumlashtirish uchun sotsiologik, matematik tadqiqot usullaridan ham, pedagogika nazariyasida qo’llaniladigan ilmiy-tadqiqot metodlaridan ham foydalanish mumkin.
Pedagogika tarixi fanining manbalariga quyidagilar kiradi: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Xalq og’zaki ijodi”, “Avesto”, “Urxun-Enasoy bitiklari”, Qur’oni Karim, Hadislar, Al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Koshifiy, Ulug’bek, Amir Temur va boshqa mutafakkirlarning, shuningdek, ma’rifatparvar shoirlar va jadidlarning pedagogik asarlari, turli davrlarda yaratilgan o’quv rejalari, dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, arxiv materiallari va ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatiga doir boshqa hujjatlari.
Pedagogika tarixi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi barcha pedagogik yo’nalishdagi bilimlarni o’z ichiga oladi. Pedagogika tarixi faqat pedagogika nazariyasi va amaliyoti bilangina emas, balki jamiyat tarixi, falsafa, psixologiya va boshqa barcha fanlarni o’qitish metodikalari tarixi bilan ham bog’liqdir. Buni anglash, e’tiborga olish pedagogik hodisalarni u yoki bu jamiyat tarixi bilan uzviy bog’liq holda qarashga imkon beradi va pedagogik-tarixiy hodisalarni soxtalashtirishni bartaraf etadi.
O’zligini anglamagan, o’tmishini, umumbashariy va milliy qadriyatlarni, milliy g’urur, milliy ma’naviyatni bilmagan o’quvchi-talaba yoshlarimiz jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy hodisalarning mohiyatini to’liq anglay olmaydi, kelajakni ham ko’z oldiga keltira olmaydi. Bu ob’ektiv qonuniyat ayniqsa yosh avlod tarbiyachilari – bo’lajak pedagoglarga hammadan ko’proq taalluqlidir. Bo’lajak pedagoglar ijtimoiy-gumanitar va ixtisoslik fanlari qatorida pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasini, ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti bilan bir qatorda pedagogik fikrlar tarixini ham bilishlari talab etiladi.
Ma’lumki, pedagogik-tarixiy hodisalarni o’rganish masalasida fanda turli xil yondashuvlar vujudga kelgan. Ayrim olimlar tarbiyani biologik hodisalar qatoriga kiritadi va tarbiya tarixini inson zotining evolyutsion rivojlanishi nuqtai nazaridan talqin etadi. Ba’zilar pedagogika tarixi ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini falsafiy-axloqiy jihatdan bayon etadi. Ba’zi olimlar ta’lim-tarbiya nazariyasini inson madaniyatining tarkibiy qismi sifatida tahlil etsalar, ko’pchilik olimlar pedagogik nazariyalar va amaliyotni ilohiy ta’limotlar asosida tahlil qilganlar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Evropada yashagan olimlar tarbiyaga jamiyatni, shaxsni o’zgartirish quroli sifatida qaraganlar.
Moddiy olamni (dunyoni) anglash, ilmiy bilishda tarixiylik tamoyiliga amal qilinadi va ijtimoiy hodisalar atroflicha, yaxlit hamda rivojlanish jarayonida o’rganiladi. Bunday yondashuv pedagogik hodisalarning mohiyati va aloqalarini u yoki bu tarixiy davr xususiyatlari bilan bog’liq holda o’rganishga, ta’lim-tarbiya tizimi va ta’lim-tarbiya an’analari bilan, o’tmishda (o’sha davrda) yashagan allomalar va pedagoglarning pedagogik qarashlarini falsafiy ta’limiy-axloqiy g’oyalari bilan bog’liq holda o’rganishga imkon beradi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin