Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə171/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Ijtimoiy pedagogika Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya, Filosofiya-Mantiq-Iqtisod, Tarix-Etnografiya-huquq.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy fan sifatida barcha ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xulq-atvorining turli tomolarini o`rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, antropoligiya, tarix, iqtisod, siyosatshunoslik fanlari bilan hamkorlikda boyib va rivojlanib boradi. Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini amaliyotga tadbiq etadi va shu orqali yangicha mazmundagi demokratik munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni shakllantirish jarayoniga ko`maklashadi.
Sotsiologiya insonning ijtimoiy turmushini, guruh va jamiyatni o`rganadi. Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori uning predmetidir. Antropologiya- odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzot irqlarining paydo bo`lishi, odamning tana tuzilishidagi farq-tafovut, o`zgaruvchanlik haqidagi fan. Antropoligiyaning muhim sohasi- odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga ta'sir qiladigan fiziologik. Biokimyoviy va genetik omillarini o`rganadigan bo`limi- «Odam biologiyasi» degan umumiy nom bilan XX asr o`rtalaridan boshlab rivojlandi.
Siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlarida ro`y beradigan voqea-hodisalar, o`zgarishlarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi. Uning siyosiy fan sifatidagi roli va ahamiyati uning siyosiy mohiyatga ega bo`lgan voqea-hodisalarni alohida olingan bir mamalkat doirasida emas, balki jahonning turli mamlakatlarida siyosiy muammolarni hal qilishida erishilgan natijalar bilan belgilanadi. Iqtisod fanlari esa ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari, jamiyatning iqtisodiy turmushini o`rganishga yordam beradi.
Savollar
1. Rеspublikamizda amalga oshirilgan islohotlarning ijtimoiy hayotga ta'siri qanday bo`ldi?
2. Hozirgi vaqtda ijtimoiy pеdagogika faniga zaruriyat tug`ilganligini nimalarda ko`rish mumkin?
3. Rahmdillik va xayr-sahovatnin o`rni tariximizda va bugungi kunda qanday?
4. Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti nimalardan iborat?



Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin