Qiyosiy pedagogikaning obyekti, vazifalari vabajaradigan ishi. Qiyosiy pedagogika pedagogika fanining bir sohasi bo`lsa ham, (ijtimoiy pedagogika didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogika tarixi fanlari kabi) o`zining muayyan tadqiqot obyekti va predmetiga egadir. Bular, fan va o`quv predmetining bosh masalasini aniqlab beradi. Qiyosiy pedagogika obyekti–milliy, regional va global masshtabdagi ta‘lim.
Qiyosiy pedagogika predmeti–xorij va O`zbekiston pedagogik tajribasi va zamonaviy milliy pedagogik madaniyatning holati, tendensiyalari va rivojlanish qonuniyatlarini qiyosiy tahlil qilish.
Qiyosiy pedagogikaning asosiy vazifalari: -turli mamlakatlarda ta‘lim rivojlanish jarayonlarini aks ettiradigan fakt va dalillarnitasvirlash va tahlil etish;
-turli mamlakatlardagi ta‘limning rivojlanishi to`g‘risidagi miqdor va sifat o`zgarishlarini qiyosiy tahlil qilish, tasniflash va tizimlashtirish;
-turli mamlakatlardagi ta‘lim rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini ochib berish;
-turli mamlakatlarda ta‘limni rivojlantirishning yo`llari va imkoniyatlarini prognoz qilish;
-xorij mamlakatlarida ta‘lim yutuqlari va kamchiliklarini o`zaro taqqoslash va
qiyoslash;
-xorij mamlakatlari ta‘lim tizimini umumiy tahlil qilish
Qiyosiy pedagogika fanining bajaradigan ishi. -xorij tajribasini mutaxassislar tomonidan o‘rganilishi qulay bo‘lishi uchun turli mamlakatlar pedagogik hujjatlaridagi atama va tushunchalarni muvofiqlashtirish va tartibga solish;
-xorij va o’zbek pedagoglari ta‘lim arboblarining nazariy g‘oyalari, ta‘lim siyosati, ta‘lim modellarini o’zaro taqqoslash;
-ta‘limning rivojlanish istiqbollarini prognoz qilish;
-ta‘limni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.
Qiyosiy pedagogika keng ko‘lamdagi muammolarni o‘rganadi:
Turli mamlakatlardagi ta‘lim nazariyasi mazmuni va tashkilotlarinigina emas, shuningdek, ta‘lim metodlari, shakllari, vositalari, ta‘lim muassasalari, boshqaruv, ta‘lim qadriyatlari va hokazolar. Turli mamlakatlardagi ta‘lim va tarbiya tizimi taraqqiyoti va amal qilish qonuniyatlarini taqqoslash, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini ajratib ko‘rsatish orqali tadqiq qiladi. Ta‘lim tizimi va uning rivojlanish dinamikasini muayyan davlatning madaniy tarixiy va ijtimoiy-siyosiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, solishtiradi va qiyoslaydi.