Oliy ta`lim muassasalari Oliy ta`lim muassasalari yuridik maqomga ega. Respublikamizda oliy ta`lim muassasalarining quyidagi ko’rinishlari bor:
universitet — oliy ta`lim dasturini bajarishda talabalarga egallayotgan sohasi bo’yicha yoki keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun keng qamrovli bilim berishga e`tibor qaratiladi;
akademiya — oliy ta`lim dasturini bajarishda oliy ta`lim berish bilan bir qatorda keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir yo’nalishga tayyorlaydi;
institut — barcha oliy ta`lim muassasalari kabi oliy ta`lim dasturini bajaradi, bilim berishda bir yo’nalishga qaratilgan bilim beriladi.
Oliy ta`lim olish uchun nodavlat muassasalarini tuzishga qonunchilik ruxsat beradi. Ushbu muassasaga davlat akkretaditatsiyani attestatsiyadan tegishli tartibda o’tgachgina bersa u o’qitish huquqiga ega.
Oliy ta`lim muassasalarining Attestatsiya u davlatga tegishli yoki xususiyligidan qat`iy nazar, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish Boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan, Davlat test markazi tomonidan qabul qilingan pedagogik kadrlar va ta`lim muassasalarining attestatsiyadan o’tkazish Nizomi asosida oliy ta`lim muassasalarining professor-o’qituvchilar jamoasi attestatsiyasidan o’tkaziladi. Attestatsiya natijalariga ko’ra istalgan oliy o’quv muassasasi davlat akkreditasisidan mahrum etilishi mumkin.
Eksternat— oliy ta`lim dasturiga muvofiq oliy ta`lim muassasasining o’qitiluvchi tartibini keyingi(joriy va kuniy) attestatsiyagacha tanlangan yo’nalish (mutaxassislik) bo’yicha mustaqil o’rganish.
Masofaviy ta`lim— asosiy faoliyatdan uzilmagan holda ta`lim muassasasidan uzoqda o’quv dasturidagi mavjud bilimlarni o’zlashtirish. U zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyaning texnik vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Kunduzgi o’qitish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashning yo’nalishlari ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.