Oliy ta`limning maqsad va vazifalari Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan mustaqil fikrlay oladigan, yuksak ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.
Oliy ta`limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
davlat ta`lim standartiga muvofiq zamonaviy dasturlar asosida o’qitishning sifatini ta`minlash;
oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
ilm-fan, madaniyat, iqtisodning zamonaviy tuqlari, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy istiqbolini yutuqlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
oliy ta`limning insonparvarligini ta`minlash maqsadida yoshlar tarbiyasiga milliy istiqlol g’oyasi asosida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, Vatanga, oilaga, atrof-muhitga muhabbatni singdirish;
o’qitishning interfaol usullarini, pedagogik innovasion hamda axborot kompyuter texnologiyalarini, mustaqil ta`lim olish, masofaviy ta`lim tizimini amaliyotga joriy qilish;
oliy ta`limda fan va ishlab chiqarish mexanizmlarining uyg’unligi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotda qo’llash;
ilmiy-pedagogik kadrlar va talim oluvchilarning ilmiy-ijodiy faoliyati, ilmiy tadqiqotlari yordamida fan, texnika, texnologiyalarni rivojlantirish, ta`lim jarayoni orqali mamlakat iqtisodining rivojlanishiga hissa qo’shish;
davlat va nodavlat oliy o’quv muassasalarini rivojlantirish asosida ta`lim xizmatlari bozorida raqobatni yuzaga keltirish;
oliy o’quv muassasalarini boshqarish va kengaytirishni takomillashtirish uchun jamoat boshqaruvining vasiylik va kuzaetuvchi kengashlarni kiritish;
ta`lim va kadrlar tayyorlash sifatini tekshirish uchun marketing tadqiqotlarini olib borish yo’nalishi bo’yicha belgilangan mehnat bilan ta`minlash monitoringini tuzish;
oliy ta`lim sohasida ikki tomonlama foydali xalqaro aloqalarni rivojlantirish.