Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Baholar o‘quvchining o‘ziga bildiriladi



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə85/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Baholar o‘quvchining o‘ziga bildiriladi
Fin ta’limida 10 ballik baholash tizimi amal qiladi. O‘quvchilarga 3-sinfgacha baho qo‘yilmaydi. 3-sinfdan 7-sinfgacha baholar og‘zaki tartibda qo‘yiladi, ular “o‘rta”dan “a’lo”gacha bo‘lishi mumkin. U yoki bu fandan o‘quvchi olgan baho faqatgina uning o‘ziga xabar qilinadi. O‘zlashtirishi yomon bo‘lib, past baho olgan o‘quvchilarni koyish fin ta’lim tizimida tatbiq etilmaydi. Baholar fin maktablarida rag‘batlantirish, o‘quvchi bilimini oshirish va o‘quvchining shaxsiy o‘quv rejasini to‘g‘rilash uchun joriy etilgan.
Topganingni kiyib kel
Fin maktablarida aniq bir maktab formasi mavjud emas. Maktabga istalgan kiyimda borish mumkin va buning uchun maktab ma’muriyati o‘quvchiga hech ham tanbeh bermaydi. Fin pedagoglari ta’biri bilan aytganda, “maktab ilm beradigan va o‘quvchi ilm olishga keladigan maskan”. Ko‘p holatlarda o‘quvchilar sinfxonalarda poyabzalini echib, paypoqda yuradi.
Erkinlik maskani
Maktab deyilganda ko‘pchilikni ko‘z o‘ngida partalar mavjud bo‘lgan xonalar tushuniladi. Finlyandiya maktablarida esa o‘quvchi bilim olishi uchun albatta partada o‘tirishi talab qilinmaydi. Darsni kuzatgani kirsangiz, ayrim o‘quvchilarning divanda yotgani yoki gilamda o‘tirganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Quyoshli kunlarda darslar ochiq havoda yoki maxsus amfiteatrlarda ham olib borilishi mumkin.
Uyga vazifalar
Fin o‘qituvchilarining nazdida o‘quvchilar ko‘proq vaqtini maktabda emas, ota-onalari bilan o‘tkazishi kerak. Uyga vazifalarni bajarish ko‘p vaqt talab etmaydi va qiziqarli bo‘ladi. Misol uchun, tarix darsida o‘quvchiga bobosi yoki buvasidan 50-yillardagi hayot qanday bo‘lganligi haqida intervyu olib kelish hamda 50-yillar va hozirgi davr o‘rtasidagi farqlar haqida gapirib berish vazifasi topshirilishi mumkin.
Imtihon olinmaydigan ta’lim tizimi
Fin ta’lim tizimidagi yangi o‘qitish usullaridan biri – muayyan fanni emas, balki hodisalarni o‘rganishning (phenomenon based learning) tatbiq etilishidir. O‘quvchilar uchun an’anaviy darslar o‘rniga 6 haftalik “bo‘limlar” tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchilar bir mavzuni turli tarafdan o‘rganishadi. Misol uchun, muhojirlar mavzui geografiya nuqtai nazaridan ular qaerdan kelganligi, tarix nuqtai nazaridan muhojirlar kelishidan oldin nima sodir bo‘lgani, madaniyat fani nuqtai nazaridan muhojirlarning madaniyati o‘rganiladi. Bolalarning o‘zlari savollar beradi va o‘zlari shu savollarga javob topadi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin