Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi prinsipi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə141/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi prinsipi
Tarbiyaning asosiy maqsadi, har tomonlama ma`naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko`ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va metodlari shu maqsadga erishishni ko`zda tutadi.
Umumiy ta`lim maktabining asosiy vazifasi-shaxsning aqliy, axloqiy, his-tuyg’uli va jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish uchun imkoni boricha qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Shuningdek, o`quvchilarda milliy g’urur va milliy axloq odobni shakllantirishni ko`zda tutadi.
Tarbiyaviy ish ma`lum maqsadni ko`zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Ko`pincha bir necha maqsad va vazifa birdaniga bajariladi, bu esa ko`pincha o`quvchilar jamoasini aqliy va axloqiy o`sishini ta`minlaydi.
Maqsadga intilish va maqsad bir xil narsa emas. Yaxshi bir maqsad izhor qilingan bo`lsada, ammo bu maqsadni amalga oshirish uchun hech qanday ish qilinmagan bo`lishi mumkin. Shuning uchun aniq ravshan maqsadni amalga oshirishga harakat qilish lozim.
Shaxsning shakllanish manfaatlari har bir pedagogik tadbirni tarbiyani umumiy maqsadlari bilan ko`nikishni, uni rejali tarzda va qat`iy sur’atda amalga oshirishga harakat qilishni talab etadi. Yoshlarda jamiyatimiz g’oyalarining kuchiga ishontirish, yangi jamiyatni barpo etishda o`z hissalarini qo`shishga, ijtimoiy-foydali mehnatda bevosita ishtirok etishga intilishni rag’batlantirish juda muhimdir.
Tarbiyaning ma`lum maqsadga qaratilganlik qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko`ra bilishga yordam beradi.
Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o`ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga buysindirilgan bo`lsa, uning g’oyaviy-siyosiy darajasini ko`taradi, tanlangan metod va vositalar maqsadga muvofiq keladi, ularning tarbiyaviy ta`siri yuqori bo`ladi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya prinsipi
Umumiy ta`lim maktabi yangi pedagogik tafakkur egasi, munosib shaxs o`z ishining ustasi bo`lgan o`qituvchiga muhtoj.
O`qituvchining bilim saviyasi, ma`naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqiyotga eltuvchi etakchi omillardan biridir. O`qituvchi yurish-turishi, xatti-harakati, kiyinishi, muomalasi bilan o`quvchi qalbiga kirishi, uni ezgulik sari yo`naltirishi kerak.
Tarbiyani insonparvarlashtirish-bu maktabning, o`qituvchi-tarbiyachilarning bola tomon yuz burishlari, uning shaxsini hurmat qilish uchun mumkin qadar yetarli sharoitlar yaratib berish, turli yosh bosqichlari ruhiy-fiziologik mustaqillikni hisobga olish demakdir.
Maktabda ruhiy xizmatdan foydalanish bolalar kayfiyatini, qiziqishini, intilishini va qobiliyatlarini aniqlash, ta`lim-tarbiya jarayoniga ijodiy yondoshishga imkon beradi.
Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob «Qur`oni karim», «Hadis»i sharifdan foydalanish juda muhim. Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»i, Sa`diy Sheroziyning «Guliston va Bo`ston», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Shunday ekan maktabda o`quvchilarga gumanitar-ijtimoiy fanlardan ta`lim berishda tarbiyaga ko`proq e`tibor berish lozim. Ayniqsa, hozirgi sharoitda O`zbekiston tarixi, adabiyoti, madaniyati va boshqalarni o`qitish jarayonida bevosita tarbiyaga oid bo`lgan milliy ma`naviyatga, milliy ruh, urf-odat va shuningdek umumbashariy qadriyatlarga alohida urg’u berish zarur.
O`qituvchi o`quvchi qalbiga yo`l topish uchun bilimi va ishi bilangina emas, ayni paytda odob-axloq, madaniyati, rostgo`ylik va shirinsuxanligi bilan namuna bo`lishi lozim. Shundagina o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida haqiqiy do`stona munosabat qaror topadi. Yaxshi o`qituvchi o`quvchilarning so`zini diqqat bilan tinglaydi, ularga dalda beradi, tinchlantiradi, to`g’ri baho qo`yadi, hammani teng ko`radi, bolalarni sevadi.
Tarbiyani demokratiyalash - bu ma`muriy ehtiyoj va qiziqishlardan shaxsning ehtiyoj va qiziqishlarini yuqori qo`yish, demakdir. Bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o`rtasida o`zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o`zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir.
Shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o`quvchilar o`rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e`tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo`lish lozim. Maktab osoyishtalik, insonga mehr-muhabbat beshigi bo`lishi lozim.
O`qituvchi o`quvchiga, avvalgidek, tarbiya ob`ekti emas, xuddi o`zi kabi sub`ekt deb qarashi kerak. Ya`ni o`quvchiga faqat mening buyrug’imni bajaruvchi emas, balki mening o`zim bilan teng huquqli, birga ishlovchi, hamkorlik qiluvchi deb qarashi kerak.
Bola butun qalbini darsga bag’ishlasa, uni og’ir ahvolga solib qo`ygan bo`lamiz, u faqat o`quvchigina emas, avvalo, rang-barang qiziqishlar, ehtiyojlar, intilishlarga ega bo`lgan inson.
Yaralangan qushcha qancha azob tortsa, g’ildirakchasi singan o`yinchok mashina ham xuddi shunday aziyat chekadi deb bilishi, bola ko`ngli bo`shligini emas, uning ko`nglida shafqat, ezgulik, go`zallik va insonparvarlik borligining nishonasidir.
Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyati va mazmunini qayta tafakkur etishni ko`zda tutadi, shaxsning rivojlanish va o`zligini anglash huquqini ta`minlaydi.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin