Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Ma’rakada o’tirib-turishin ko’ring



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə243/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Ma’rakada o’tirib-turishin ko’ring. (Maxtumquli)
4. O’qituvchining shaxsiy intilishi, munosabati pedagogik mahorat tarkibiy qismlari orasida muhim o’rinni egallaydi. Uning bunday shaxsiy munosabati unda tegishli bir qolipdagi fikrlar sistemasi mavjudligi bilan izohlanadi, shu tufayli u ko’p hollarda deyarli avtomatik ravishda ta’sirlarga javob bera oladi. Chunonchi, o’quvchilar bilan albatta xushmuomalada bo’lish, dilkashlik o’quvchi shaxsiga prinsipial yondashishning yuqori darajada bo’lishi, o’zining birorta ham o’quvchisi yomon emasligi, buning ustiga ishonchsiz bo’lishi mumkin emasligiga ishonch kabilar.
Lekin bunday bir qolipdagi fikrlar salbiy rol o’ynashi ham mumkin. Masalan, hamkasbi o’quvchilar bilan haqiqatda noto’g’ri munosabatda bo’lganda unga qarshi turish o’rniga, uni himoya qila boshlaydi.
O’qituvchining xohish-istagi haqqoniylik va insonparvarlik xarakterida bo’lsagina bunday chekinishlarga yo’l qo’ymasligi mumkin bo’ladi.
Pedagogik faoliyat va mahorat
Pedagogik faoliyat - yoshlarni hayotga, mehnatga, Vatan mudofaasiga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat va jamiyat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishi bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan kishilarning mehnat faoliyatidir.
Maktab o’qituvchilarining faoliyati respublikamizda buyuk davlat-jamiyatni quruvchi va unda yashab mehnat qiluvchi yetuk, erkin fikrlovchi inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. O’qituvchining barkamol avlodni tarbiyalash va unda yangi insonga xos sifatlarni tarkib toptirish vazifasi eng oliyjanob, yuksak va shu bilan birga eng sharafli va murakkab vazifadir. Har bir tarbiyalanuvchi o’z xulq-atvoriga, xarakteriga ega. Ularni o’qitish va tarbiyalashda ularning ana shu o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda murakkabdir. Bunga insonlar o’rtasida ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o’zida akz ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim.
O’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning professiogrammasida o’z ifodasini topadi: 1) O’qituvchining shaxsiy xususiyatlari; 2) O’qituvchining pedagogik-psixologik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar; 3) Maxsus tayyorgarlikning hajmi va tarkibi: 4) Ixtisosga oid metodik tayyorgarlik mazmuni.
Pedagogik mahoratning asosiy poydevorini kasbga doir bilimlar tashkil etadi. Bunday bilimlar mazmuni esa o’qitilayotgan fan mazmuni, metodikasi, pedagogikasi va psixologiyasiga doir bilimlarni o’z ichiga oladi.
Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida (44-modda): “Tegishli ma’lumot, kasb tayyorgarligi, boy va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega”, deb ta’kidlangan.
“Ta’lim to’g’rida”gi Qonun talablarini bajarish pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishni, demak, bo’lajak o’qituvchilarda pedagogik mahoratni shakllantirishni talab etadi.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin