Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Ta’lim mazmuni. Davlat ta’lim standartlari



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə93/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Ta’lim mazmuni. Davlat ta’lim standartlari
Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ularning amaliy ko‘nikma, malakalari va dunyoqarashini shakllantirishga yo'naltirilgah jarayon bo’lib, ushbu tushuncha negizida shaxsning tanqidiy fikrlashi, yaratishi, boiiiqda sodir bo‘layotgan hodisalami o‘zaro aloqadorlik nuqtayi nazaridan baholay olishi ham aks etadi.
Ta’lim tushunchasi, shuningdek, ajdodlar tomonidan to‘plangan ijtimoiy ahamiyatli tajribalarning avlodlarga doimiy uzatilishini ta’minlovchi tizimli jarayoni ham sanaladi..
Shaxsni iitimoivlashtirish uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq- atvor me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o‘zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayonidir.
Ta’lim mazmuni tizimlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalar, qarashlar, ishonchlar to'plami, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida erishilgan amaliy tayyorgarlikning ma’lum darajasi bilan belgilanadi.
Ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan bilimlar muhim ijtimoiy qadriyat ham sanaladi. Individning ijtimoiylashishi, odamning sotsium (ijtimoiy muhit)ga kirishiga yordam beradi. 0‘tgan asrda ta’lim mazmunini siyosiylashtirishga, urinishga qaratilgan harakatlaming yuzaga kelganligi uning mazmunini belgilashda ekstensiv vondashish (miqdoriv — sonini ko‘paytirish) yetakchi o‘rin egalladi. Natijada ta’lim mazmuni o‘quv fanlari sonining doimiy ortib borish hisobiga kengaytirildi, ta’lim jarayonida tayyor bilimlarni berish asosida, o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratilib, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish masalasi o‘z yechimini topmadi.
So’niggi yillarda, ta’limni insonparvarlashtirish yoMida, ta’lim mazmunini aniqlashda shaxsga-vo‘naltirilgan yondashuv asosiy o‘rinni egallay boshladi. Bunday yondashish V.V.Krayevskiy, I.Ya.Lerner, M.N.Skatkin (Rossiya); M.Ochilov, N.N.Azizxo‘jayeva, N.Sayidahmedov, F.R.Yuzlikayev (O‘zbekiston)larning ishlarida o‘z aksini topdi.
Masalan, V.V.Krayevskiy, I.Ya. Lerner ta’lim mazmuni deganda shaxsni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalar to‘plami, ijodiy faoliyat tajribasi hamda emotsional-irodaviy munosabat tajribasini tushunadilar.
Bunday yondashuv shaxsning ta’lim olish, ma’naviy, madaniy va hayotiy talab-ehtiyojlarini qondirish, rivojlanayotgan shaxsga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lishi ta’lim mazmunini erkin tanlash imkonini beradi.
An’anaviy pedagogika deyarli faqat odamning ijtimoiy mohiyatini tan olganligi bois, ta’limning maqsadi insonning jamiyat a’zosi sifatida rivojlanishi, unda ijtimoiy ahamiyatli sifatlarining shakllanishi hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim jamiyat va davlatning ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi asosi deb e’lon qilindi. Ta’limning maqsadi mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy- axloqiy jihatdan yetuk, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • aholi milliy-madaniy ehtiyojlarini qoniqtirish, jismoniy va ma’naviy sog‘lom avlodni tarbiyalash;

- o‘quvchilar tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish talablari bilan belgilanadigan bilimlar tizimini o‘zlashtirilishini ta’minlash; .
- ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy madaniyat, ijodiy, erkin fikrlash ko‘n,ikmalarini shakllantirish, ularning mustaqil bilimlarini oshirib borishi

  • yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fuqarolik dunyoqarashi; insoniy qadr-qimmat, demokratik o'zini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek, o‘z harakatlari uchun javobgarligini yuzaga keltirish.

Ana shu umumiy vazifalar bir qator alohida masalalardan iborat bo‘ladi. Ular o‘quv fanlari mazmunida uyg‘unlashtiriladi.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin