Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi
Shaxs shakllanishining yosh davrlari va ularning o’ziga хos xususiyatlari
Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta’lim-tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolannig yosh hususiyatlariga muvofiq kelishi muhim sanaladi. O’qituvchi o’quvchilarning ruhiy hususiyatlarini bilishi, ma’lum yoshdagi o’quvchilarning diqqat hotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asosida faoliyat tashkil etishi lozim. Shaxsning aqliy va jismoniy kamolotida doimo ilgariga qarab rivojlanish ro’y beradi. Bolaning jismoniy va ruhiy kamoloti qaror topib borar ekan, bir qancha bosqichlarni bosib o’tadi.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichida bir hil bo’lmay, balki yosh hususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har hil bo’ladi. tarbiya jarayonida o’sayotgan avlodning yosh va o’ziga hos hususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma’lumki, bir hil yoshdagi bolalarning, o’quvchi-talabalarning har birini o’ziga hos hususiyatlari, psihik jarayonlari mavjud.
Bu o’ziga hoslik rivojlanish jarayonida yaqqol namoyon bo’ladi. yosh hususiyatlarni hisobga olish, bola hususiyatiga moslashish emas, balki shu yosh davrida bola imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish demakdir. SHundagina Shaxs rivojlanishiga tarbiyaning ta’siri samarali bo’ladi.
Tibbiyot, odam anatomiyasi, yosh fiziologiyasi va maktab gigienasi, psihologiya hamda pedagogika fanlari asoslariga ko’ra bolaning yosh davrlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin.
2-shakl
Yosh davrlari
Go’daklik davri
(tuo’ilganda bir yoshgacha bo’lgan davr)
Yoshli davri
(1 yoshdan 3 yoshgacha)
Maktabga
cha tarbiya yoshi
(3 yoshdan 6-7 yoshgacha)
Kichik maktab yoshi (6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha)
O’smirlik davri
(12-15-16 yoshgacha)
O’spirinlik davri (15-16 yoshdan 18 yoshgacha)
Yosh davrlari shartli ravishda guruhlanadi. Unda muayyan yosh davrining boshqasidan ajratadigan chegara yo’q. Yosh davrlarining guruhlanishi bolaning rivojlanish hususiyatlaridagi o’zgarishlarga qarab ajratiladi. Quyida yosh davrlariga qisqacha ta’rif berib o’tamiz.
Go’daklik davri. YAngi tuo’ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjud bo’ladi. Ushbu sezgilar murakkab bo’lmay, oddiy holatdadir. Chaqaloq bir holat faol bo’lib, bu faollik avvalo, qo’l-oyoqlarning refleks yo’li bilan harakatlanib turishida ko’rinadi. Huddi shunday reflektor harakatchanlik bolaning chinqiriqlarida ham namoyon bo’ladi. Bolada vujudga keladigan shartli reflekslar 5-6 haftalarda yaqqol namoyon bo’la boshlaydi. Masalan, u onasining ovozini taniydi, uni eshitsa tinchlanadi. Begona odamlarni “yoqtirmay” bezovtalanadi.
Go’daklik davrida bola birmuncha tajriba to’plashi bilan uning idrok va tasavvurlari tarkib topa boshlaydi. Odatda, besh-olti oylik bola o’tiradigan bo’ladi, so’ngra emaklab, tik yurishga harakat qila boshlaydi, bir-ikki yoshda qadam qo’yib yura boshlaydi.
Bola yarim yoshdan oshgach, “o’o’ldirab” so’zlaydi hamda atrofdagilarning gaplarini tushuna boshlaydi va unda asta-sekin passiv nutq o’sadi, ikki yoshga qadam qo’ygach, faol nutqni o’zlashtirib, gapira boshlaydi. Nutq va tafakkurning o’sishi bilan bolaning atrofdagi kishilar bilan munosabati murakkablashib, o’ziga hos mazmunga ega bo’la boshlaydi. Ushbu holat bola ruhiyatining o’sishiga yordam beradi. YAsli davriga qadar bola aniq gapiradigan va o’zi mustaqil yura oladigan bo’ladi. SHuningdek, bolaning harakatchanligi, tafakkur va nutqi zo’r berib taraqqiy etadi. Bu davrdagi bola tafakkuri “predmet tafakkuri” bo’lib, u o’zi idrok qilgan, ko’rgan narsalar haqida fikr yuritadi. Uning tafakkuri predmetlar munosabatida ko’rinadi.
So’z yuritilayotgan davrda bolaning hissiy kechinmalari yuzaga kela boshlaydi. Dastlab ta’m bilish hamda teri sezgilari orqali qabullarga nisbatan organik hislar namoyon bo’ladi. Keyinchalik ehtiyoj, erkalanish va yaqinlariga mehribonlik sezgilari, o’azablanish, qo’rqish hamda zavqlanish kabi sezgilar namoyon bo’la boshlaydi.
Maktabgacha tarbiya davri. Ushbu yoshdagi bolaning emotsionalligi (hissiy beriluvchanligi) uning faolligida, harakatchanligida ko’rinadi. Bu yosh davrida bolalar hayotida o’yin o’ziga hos o’rin tutadi, o’yinlar asosan katta yoshdagi kishilar yoki bolalarning harakatlariga nisbatan taqliddan iborat bo’ladi. Bola o’yinning mazmunidan ko’ra o’ynalayotgan buyumlar (o’yinchoq va qo’o’irchoqlar) hamda o’zining harakatlari ko’prok, zavqlantiradi.
Mazkur yosh davrida bola faoliyatida ihtiyorsiz faollik bilan bir qatorda ihtiyoriy diqqat ham o’sa boshlaydi. Bu davr bola “men” ligining vujudga kelishi bilan ham harakterlidir. U tevarak - atrofdagi bolalar bilan o’zini solishtiradi, o’zining ulardan ustun jihatlarini ahtara boshlaydi. Bunday holatlar uning “mening o’zim” so’zini keng qo’llashda seziladi.
Olti yoshga qadar bola dunyoni ijtimoiy borliqni to’laligacha idrok etadi. Uning atrofdagilar bilan munosabat doirasi kengayib boradi. Bu esa uning nutqi va tafakkurini yanada o’stiradi. Munosabatlar doirasining kengayib borishi unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish imkoniyatini oshiradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri aniq tafakkur bo’lib, u nimalarni idrok etsa yoki tasavvur qilsa, o’sha narsalar haqida fikr yuritadi. SHu bois bola uchun mavhum voqea-hodisalarga nisbatan qiyoslab tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
Atrofdagilar bilan muomalada bo’lish asosida bolada ma’naviy qarash shakllanadi, endilikda ular turli harakatlarni “yahshi”, “yomon” deya baholab boradilar.
Bu davrda bola hayotida o’yin bilan birga faoliyatning boshqa turlari ham ahamiyatli bo’lib boradi, dastlabki mehnat ko’nikmalari hosil bo’ladi: rasm chizadi, loydan, qumdan shakllar yasaydi, karton va ayrim tabiiy materiallardan turli buyumlar yasaydi. SHuningdek, ular kattalar tomonidan berilgan oddiy topshiriqlarni bajarib boradilar. Ularni kuchlari etadigan ishlarga jalb qilish yahshi samara beradi.
Kichik maktab yoshi, 7 yoshga to’lgan bola (ushbu yosh qator mutafakkirlar tomonidan dastlabki “etuklik yoshi” sifatida e’tirof etilgan) jismoniy va ruhiy hususiyatlarga ko’ra maktabda ta’lim olishga to’la tayyordir.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’o’risida” gi qonuniga muvofiq respublikamizdagi bolalarning barchasi 6-7 yoshdan boshlab, umumiy o’rta ta’lim maktablarida tahsil ola boshlaydi. SHu davrga qadar bola hayotida muhim o’rin tutgan o’yin faoliyati o’z o’rnini tizimli, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan va majburiy vaqt asosida tashkil qilinadigan o’qish faoliyatiga bo’shatib beradi. YOsh bola uchun bunday “mas’uliyatli mehnat” ga o’tish qiyin kechsa-da, u asta-sekin bunday sharoitga ko’nika boradi.
Kichik maktab yoshi o’quvchilari ijtimoiy borliq haqida muayyan tasavvurlarga ega bo’lsalar ham ro’y berayotgan voqea-hodisalarning mohiyatini bilishga qiziqadi. Maktabda tashkil etilayotgan ta’lim jarayoni bolaning aqliy faoliyati uchun zarur bo’lgan fazilatlarning tarkib topishini ta’minlaydi.
Kichik maktab yoshi o’quvchilari jismoniy jihatdan bir maromda o’sadilar, o’o’il va qiz bolalar gavda tuzilishi jihatidan bir-birlaridan deyarli farq qilmaydilar. Ularning bo’yi o’rtacha 120 sm, oo’irligi 22 kg atrofida bo’ladi. Suyaklarda too’aylik holati ustun. Naysimon ilik suyaklari asosan eniga o’sadi, tuzilishi takomillashib boradi va 12 yoshda bu suyaklar kattalarnikiday qiyofaga ega bo’ladi. Lekin bo’o’inlar, umurtqa poo’onasi, tos suyaklari hali elastik holatda bo’ladi.
Ko’krak qafasi va umurtqa poo’onasi suyaklari etarlicha qotmaganligi tufayli ular tez shikastlanishi mumkin. Ularda muskul paylari va bo’o’inlar tez rivojlanadi. Muskul kuchining ortib borishi tufayli bu davrda o’quvchilar o’oyat harakatchan bo’lishadi.
Kichik maktab o’quvchilarining bosh miyasi tez o’sib borib, uning tuzilishida o’zgarishlar ro’y beradi. Ularda o’pka rivojlangan, lekin nafas yo’li hamda diafrag’la bo’sh rivojlangan bo’ladi, shu tufayli kichik yoshdagi o’quvchilar ko’p vaqt harakatsiz qolsalar, organizmning kislorod bilan ta’minlanishi yomonlashadi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning yuragi, qon aylanish tizimi va nafas olish organlari o’sishda davom etadi. Ularning yuragi o’zidan kattalarnikiga nisbatan ikki marta ko’p qon ishlab chiqaradi. SHu bois, ularning yurak urishi tez bo’lib, har daqiqada 90-92 martaga etadi. O’onning tarkibida oq qon tanachalari ko’p bo’ladi.
Jismoniy o’sishning bu kabi hususiyatlari kichik yoshdagi o’quvchilarga nisbatan o’qituvchilar tomonidan ehtiyotkorona yondoshuvni talab qiladi. Ularni asabiylashishdan saqlash lozim. Bu yoshdagi o’quvchilar ko’proq harakat qilishlari, ochiq havoda bo’lishlari, etarli darajada dam olishlari, uhlashlari talab etiladi. Atrofdagilar buning uchun o’amho’rlik qilishlari lozim. Ularning stol atrofida, partada to’o’ri o’tirishlariga, o’rinda tekis (o’rin yumshoq bo’lmagani ma’qul) yotishlariga, qomatini tik tutib yurishlariga e’tiborli bo’lishlari kerak. O’yin vaqtida qaltis harakat qilishdan ularni saqlash zarur.
Kichik maktab o’quvchilarida ihtiyoriy diqqat, hotira va idrok, tafakkur, ihtiyoriy idrok qilish, nutq, his-tuyo’u, iroda kabi ruhiy jarayonlar, rivojlanadi. SHu bois, ular bilim olishga va o’rganishga intiluvchan bo’ladilar. Atrofda ro’y berayotgan voqea-hodisalarning barchasi ularni qiziqtiradi. O’qituvchi ularning qiziqishlarini qondirishga harakat qilishlari va shu asosda ushbu qiziqishlarni rivojlantirib borishlari kerak.
Kichik maktab yoshi o’quvchilari uchun eng ideal Shaxs – o’qituvchi bo’lib, bolalar ularning talablarini sidqidildan bajarishga urinadilar. Ular orasida o’qituvchining obro’si o’z ota-onasi obro’sidan ham baland bo’ladi.
Kichik maktab yoshi o’quvchilarining fikrlashi obrazli bo’ladi. SHu bois ularga kinoya, kesatish hamda qochiriqli gaplarni gapirish samara bermaydi. O’qitish ko’rgazmali qurollar, vositalar yordamida tashkil etilishi kerak. Materialni tushuntirishda uning obrazli, ifodali bo’lishiga erishishi lozim. Ularning kayfiyatiga o’qishdagi yutuqlari, olgan baholari shuningdek, amalga oshirgan ijobiy ishlari ta’sir qiladi. SHu bois, o’qituvchi tomonidan unga berilayotgan e’tibor alohida qiymatga ega. Uning har bir harakati o’qituvchining e’tiroziga sababchi bo’lsa, unda o’qish istagi yo’qoladi. Maktab ta’limidan ko’ngli soviydi. O’qituvchidan qo’rqqanidan yolo’on gapira boshlaydi. Bu hol doimiy takrorlanaversa, qo’rqoqlik va yolo’onchilik uning asosiy hislati bo’lib qoladi. O’qituvchi tanbehi oqilona bo’lib, bola sha’nini erga urmasligi, Shaxsini kamsitmasligi kerak.
Kichik maktab yoshidan o’tgach, o’smirlik davri boshlanadi. Bunda bola Shaxsi rivojlanishining murakkab davri boshlanib, u o’tish davri deb ataladi. O’tish davri bolalikdan baloo’at davriga o’tishni ifodalaydi. O’smirlik yoshining murakkabligi uning anatomik-fiziologik va psihologik hususiyatida ro’y berayotgan kuchli o’zgarishlar bilan boo’liq.
O’smirlik yoshida jismoniy jihatdan sekin o’sish davri tugaydi. Jismoniy o’sish tezlashadi. O’smirlar 3-4 yil ichida 20-25 sm o’sadilar (qizlarni o’sishi18-25, o’o’il bolalar 25-30 sm ni tashkil etadi). Bo’yiga o’sish ilik suyaklarining uzayishi va umurtqa suyagining kattalashishi hisobiga ro’y beradi, ammo ilik suyaklarining ohirgi qismlarida ham too’aylik holati ustun bo’lib turadi. SHu sababli ularga jismoniy topshiriqlar berishda gohida bu holat inobatga olinishi kerak. Ushbu holat tufayli o’smirning qaddi-basti beso’naqay ko’rinadi. O’z navbatida suyakning tez o’sishi, muskullar rivojining ortda qolishi sababli o’smir baland, oyoq-qo’li uzun, ozo’inday ko’rinadi. Bu esa uning yurishiga, gavda tutishiga ta’sir etadi.
O’smirning ko’krak qafasi ham bo’yiga nisbatan sekin o’sadi. SHu sababli ko’pchilik o’smirlarning ko’krak qafasi tor bo’ladi. Bu holat organizmning kislorod bilan to’yinishiga to’sqinlik qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur holatni inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Qon aylanishida ham katta o’zgarishlar yuz berib, yurak hajmi ortadi, ammo qon tomirlarining rivoji bir oz ortda qoladi.
O’smirlik yoshida jinsiy etilish davri boshlanadi. Ularda ayollik va erkaklikning tashqi belgilari (ovozning do’rillashi, mo’ylovning sabza urishi, ko’krak qafasi va ko’krak bezlarining shakli, o’o’il va qiz bolaning nafas olishidagi tafovut) paydo bo’la boshlaydi. O’zgarishlar ta’sirida ro’y bergan erotik sezgilar ularni tashvishga soladi. Bularning barchasi ichki va tashqi tafovutlarni kuchaytiradi. Organizmdagi o’zgarishlar o’smirning atrofdagilar bilan munosabati mazmuniga ta’sir etadi. O’smir tabiati tundlasha boradi, kayfiyati tez o’zgaradi. Uyda oila a’zolari davrasida esa o’zini erkin sezadi. SHu bois ko’proq ular bilan bo’lishni istaydi.
O’smirning faoliyatida o’qish muhim o’rin tutadi. O’qish ishga aylanib qolganligi uchun talablarning ortib borayotganligiga o’smir befarq munosabatda bo’ladi. Fanlarni o’zlashtirishda qisman “pastlashish” holati kuzatiladi. Ammo mustaqil topshiriqlarni bajarishda faol bo’ladi.
O’smir intizomida salbiy holatlar ko’rina boshlaydi. Bu hol uning mustaqil bo’lishga intilishi asosida yuzaga keladi. Agar o’qituvchi o’quvchi hususiyatini yahshi bilmasa, qo’yilayotgan talablarda birlik, yaqinlik bo’lmasa hamda ular asoslab berilmasa, o’smir hulqida kattalarga bo’ysunmaslik kabi salbiy hususiyatlar qaror topadi va uning hatti-harakatida bu hususiyatlar ko’rinadi.
O’smir o’quvchining e’tiborini o’qishdan tashqari ishlarni o’ziga jalb qiladi. O’smirda muayyan yo’nalishga ega harakatli o’yinlar qiziqish uyo’otadi. Bu hildagi ishlarda u o’zining Shaxsiy sifatlarini namoyish qilish imkoniga ega bo’ladi.
Jamoat ishlariga o’smirlarni faol jalb etish ularda ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik kabi fazilatlarni shakllantiradi. O’smir uchun tengdoshlarining e’tibori, jamoaning fikri unga ota-ona va o’qituvchi fikridan ham ko’proq ta’sir qiladi. SHuning uchun u tengdoshlari o’rtasida obro’ orttirishga, liderlikka intiladi. Agar u o’zini o’qish va jamoa ishlarida ko’rsata olmasa yomon hulqli o’quvchi bo’lib tanilishiga ham rozi. Bu esa aksariyat hollarda o’smirni “krimenogan” mikromuhitga tomon etaklab boradi. Bu kabi holatlarni oldini olishda eng to’o’ri yo’l har bir o’smir uchun o’z kuchi va imkoniyatlariga loyiq jamoa topshirio’ini berilishidir. SHundagina o’smir jamoa uchun kerakliligini anglaydi.
O’smirda his-tuyo’ularni idora qilish layoqati endi-endi shakllana boradi. Bu uning hulqida namoyon bo’ladi. O’zining har narsaga jahli chiqishi, qo’pollik holatlari tez-tez yuz beradi. O’smirlarning bu hususiyati ko’proq bahs-munozara jarayonida ko’zga tashlanadi. Garchi, o’z fikri asosli bo’lmasa-da uni ma’qullashga urinadi.
13-14 yoshlarda o’smirlarda burch hissi, mas’uliyat tuyo’usi o’sadi, birmuncha vazminlik paydo bo’la boshlaydi. Bu davrda o’smirda maqsadga intilish, o’zi uchun ideal tanlash vujudga keladi. O’smirlarda ahloqiy e’tiqod shakllanib, o’ziga hos qarashlar tarkib topa boradi.
Demak, o’smir bilan munosabatda sabr-toqat, vazminlik zarur. Unga mustaqillik berish, buyruq emas, aksincha, maslahat berish bu yoshdagi o’quvchilarni to’o’ri tarbiyalashning garovidir.
O’spirinlik davri. O’spirinlik davri jismoniy o’sishning tinch davri sanaladi. SHu boisdan, o’smirlardan farqli ravishda o’spirinlar faoliyatida romantik his-tuyo’ulardan ko’ra ko’proq realizm muhim o’rin tutadi.
O’spirinning tana tuzilishidagi organlarning (qo’l, oyoq, ko’krak qafasi, elka) bir-biriga muvofiqsizligi o’spirinlik davriga kelib, asta-sekin yo’qola boradi, ularning qomatlari shakllanadi. Tana massasi bilan yurakning hajmi o’rtasidagi munosabatda uyo’unlik, orqa umurtqa suyaklari bilan tananing tuzilishida muvofiqlik vujudga keladi. Muskullarning kuchi va ish qobiliyati ortadi. Ichki sekretsiya bezlarining faoliyati muvozanatlashadi. Jinsiy etilish asosan tugaydi. Ba’zi o’spirinlarda bunday etilish ortda qoladi. Bunga sabab bolalikda kechirgan oo’ir kasalligi, organizmning kuchsiz, nimjon yoki dardchilligi bo’lishi mumkin. Bugungi kunda o’smirlar rivojlanishidagi (tezlashish) tufayli o’spirinning etilishi ham tezlashadi va yuqorida qayd etilgan holat deyarli kuzatilmaydi.
O’spirinlarda organlarning tarkib topishi va organizm to’qimalaridagi takomillashish nihoyasiga etadi. Ular jismoniy kuchli, hushbichim va soo’lom bo’lganliklari tufayli tetik va quvnoq hayot kechiradilar.
O’spirinlar miya hujayralarining tuzilishida ro’y bergan takomillashish, asab tizimi va faoliyati mazmunining o’zgarishiga olib keladi.
O’spirin faoliyatining asosiy turi o’qish bo’lib qolaveradi. Bilimlar hajmi kengayadi. Ular ijtimoiy munosabatlar, hususan oila, moliyaviy, me’yoriy, ma’muriy, ho’jalik, mehnat hamda jinoiy faoliyatlar mohiyatini teran tushunishga intila boshlaydilar. SHu sababli mazkur yosh davrida ularga ijtimoiy-ma’naviy bilimlarni berish maqsadga muvofiqdir. O’spirin nazariy ma’lumotlar mazmunini tahlil eta olish imkoniga ham ega. Oilaviy, ho’jalik, oldi-sotdi hususidagi munosabatlarni tashkil etish, maishiy va aloqa hizmatlari, shuningdek, jamoat transportidan foydalanish choo’ida ularda ijtimoiy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqish hosil bo’ladi. Ehtiyoj hamda qiziqish o’z-o’zidan ijitmoiy faoliyatni tashkil etishga bo’lgan rao’batni yuzaga ketiradi.
O’spirin ijtimoiy munosabatlar mohiyatini anglashga, ular haqida chuqur mulohaza yurgizishga intilar ekan, ularda ahloqiy (ma’naviy) tasavvur va idrok hosil bo’ladi. Ihtiyoriy va barqaror diqqat esa, ularning ma’naviy tafakkurining shakllanishiga imkon yaratadi, natijada ular ijtimoiy munosabatlar borasida mantiqiy asosli fikr yurita boshlaydilar.
O’spirin yoshda o’quvchilar turli o’quv fanlarining nazariy va metodologik asoslarini egallashga intiladilar, fanlararo aloqadorlik va boo’liqlik hususida fikr yurita boshlaydilar. SHu bois, ta’lim va tarbiyani tashkil etishda fanlararo aloqadorlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiyot va ekologiya asoslari, mehnat hamda harbiy ta’lim kabi fan va mahsus kurslar doirasida iqtisodiy, ekologik, mehnat va harbiy faoliyatlarning ma’naviy asoslari, oqibatlari to’o’risidagi ma’lumotlarning berilishi o’spirinlarda ma’naviy savodhonlikning vujudga kelishini ta’minlaydi. O’spirinlarda Shaxsiy faoliyatni tashkil etishda mustaqillikka intilish yaqqol ko’zga tashlanadi, bu esa ularda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mazmunini o’zlashtirishda ijtimoiy faollik ko’rsatish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ularning o’quvchilar o’z-o’zini boshqarish organlari, jamoatchilik tashkilotlari faoliyatidagi ishtiroki ana shu ehtiyojni qondirish yo’lida muhim vosita bo’lib hizmat qiladi.
O’spirinlarning ilm-fan, siyosat, tehnika, sport, san’at olami bilan boo’liq qiziqishlari darajasini inobatga olib ommaviy ahborot vositalari sahifalarida yoritilgan yuqorida qayd etilgan sohalarga oid ijtimoiy mazmundagi ahborot, eshittirish va ko’rsatuvlar tayyorlash o’quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirishda yahshi samaralar beradi. O’spirinlardagi qiziqishni inobatga olgan holda ijtimoiy mazmundagi hususan, “Biznes faoliyatini tashkil etishning ma’naviy asoslari”, “Oldi-sotti munosabatlarining ahloqiy negizlari”, “YOshlar jinoyatchiligi va uning oqibatlari”, “HHI asrga narkotiklarsiz qadam tashla!”, “Sening Huquq va burchlaring”, “YOshlar ijtimoiy mehnatini tashkil etish shartlari”, “Nikoh muqaddas bitim”, “Tabiatni muHofaza qilishning ma’naviy asoslari”, “Terrorizm – mudhish jinoyat”, “Qonuniy harakat va harakatsizlik nima?” kabi mavzularda ma’ruza va seminarlar tashkil etish, mustaqil ravishda ijtimoiy adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish, noahloqiy hatti-harakatlar va ularning oqibatlari hususida davra suhbati, Huquqni muhofaza qilish organlari hodimlari bilan uchrashuv va anjumanlar o’tkazish, shuningdek, ijtimoiy mavzudagi kinofilmlar namoyish etish o’oyat muhimdir.