Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi prinsipi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə143/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi prinsipi
O`quvchilarning umuminsoniy va Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, dunyoviy va diniy bilimlarni egallashga bo`lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirish, ularni tobora boyitish, estetik tushunchalarini shakllantirish juda muhimdir.
O`zbek xalqining madaniy merosini o`rganishda va rivojlantirishda milliy o`ziga xosligi, ma`naviy hususiyatlari hisobga olinib, xalq pedagogikasi an`analariga suyangan holda ish ko`rilishi maqsadga muvofiq. O`quvchilarda kishilik jamiyatiga muhabbatni tarbiyalash, ularni tabiat muhofazasi, madaniy yodgorliklarni saqlash ishlariga jalb qilish lozim.
Umuminsoniylik-bu barcha insonga xos bo`lgan, uning madaniy va milliy ko`p qirraliligidir, ya`ni, turli millat vakillariga hurmat, turli dinlar va boshqa madaniyatlarni o`ziga xosligini tan olish, qadriyatlarni hurmatlashni nazarda tutadi.
O`quvchilarga eng avvalo, o`z xalqining milliy-madaniy merosiga, tiliga, an`ana va urf-odatlariga, shuningdek, boshqa xalqlarning ma`naviy boyliklariga bo`lgan qiziqishlarini tarbiyalash lozim. Bunda uning bilim doirasini kengaytirishga, turli xalqlar madaniyati bilan tanishtirishga alohida ahamiyat berishi zarur. Milliy qadriyatlardan: ona zamin tabiati, milliy xalq san`ati, an`analarining milliy estetik manbalari, sharqning jumladan, O`zbekistonning badiiy madaniyati, tarixi orqali o`quvchilarda milliy axloq an`analari ruhini shakllantirishda, milliy o`z-o`zini anglatishda, baynalminallik va vatanparvarlik tuyg’ularini rivojlantirishda foydalanish darkor.
Ma`naviy qadriyatlar va g’oyalar har xil millat o`quvchilarini birlashtiradi, o`quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishga yordam beradi. O`tmishga nazar tashlasak, xalq pedagogikasini bola tarbiyasidagi boy tajribalari hayotga to`la tadbiq etilmaganligi, buyuk allomalarning pedagogik qarashlari, sharqona urf-odatlar, boy an`analar, hayotga joriy etilmaganligi tarbiya borasida talay qusurlarning yuzaga kelishiga sabab bo`ldi.
Xalqimizning ko`p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o`zlikni anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas.
O`zbek xalqi ko`p asrlik tarixiy taraqiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Ismoil-al-Buxoriy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Sa`diy Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Nizomiy Ganjaviy, Fariddin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o`quvchilari go`zal axloq, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, sihat-salomatlik, ota- onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo`ladilar. Insoniylik o`z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy hususiyatlarini ya`ni, odamlar o`rtasida o`zaro yaxshi munosabatda bo`lish, do`stlik, ota-onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Xalqimiz bolalarning yoshligidan ana shu go`zal fazilatlarini tarbiyalashga ahamiyat berib keladi.
Maktablarimizdagi tarbiyaning mazmunini milliy va umuminsoniy qadriyatlar belgilashi lozim, ya`ni ta`lim-tarbiya mazmunida insonparvarlik, tenglik, xalqparvarlik, demokratiya g’oyalari ustivor bo`lishi lozim. Masalan, Oybekning «Navoiy», Abdulla qodiriyning «O`tgan kunlar», Abdulla Qaxxorning «Sinchalak» kabi asarlari milliy va ummuminsoniy demokratik va gumanistik qadriyatlar nuqtai nazaridan o`rganilishi maqsadga muvofiqdir.
Odob haqida Islomda ham ko`p ibratli gaplar aytilgan. Islomda tarbiya so`zi tabib so`zidan olingan. Bu degani odam o`ziga, qarindosh urug’lariga va umuman ta`sir doirasi etadigan jamiki kishilarga tabiblik, ahillik qilishi lozim. Islom odobida faqat insonni ezgulikka, xalollikka, axloqqa chaqiruvchi da`vatlar bor. Islom odobini esdan chiqarish, unga amal qilmaslikning oqibati nimalarga olib kelishini hayotning o`zi ko`rsatyapti. Millatning saodati, davlatning tinchligi va farovonligi avvalo yoshlarning tarbiyasiga bog’liq. Shuning uchun unutilayozgan ma`naviy qadriyatlarimizni tiklash va kelgusi avlodlarga etkazish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
O’quvchilarni tarbiyalashning muhim qoidalaridan biri bolalarga nisbatan qattaq talabchan bo’lish va ular shaxsini hurmat qilishdir. Ajoyib pedagog A.S.Makarenko: “Mening asosiy pedagogik prinsipim hamisha odamga mumkin qadar ko’proq talab qo’yish, shu bilan birga uni mumkin qadar ko’proq hurmat qilish bo’lib qolsin" – deb ta’kidlagan.
O’quvchilar g’amxo’r, mehribon va talabchan o’qituvchini sevadilar, hurmat qiladilar va unga to’liq ishonadilar. Mana shunday o’qituvchilarning bolalarga tarbiyaviy ta’siri ko’proq bo’ladi. O’qituvchi o’quvchiga nisbatan qattiq talabchan bo’lishi va qo’ygan talablarining o’quvchilar tomonidan so’zsiz bajarilishiga erishilmog’i lozim.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin