Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog’liqligi prinsipi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə142/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog’liqligi prinsipi
Qaysi davr, qaysi sharoitda bo`lmasin ota-bobolarimiz o`z avlodining har tomonlama komil insonlar bo`lishi uchun qayg’urganlar. Chunki jismonan baquvvat, aqlan sog’lom, ma`naviy yuksak, bilim va hunar sohibi, axloqan pok farzandlargina avlodning chinakam davomchisi, yurtning egalari, millat boqiyligi va boyligining ta`minlovchisi hisoblangan.
O`quvchilarni ona-Vatanni sevish, ardoqlash, uning farovonligi, gullab yashnashi, taraqiyoti uchun sadoqat bilan xizmat qilish, ona-diyorning har bir qarich yerini, boyliklarini, tabiati va hayvonot dunyosini avaylab asrash, kelgusi avlodlarga qoldirish, ularni muqaddas, tabarruk deb bilish, ajdodlari tarixi, madaniyati bilan g’ururlanish hissini tuyish, milliy urf-odatlar, an`analar, qadriyatlar va udumlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash juda muhim.
Tarbiyani hayot va mehnat bilan bog’liqligi qoidasi o`quvchilarda jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni, shaxsda fuqarolik va ijtimoiy mas`uliyat hislarini rivojlantirishni, o`zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish yo`lida g’amxo`rlikni, ekologik tarbiyani shakllantirishni nazarda tutadi.
Maktabda o`quvchilarni ijtimoiy foydali faoliyatga jalb qilish, ularda ijtimoiy faollikni rivojlantirishga imkon beradi. O`quvchilar jamiyatimiz to`g’risida olgan bilimlarni amalda qo`llash, ijtimoiy o`z-o`zini boshqarish organlarida faol qatnashish orqali hayotga tayyorlanib boradilar. Agar ular tevarak-atrofdagi turmushga beparvo bo`lsalar, ijtimoiy ishlardan chetda turuvchi tomoshabin deb his qilsalar, oqibat natijasida ularning ruhida bo`shanglik, loqaydlik hosil bo`ladi.
Bu qoidaning amalga oshirilishi o`quvchilarni turmushga, mehnatga, ongli ravishda kasb-hunar tanlashga har tomonlama tayyorlash uchun zamin yaratadi.
Bu qoida o`quvchilarni mamlakatimizdagi va chet ellardagi kundalik voqealar bilan muntazam suratda tanishib borishlari zarur, degan talabni ham bildiradi.
O`quvchilarning ishlab-chiqarish ilg’orlari, hurmatli kishilarni, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlari, ijtimoiy foydali va unumli mehnatda bevosita ishtirok etishlari ularni atrof-muhit bilan, mustaqil jamiyat qurilishi amaliyoti bilan tanishtirishda yaxshi yordam beradi.
O`quvchilarning qurilish maydonchalari, yig’im-terim guruhlari va brigadalari saflarida, hunarmandchilik, xalq amaliy san`atida, bemorlarni parvarishlash va nafaqaxo`rlarga xizmat ko`rsatish sharoitlarida, pochta (aloqa) ko`rsatish bo`limlarida, hovlilarni va ko`chalarni tartibga keltirishda, sanoat korxonalaridagi ishlarini alohida quvvatlamoq lozim.
O`quvchilar maktabda nafaqat katta hayotga tayyorgarlik ko`radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar. Tarbiyani hayot va mehnat bilan qo`shib olib borish qoidasi o`quvchilarni tevarak-atrofdagi hayot bilan tanishtirib borishni va o`zgartirishda o`quvchilarning qatnashishlarini talab qiladi.
Respublika bozor sharoiti shakllanayotgan hozirgi sharoitda o`quvchilarni hayotga va mehnatga yangicha munosabatli, layoqatli qilib tayyorlash lozim. Buning uchun o`quvchilarni davlat va jamoa xo`jaliklari dalalarida, tomorqa va ijara olingan yer maydonlaridagi unumli mehnatlarini tashkil qilish kerak.
Insonni mehnat qoidalari asosida tarbiyalash tarbiyaning asosiy qoidalaridandir. O’quvchini mehnat qoidasi asosida tarbiyalashning maqsadi mehnatning mazmuni, mohiyatini anglatishdan iboratdir. O’quvchi o’zi bajarayotgan mehnatning natijalarini ko’rsa, undan manfaat olsa, undan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyalaydi. Mehnat jarayonida odamda do’stlik, ahillik, hamkorlik, o’zaro yordam, jamoa bo’lib ishlash, madaniyat, ma’naviyat singari sifatlar shakllanadi. A.N.Farobiy "Har bir o’quvchiga bekitilgan ma’lum bir ish bo’lishi kerak, toki u kishi o’ziga bekitilgan ishni kechiktirmasdan o’z vaqtida bajarsin" degan talabni qo’yadi (Risolalar 117-bet). Eng muhimi mehnat kishini muhtojlikdan, bekorchilikdan, yurak siqilishidan va axloqning buzulishidan saqlaydi. A.R.Beruniy "Har bir insonning qadr-qimmati uning bajaradigan mehnati bilan o’lchanadi", deb ta’kidlagan.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin