Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə53/76
tarix05.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#135743
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76
5302fbcbdcb169642546bce3f64a2999 инклюзив таълим

Bolalar perebral falaji.
Harakatlanishida muammolari bo’lgan bolalarning ko’pchilik qismini asosan bolalar serebral falaji (BSF) tashkil etadi Bolalalar serebral falaji miyaning harakatlanish markazlarini buzilishi oqibatida tayanch harakat a’zolarining falajlanishidir. Bolada qo’l oyoqlar yoki yuz muskullarining harakatini nazorat qiluvchi miyaning qismlari shikaslanishi natijasida tananing harakatchan a’zolari jonsizdek osilib turadi yoki juda ko’p holatda tarang tortishgan holatda bo’ladi. Serebral falaj bolalarda bosh yoki yuz muskullarining harakatlarini nazorat qila olmasligi yoki qiyinchiliklarga duch kelganligi, til muskullarining| falajlanganligi oqibatida nutqida ham og’ir nuqsonlar yuzaga keladi. Bundan tashqari serebral falaj bolalarda ikkilamchi nuqson sifatida ko’rish, eshitish idrokida ham nuqsonlar kuzatiladyu Serebral falaj bolalarning mayda qo’l motorikasida ham juda qo’pol ouzilishlar yuzaga keladi. Shuning uchun ham ularni yozma nutqga o’rgatish qiyin kechadi.
Serebral falajlik nuqsonnig eng murakkablashgan turidir, chunki miyaga zarar yetishi natijasida bolada ba’zida umumiy aqliy qobiliyatlar ham buzilishi mumkin. Aqliy buzilishning darajasi falajlanish darajasiga bog’liq bo’lishi ham mumkin. Ammo serebral falaj bolalarning hammasida ham aqliy rivojlanishdan orqada qolish kuzatilmaydi.
Shuning uchun ham pedagog sinfda ta’lim tarbiya olayotgan serebral falaj bolaning individual psixologik xususiyatlariga ko’ra ish olib borsagina samarali kechadi.
Serebral falaj bolalar bilan olib boriladigan ish maqsadlariga erishish uchun muayyan tarbiyaviy ma’rifiy ishlarga kompleks yondashib, ya’ni davolash tadbirlarini pedagogik ish jarayoni bilan chambarchas bog’lab olib borish kerak.
Serebral falaj bolalar bilan olib boriladigan korreksion pedagogik va davolash ishlari kompleks olib borshnpi, bunda psixonevrolog, nevropatolog, defektolog tarbiyachi xamkorliqda faoliyat yuritishi talab etiladi.
Serebral falaj bolalarpiig nuson ShYa1
Bosh miyadagi harakat markachlarimish jarohatl turi va xususiyatlariga ko’ra bolada tayanch harakat xildagi buzilishlarni keltirib chiqaradi. Shunga ko’ra nuqsonli bolalar quyidagicha tasniflanadi:
1). Ikki yoklama gemiplegiya;
‘2). Spastik diplegiya;
3).Giperkinetik shakli;
4).Gemiparetik shakli;
5).Atonik-astatik shakli.
Ikki yoqlama gemiplegiya-bolalar serebral falajining eng og’ir shaklidir. Bu bolarda inson uchun eng muhim bo’lgan funksiyalar: nutqiy, ruhiy va jismoniy holatlarda og’ir buzilishlar mavjud bo’ladi. Bu shaklning tashqi ko’rinishidagi asosiy belgilari-bolaning tanasining bir qismi falajlangan bo’lib, asosan qo’l bukilgan holatda, qo’l ham oyoq ham ichkariga qaragan va bukilgan bo’ladi. Bu turdagi bolalarning nutqida alaliya (nutqning yo’qligi) yoki ogir dizartriya (nutqning buzilishi) kuzatiladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin