Mavzu: So’z va gapMaqsad: A). Ta’limiy: so’z farqlanishi haqida tushuncha berish.
B). Tarbiyaviy: axloq-odob qoidalarini o’rgatish. V). Korreksion: tayanch harakat a’zolari falajlangan bolaning nutqini o’stirish, lug’at boyligini oshirish. Jixoz: kartochkalar, bayroqchalar. Darsning borishi: 1). Tashkiliy qism: A. Salomlashish. B.Davomatni nazorat qilish G. Navbatchi bilan suhbat.
Uqituvchi: -Bolalar hozir biz siz bilan "Hikoya tuzamiz o’yinini o’ynaymiz. Men tarqatgan harflardan so’zlar yasaysiz. Yasagan so’zlaringizdan gagshar tuzib uni matnga aylantiramiz.
Bolalarga harflar tarqatiladi. Tayanch harakat a’zolari falajlangan bola ham o’yindan chetda qolmasligi kerak.
2). Takrorlash.
O’tilgan mavzu: So’z ichida yonma-yon kelgan bir xil undoshlar. A. O’quvchilarni ikki guruhga ajratib, so’z ichida yonma-yon kelgan bir xil undoshlar mavjud bo’lgan so’zlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Har bir guruh ishtirokchilari tezlikda doskada o’z kartochkasiga yozilgan so’zni bo’g’inga bo’lib yozishi kerak. Birinchi bo’lib to’g’ri bajargan turuh g’olib bo’ladi va rag’batlantiriladi.
V. Tayanch harakat a’zolari falajlangan o’quvchining ham guruhda ishtirok etib vazifani bajarishi uchun bir o’quvchini unga yordamlashishga ma’sul qilib tayinlash;
B. O’quvchilar o’z vazifasini bajargunga qadar, o’qituvchi o’quvchilarning daftarda uyda bajarib kelgan ishlarini tekshiradi 3). Yangi mavzu bayoni:
A). Bolalarni yangi mavzu bilan tanishtirish: B). Sinfdagi o’quvchilarni OLMA, ANOR, OLChA, OLXO’RI nomi
bilan 4 ta guruhga ajratish.
V), "Kim topog’on" o’yini. Sizning har biringiz men bergan mavzuga oid so’zlarni topib, savatchaga solasiz. Qaysi guruhnish so’zlari ko’p bo’lsa o’sha guruh g’olib bo’ladi". OLMA guruhiga Maktabdagi narsalarning nomini topish, ANOR guruhiga hovlidagi narsalarning nomini topish, OLChA guruhi esa uy ichidagi narsalarning nomi, OLXO’RI guruhiga ko’chadagi narsalarning nomini topish buyurilib o’qituvchi o’zi tayyorlab kelgan aralash holdagi so’zlar kartochkasini tarqatadi.
G). O’qituvchi muntazam ravishda tayanch harakat a’zolari falajlangan o’quvchining o’yindagi faol ishtirokini nazorat qilib boradi.
D). Har bir guruhning yiqqan so’zlari sanalib, o’yin natijasi e’lon qilinadi.
Ye). Bolalar, sizlar nechta so’z yig’dingiz? Narsa, buyum, shahar, qishloqlar, harakatlarning nomini biz nima bilan ifodalar janmiz?-so’zlar bilan.
Yo). Tayanch harakat a’zolari falajlangan o’quvchini doskaga chiqarish, "Bolalar Ravshan nima qilyapti?"
Bolalar "Ravshan yuryapti"
"Ravshan doskaga chiqdi" va hokazolar.
J). -Ravshan doskaga "Ravshan o’qiyapti" deb yoz. "Bolalar, Ravshan nima deb yozdi?" "Ravshan doskaga nechta so’z yozdi?"-Ikkita. Demak, biz Ravshan yozgan gapdan biror narsani, ya’ni Ravshanning yozganligini bilib oldik shundaymi, gap so’zdan farqli ravishda tugallangan mazmunni bildirar ekan. Gapning oxiriga nuqta qo’yiladi.
3). Hamma daftariga 153-mashqni bajaradi. . 4). Jismoniy daqiqa.
Bolalar hozir biz siz bilan, "Bayroqchalarni aniqla" o’yinini o’ynaymiz. Bolalarga sariq va qizil rangdagi bayroqchalar tarqatiladi.
Men sizga gap aytsam qizil bayroqchani silkitasiz, agarda so’z aytsam sariq bayroqchani silkitasiz.
Dostları ilə paylaş: |