Dam olish daqiqasi (bahor fasli musiqasi yangraydi) Yangi mavzu bayoni O’qituvchi: O’zbekistonning hayvonot olami ham xilma-xil lekin, so’ngi yillarda ularning soni ham, turi ham kamayib ketmoqda. Shu borada noyob o’simlik va hayvonlarni hisobga oluvchi 2 jildli "O’zbekiston Qizil kitobi" nashr ettirilgan. Qizil kitob deyilishiga sabab qizil rang xavfli taqiqlovchi va man qiluvchi kabi ramziy ma’noni anglatadi. Qizil kitobning birinchi jildiga 63 ta umurtqali hayvon turi, 22 ta sut emizuvchilar 31 ta qush 5 ta sudralib yuruvchi hayvon 5 ta baliq turi kiritilgan. "Qizil kitob" ning ikkinchi jiltiga muhofaza qilinishi kerak bo’lgan 400 ta o’simlik turidan 163 tasi kiritilgan. O’zbekistonda tabiatni muhofazaqilish maqsadida qo’riqxon amilliy bog’ va biyurtmalar tashkil etilgan. Mana shunday qoriqxonalardan biri "Zarafshon" qo’riqxonasida sayoxat uyushtirish u yerda biz hayvonlar turlari, qushlar, hashorotlar, dorivor o’simliklari bilan yaqindan tanishib kelganmiz. Bugun esa sizlar bilan Toshkent hayvonot boshdagi hayvonlar bilan tanishamiz.
Toshkent hayvonot bog’i 1920 - yil tashkil etilgan. Hayvonot bog’ida dastlab sut emizuvchilar bo’limi, keyinchalik zaharli ilonlarni o’rganish. Ulardan zahar olish va tibbiyotga doir ilmiy shlar olib boriladi O’quv va amaliy ishlar olib borish uchun katta qiziqish uyg’otuvchi yovvoyi hayvonlarning 300 dan ortiq turi bor. Hayvonot bog’ida chet ellardagi va vatanimizdagi hayvonlarning 1500 turi namoyish etilmoqda. Yosh tabiatshunoslar maydonchalarda yosh hayvonchalarning 22 turini parvarish qilib ularning oziqlanishi xulq atvori va rivojlanishi ustida kuzatib olib boriladi. Hayvonot bog’ida faqat hayvonlarni namoyish etadigan balki u o’quv, ilmiy va tabiatni muhofaza qilish tizimidan iborat markazidir. Video kaseta ko’riladi.
O’qituvchi: Ekalogik ta’lim tarbiya berishda milliy va umuminsoniy fadriyatlardan foydalanish imkiniyati katta. Siz bu haqida hikmatli so’z va hadislardan bilasiz-mi?
O’quvchilar: 1) Yosh bo’l bog’ qil, Qari bo’l bog’ qil.
Sen ekkan daraxtning mevasini sen yemsang kelgusi avlodlaring iste’mol qiladi, buning sababi esa ulug’dir.
Kisilkarga soya beruvchi daraxtni kesuvchi kishi do’zaxtlikdir.
O’qituvchi: Demak, terga, suvga, hayvonlar va nabobatga bo’lgan ijobiy munosabatimizni tiklash orqaligini ona tabiatni asrab qolishimiz mumkin.
Guruh sardorlari: "Qushlarni bilasizmi?", "Hayvonlarni bilasizmi?",mavzusida bosh qotirmalar yechishadi.
Dars yakunida o’quvchilar yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol javoblar qilinadi. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar "5" ballik baho bilan baholanadi.
Uyga vazifa qilib O’zbekiston tabiatini muhofaza qilish xaritasini o’rganib kelish va O’zbekiston qo’riqxonalarini o’rganish.