Kirish Ijtimoiy xizmat – aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi professional faoliyat turi bo‘lib, jamoaviy va individual muhtojlikni aks ettiruvchi muammolarni hal qilishga sotsiologik va psixologik tamoyillarni Amaliy tadbiq etishni taqozo etadi, shuningdek, Ijtimoiy xizmat ijtimoiy va gumanitarfanlar sohasidagi ilmiy yo‘nalish hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarning jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aholining alohida guruh va qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning Aniq mexanizmisiz, aholi ijtimoiy himoyasining maxsus va jamoaviy tuzilmasisiz demokratik jamiyat faqat virtual holda mavjud bo‘lishi lozim.
Fan dasturining maqsadi va vazifalari Talabalar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlariga sotsial hizmat ko‘rsatishning nazariy va amaliy asoslarini o‘zlashtirish fanning asosiy maqsadidir.
Ijtimoiy xizmat instituti shakllanishi tarixi, uning nazariy va metodologik asoslari, aholiga ijtimoiy yordam tashkil etishning vatan va xorij tajribalari bilan tanishish.
«Sotsial xizmat» fanini o‘zlashtirish bo‘lajak sotsiologlarni ijtimoiy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish metodologiyasi va aholiga Aniq ijtimoiy yordamning optimatik shakllari va usullarini tanlay olish malakasiga ega bo‘ladilar.
Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar Talaba bilishi lozim: