Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə37/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Evropa ijtimoiy ta’minot tizimi. Turli mamlakatlardagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi hal etiladigan vazifalarning o‘xshashligiga qaramay, tarixiy shart-sharoit, shuningdek muammolarni hal etishdagi yondashuv va usullardagi farqlarni hisobga olgan holda yuzaga keladi. Evropa mamlakatlaridagi ijtimoiy ta’minot tizimi AQSH ijtimoiy ta’minot tizimidan ijtimoiy siyosat yo‘nalishlarini aniqlash, rejalashtirish, moliyalashtirish va turmushga tatbiq etishda davlatning ishtiroki yuqori darajadaligi bilan farq qiladi.
Bunda Ijtimoiy xizmat larni taqdim etishda o‘z-o‘zini boshqarish mahalliy organlari muhim o‘rin tutadi. Evropa ijtimoiy himoya modelining farqli jihati, jumladan, turli Ijtimoiy xizmat lar va yordam turlari bilan aholini to‘liq qamrab olish hisoblanadi.
Evropa ijtimoiy himoya modeli insonning «tabiiy huquqlari» konsepsiyasi asosidagi umumiy farovonlik davlati nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariyaning asosiy maqsadi fuqarolar uchun hayotiy rejalarni amalga oshirish, ular uchun etarli turmush darajasini yaratish, ijtimoiy tenglik va adolat shakllanishiga intilish uchun deyarli bir xil dastlabki imkoniyatlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Umumiy farovonlik davlati fuqarolarga rivojlangan ijtimoiy yordam tizimini shakllantiradi, tibbiy, ruhiy, yuridik va boshqa hayotiy muhim xizmatlarni ta’minlaydi.
«Umumiy farovonlik jamiyati» tushunchasi Ikkinchi jahon urushidan so‘ng taomilga kirdi. Biroq 70-80-yillar boshida bu nazariya tanqidga uchradi. Buning sababi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va kishilar, ijtimoiy guruhlar va umuman aholi ehtiyojlari o‘zgarishidan iborat. Rivojlangan mamlakatlar etakchi ekspertlarining fikricha, 80-yillarning ikkinchi yarmida G‘arb mamlakatlaridagi ijtimoiy ta’minot tizimi ijtimoiy to‘lov turlari yordamida aholini qamrab olish bo‘yicha qo‘yilgan vazifani bajardi.
90-yillarda iqtisodiy rivojlanishning o‘zgaruvchan sharoitlari, resurslarning cheklanishi ortishi, ishsizlikning yuqori darajasiga bu tizimning moslashuv vazifasi avvalgi o‘ringa chiqdi. Evropa mamlakatlarida ijtimoiy ta’minot tizimi afzalliklari o‘zgarishini balgilovchi omillar orasida tug‘ilishning kamayishi va hayot davomiyligi ortishi natijasida aholining tez qarishi jarayoni kuzatilmoqda.
G‘arbiy Evropa mamlakatlarida yuz berayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar qator davlat ijtimoiy dasturlarining yig‘ilib qolishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiy tushkunlik, byudjetlarning tanqisligi ortishi, ishsiz va kambag‘allar, to‘liqsiz oilalarning soni ortishi, aholining qarishi hamda boshqa omillar davlat ijtimoiy siyosatidagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
SHu bilan birga, hech qaysi G‘arbiy Evropa mamlakati «farovonlik davlati» dan to‘liq voz kechmadi. Bu vaziyat kishilar ongiga davlat muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilishi lozim, degan fikr singishiga sabab bo‘ldi. Turli yo‘nalishdagi siyosatchilar G‘arb mamlakatlari ijtimoiy ta’minot tizimidagi islohotlarning davom etishi zaruratini tan olishga majburlar.
G‘arbiy Evropa mamlakatlari hukumatlari tomonidan «farovonlik davlati» islohoti bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ijtimoiy ta’minot, bu sohadagi korrupsiya va qog‘ozbozlikning kuchayishi bilan bog‘liq moliyaviy yo‘qotishlarga davlat mablag‘lari sarflanishi ustidan qat’iy nazoratni o‘rnatishga yo‘naltirildi. Nodavlat pensiya jamg‘armalari yaratishni moliyalashtirish uchun soliq imtiyozlari taqdim etilmoqda.
Nafaqalarni tayinlashda ularni olishga talabgorlar tekshiriladi, avvalgi ko‘pgina bepul xizmatlar pulli bo‘lib, davlat stipendiyalari zaymlar bilan almashtiriladi. Ba’zi mamlakatlarda pensiya yoshini oshirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi15.
GFR Konstitutsiyasida «ijtimoiy davlat», ijtimoiy yordam atamasi mavjud – bu mamlakatdagi alohida shaxslarning murakkab holatdan chiqishi uchun xizmat qilgan ijtimoiy kafolatlar tizimining asosiy qismi, shu maqsadlar uchun mavjud zarur muassasa va xizmatlar. Ijtimoiy ta’minot tizimidan tashqarida bo‘lgan Ijtimoiy xizmat lar ham ijtimoiy yordam deb ataladi. Umumiy xarakterdagi bu xizmatlar: davlat dotatsiyasi sifatida turar joyga, ko‘p bolali oilalarga - bolalar, kam ta’minlanganlarga – ta’lim olish uchun pul ajratish.
GFRda Ijtimoiy xizmat lar deganda ijtimoiy jihatdan sust himoyalangan aholi qatlamlariga fuqarolarning turmush darajasini tenglashtirishga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatish tushuniladi. Fuqarolar, shuningdek GFRda yashovchi xorijliklar uchun tug‘ilgan vaqtidan e’tiboran kafolatlangan Ijtimoiy xizmat lar tizimi mavjud.
Ta’kidlash joizki, GFRdagi Ijtimoiy xizmat lar notijorat muassasalarida bo‘lgan, ya’ni federal taqsimot jamg‘armasidan moliyalashtiriluvchi xizmatlar hisoblanadi. Germaniyadagi Ijtimoiy xizmat larga xarajatlar byudjetdan ijtimoiy ehtiyojlarga xarajatlarning o‘ndan bir qismini tashkil etadi. Manmunan Ijtimoiy xizmat lar: maslahatli, tibbiy, axborotli, huquqiy, umumiy parvarish bo‘yicha, tashkiliy bo‘lishi mumkin.
Hozir Germaniyada muhtojlarga moliyaviy xizmatlar bilan chegaralanmaydigan ijtimoiy yordam tizimi isloh etilmoqda. Davlat ijtimoiy xodimlar oldiga ijtimoiy yordam turiga ko‘ra, ishsizlarni mehnat bozorida yuz beruvchi jarayonlarga kiritish vazifasini qo‘ymoqda. Ijtimoiy davlatni rivojlantirishning ijtimoiy ta’minot sohasidagi o‘z-o‘zini boshqarish, qarilikni ta’minlash, xayriya yordami tizimini rivojlantirish kabi prinsiplari ham amalga oshirilmoqda.

Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin