a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word
Sotsiologik-mo‘ljalli modellar sotsiologik konsepsiyalar bilan uzviy bog‘liq, u ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari, jamiyatni tarkiblashtirish, uning ijtimoiy institutlarining o‘zaro munosabatini anglashga tayanadi.
Zamonaviy sotsiologik-mo‘ljalli modellar orasida ekologiya nazariyasi («hayot modeli»); ijtimoiy-radikal model, tizimli model yanada keng tarqalgan.
Ijtimoiy ishdagi ekologiya tizimlari nazariyasining asosiy tushunchasi hayot modeli toifasi bo‘ldi.Hayot modeli kishilarni hayotiy faoliyat sub’ekti sifatida ko‘rib chiqadi. Ular o‘zaro munosabatda turmush sharoitining turli-tumanligiga doimiy ravishda moslashadilar, hayotiy tizimlar (kishilar, ularning birlashmalari) atroflaridagi yaxshi muvozanatni saqlab turishga harakat qilishlari lozim.
Bu erda ijtimoiy ishning asosiy maqsadi kishilarning moslashuv qobiliyatlarni kuchaytirish, shuningdek ular atrofidagi munosabat hisoblanadi. Tizimli ekologik yondashuv ijtimoiy ta’minot tizimi va aholini qo‘llab-quvvatlash ishini tashkil etishda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ishni nazariy asoslashning ijtimoiy-radikal modellari inson huquqlari harakati g‘oyalariga asoslanadi. Mazkur yondashuv doirasida quyidagi nizomlar e’lon qilinadi. Birinchidan, ba’zi guruhlar (masalan, yoshlar, ayollar) ijtimoiy ekspluatatsiya qilinuvchi sanaladi. Ikkinchidan, ustun iqtisodiy va ijtimoiy guruhlar bu guruhlarni marginallashtiradi va ularning hayotiy imkoniyatlarini kamaytiradi. Uchinchidan, ijtimoiy institutlar o‘z shakli, qonunlari va boshqaruv asoslarini o‘zgartirmagunga qadar hamma kishilar uchun imkoniyatlarning tengligiga erishib bo‘lmaydi.
Ijtimoiy ishning radikal modeli turli ijtimoiy guruh vakillarining o‘zligini anglashini rivojlantirish va himoyalash modeli sifatida tuziladi. Uning «vakolatlarning taqsimlanishi», ijtimoiy advokatlik singari shakllari asoslanadi. «Vakolatlarning taqsimlanishi» va himoya texnologiyasi turli guruhdagi jabrlangan, rad etilgan mijozlarning ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. SHu bilan birga hukmron tuzilmalar, sinfiy mansublikning ta’sirini hisobga olishga tayaniladi.
Tizimli model.Murakkab turmush vaziyatidagi kishilar ijtimoiy tizimning o‘ziga xos elementi hisoblanadi. Binobarin, kishilarni ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash muammolarini hal etish asosan tizimni takomillashtirish va tartibga solishga tayanishi lozim. Bu erda ijtimoiy xodim vazifalari ikki guruhga differensiatsiyalanadi: bir tomondan, ular kishilarga muammolarni hal etishda yordam bera oluvchi tashkilot va muassasalar faoliyatini qulaylashtirish bilan bog‘liq. Boshqa tomondan, inson salohiyatini o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi tizim sifatida faollashtirish to‘g‘risida gap bormoqda.
Bundan kelib chiqib, tizimlar nazariyasida ikki katta yo‘nalishni farqlash mumkin: asosan mijozga yordam ko‘rsatishga qaratilgan-funksionalizm; ijtimoiy xodim va mijoz hamda mijozning shaxs sifatida rivojlanishiga yordam beruvchilar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarga asosiy o‘rin beriluvchi-konstruktivizm.
Bunda ijtimoiy ish bir butun tizim sifatida ko‘rilib, uning elementlari alohida amal qilib, butun birlikni tashkil etadi. Bunday elementlardan biri mijozning ijtimoiy doirasi hisoblanadi, shuning uchun tizimlar nazariyasida ekologiya nomini olgan modeli farqlanadi.
Ijtimoiy ishning ruhiy-mo‘ljalli modellari ruhiy bilimlar, ruhiy mavqe va insonni rivojlantirishga tayanadi. Bu guruh orasida ruhiy-dinamik va kognetiv-bixevioral modellarni farqlash mumkin.
Ruhiy dinamika modellari ijtimoiy ishda Z.Freydning ruhiy tahlilning klassik nazariyasi: ruhiyatning tuzilishi to‘g‘risidagi, farzandning ruhiy rivojlanishi to‘g‘risidagi, ruhiy nomutanosibliklar va ularni davolash to‘g‘risidagi g‘oyalariga tomon rivojlanadi. Ruhiy tahlil nazariyasi individual ijtimoiy ishning mijozni individuallashtirish, yuzaga kelgan muammoni baholash, uning tashxisi, yordamning davolash texnologiyalaridan foydalanish singari prinsiplariga asos soldi. SHu tarzda individuallashtirilgan hodisalarni ko‘rib chiqishning asosiga aylandi.
Ijtimoiy ishning ruhiy dinamika modeli, birinchidan, fe’l-atvor, qarashlar, ichki dunyosiga ta’sir etish vositasida mijozning munosabatlarini tuzatishga yordam beradi. Ikkinchidan, mijozning ijtimoiy-iqtisodiy holati, uning ijtimoiy-ierarxiyali guruhlar tizimidagi mavqei, asosiysi esa aloqador guruh, mijozning yashovchi muhitdagi munosabatlar dinamikasini hisobga oladi. Uchinchidan, muayyan yordamni amalga oshirish jarayonida foydali bo‘ladi.
Ijtimoiy ishning asosiy prinsiplaridan biri kognetiv-bixeviorial modellar unga muhtojlarga qulay bo‘lgan Ijtimoiy xizmat lar hisoblanadi. Bu model o‘rganish nazariyasiga asoslanib, insonning kuzatilayotgan xatti-harakati, ijtimoiy muhitga nisbatan uning faolligiga e’tiborni qaratadi. Bu nazariya nuqtai nazaridan o‘rganish yo‘li bilan inson istalgan tajribaga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy xodim oldida turgan vazifa xoli bo‘lish lozim bo‘lgan fe’l-atvorni belgilash, istalgan yangi fe’l-atvorni aniqlash va insonning fe’l-atvorini mustahkamlash imkonini beruvchi va shakllantiruvchi mustahkamlash tartiblarini belgilashdan iborat. Bu vazifalar insonning doirasini yaratish sharti bilangina bajarilishi mumkin, unda istalgan adaptiv yoki ijtimoiy fe’l-atvorga rioya etishda insonning «yaxshi hayot» ga erishishi imkoni tug‘iladi41.
Ta’sir esa o‘rganish shartlarini o‘zgartirish, harakat va tajribani tushunishning yangi shakllarini o‘rganishga yo‘naltirilishi lozim. Bu texnologik jihatdan harakatlarning ijtimoiy xodim va mijoz uchun to‘liq ishlab chiqilgan sxemalari yordamida amalga oshiriladi.