Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə55/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

SHu maqsadda, odatda, oila yaratishga intiluvchi yoshlar, shuningdek oiladagi juftlikning o‘zaro munosabatlari murakkab majmuining umidlari, qarashlari, qadriyat va sabablari tadqiq etiladi. Ijtimoiy ishning asosiy ob’ektlari ob’ektiv yoki sub’ektiv sabablarga ko‘ra, ijtimoiy holati murakkablashgan yoki buzilgan, ularning turmushi esa oila sifatida xavf ostida bo‘lgan oilalar hisoblanadi.

Sotsiolog, yoshlarni o‘rganishda, ijtimoiylashtirish, ong va fe’l-atvor, vorislik jarayoni va katta avlod bilan o‘zaro munosabat xususiyatlarini farqlaydi. Ijtimoiy xodimni yoshlarning mehnat va ish bilan bandlik sohasidagi huquqlari, kafolatlari, hayot yo‘lini ijtimoiy jihatdan oldindan belgilashga asoslangan an’anaviy ijtimoiylashtirish shakllari buzilishi va hokazolar qiziqtiradi.

YUqorida ta’kidlanganidek, murakkab turmush sharoitidagi doimiy yordamga muhtoj kishilar ijtimoiy ish ob’ekti hisoblanadi. Ijtimoiy ish ob’ekti, hatto keng ma’noda izohlanganda ham, sotsiologiya ob’ektidan farqlanadi, chunki bu erda ijtimoiy himoya, qo‘llab-quvvatlash va yordamga muhtoj ob’ektlar to‘g‘risida gap boradi.

YOndashuvlardagi farqlarga qaramay, sotsiologiyaning ijtimoiy ish bilan o‘zaro aloqasi yaqqol ko‘rinadi. Bu sotsiologiyaning ijtimoiy ishga nisbatan uslubiy ahamiyati to‘g‘risida fikr bildirish imkonini beradi. Bu jihat ikki ijtimoiy fan o‘rganuvchi hodisalarning mazmun va mohiyatini tahlil etishda aniq namoyon bo‘ladi.

Sotsiologiya va ijtimoiy ish hamma narsani kishilarning manfaatlari, ehtiyojlari, umidlari, afzallik va kayfiyatlari nuqtai nazaridan tahlil qiladi. Sotsiolog va ijtimoiy xodim siyosat yoki ta’lim, demografiya yoki gerontologiya muammosiga kishilarning jamiyat mavjudotlari sifatidagi manfaatlari, ularning sharoit va umidlari nuqtai nazaridan qaraydi.

SHu tarzda, ijtimoiy ish va sotsiologiya ob’ektlarining fan sifatida mosliligi va mos emasligi kuzatiladi. U, sotsiologiyada, ayniqsa, ijtimoiy ish tor ma’noda ko‘rib chiqilganda hamda aholi guruhlarini o‘rganishni hisobga olgan holda, ikkala fan ob’ektlari qiyoslanganda sezilarlicha kengroqdir44.


Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin