Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə54/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Mazkur adabiyot muammosi bo‘yicha mavjud nashrlarni umumlashtirish va tahlil qilish sotsiologiyaning ijtimoiy ishga ta’sir etishning asosiy: uslubiy, nazariy, ta’limiy va amaliy yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi42.


Nazariy sotsiologiya va ijtimoiy ish. Sotsiologiya va ijtimoiy ishning uzviy aloqasi ikki fan, ularning vazifa va masalalarini o‘rganish ob’ekti va predmetini ko‘rib chiqishning nazariy jihati yaqqolroq namoyon bo‘ladi. SHu tarzda, ko‘pgina olimlar jamiyat, jamoatchilik munosabatlarining hamma turlarini umumiy o‘rganishda sotsiologiya, avvalo, jamiyatdagi jarayonlarning ijtimoiy jihatlari, ijtimoiy hodisalar, shu so‘zning o‘z va tor ma’noda ijtimoiy munosabatlarni tadqiq etishga e’tibor qaratadilar. u ijtimoiy munosabatlar kishilarning hayotiy faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Sotsiologik bilish uchun kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar, kishilarning o‘zaro moslashuv qonunlari tabiatini anglashga intilish xarakterlidir. Bu erda ijtimoiy hayotning o‘ziga xos «tamal toshlari» ni o‘rganish haqida so‘z borib, ulardan alohida jamoatchilik munosabatlari yuzaga keladi.

Sotsiologiya ba’zi kichik tizimlar (oila sotsiologiyasi, yoshlar sotsiologiyasi, deviant fe’l-atvor sotsiologiyasi va hokazolar) ichida yuz beruvchi jarayonlarni ularning jamiyatning umumiy amal qilish bilan aloqasi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Boshqacha atganda, xususiy ijtimoiy hodisalarning umumiy, jamiyatga munosabati yuz beradi. Amerika sotsiologi T.Parsons sotsiologik yondashuvning bu xususiyatiga e’tibor bergan holda ta’kidlaydiki, sotsiologiya boshqa fanlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy tizimlar, umuman jamiyatning «integratsiyaga aloqador tuzilma va jarayonlarni o‘rganadi»43.

SHu tufayli jamiyat, aniqrog‘i, integratsiyaga urg‘u, sotsiologik tahlilda alohida ijtimoiy jarayonlarda yuz beruvchi hodisalar mazmunini o‘ziga xos aniqlovchi sifatida mavjud bo‘ladi. Oilani tadqiq etuvchi sotsiologni oilani yaratish, unng rivojlanishi, amal qilishi, mustahkamlanishi, emirilishiga olib keluvchi jamoatchilik ongi va xatti-harakati elementlari yig‘indisi qiziqtiradi.


Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin