Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə62/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi
(2 soat)

Ish jarayoni vaqti

Faoliyatning mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich.
Kirish (10 min.)

1.1. O‘quv mashg‘uloti mavzusi, maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi.

Mavzu nomini yozib oladi.

1.2. Tinglovchiga mavzu bo‘yicha tarqatma materiallarni tarqatadi.

Tinglaydi.

1.3.Mavzu bo‘yicha maruza mashg‘ulotlarining tayanch iboralarini va ma’ruza rejasiga izoh beradi

Tinglaydi, yozib oladi.

1.4. Doskaga tinglovchilar tomonidan aytilgan fikrlarni yozib boradi.

Tinglaydi, tushunchalarni sanab beradi va savollar beradi.

2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)

2.1. Mavzu rejasining 1-savoli bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda tushunchaning mohiyati shakllantiriladi va tahlil qilinadi.

Tinglaydi.

2.2. Ma’ruza rejasining 1-4 savollari bo‘yicha tushuntiradi, har bir savolni nihoyasida umumlashtirib boradi. Mavzuni yoritish davomida faollashtiruvchi savollar beradi. Savollarga berilgan javoblar tinglanadi, umumlashtiriladi, keltirilgan misollar tavsiflanadi, savol xulosalanadi.
Mavzuning asosiy qismlariga e’tibor qaratadi va kerakli joylarini yozib borishni ta’kidlaydi. Har bir savol yakunida xulosalanadi.

Tinglaydi, yozib oladi, fikr bildiradi, savol beradi.

3-bosqich.
YAkuniy
(10 min.)

3.1. Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosa qilinadi.

Tinglaydi.

3.2. Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.

O‘zini qiziqtirgan savollarni beradi.

3.3. Mavzu buyicha mustakil o‘rganish uchun topshiriqlar beradi.

Topshiriklarni yozib oladi.

3.4. Amaliy mashg‘ulotda o‘tiladigan mavzuni rejasi bilan tanishtiradi. Tayyorlanib kelish uchun topshiriqlar va tavsiyalar beradi.

YOzib oladi.

8. MAVZU: BOLALARGA QARATILGAN SOTSIAL XIZMAT
REJA:

  1. Ijtimoiy «zaif» bolalar ijtimoiy yordam oluvchi o‘ziga xos kategoriya sifatida.

  2. Bolalar bilan ishlash tamoyillari.

  3. Ijtimoiy zaif bolalar.

  4. Bolalikni himoya qilishning huquqiy va moddiy-iqtisodiy asosi.

  5. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlovchi Ijtimoiy xizmat lar

M a q s a d: Amaliyot ta’lim olayotganlarni “ijtimoiy ish” kasbining turli ixtisosliklari bilan tanishtiradi, turli sohalar, yo‘nalishlar, muassasalar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan aholining turli toifalari bilan tanishish uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilinsa manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda ixtisoslashgan ijtimoiy-pedagogik guruhlarning bitiruvchilarini ishga joylash masalasini hal qilish mumkin. Tashkil qilinayotgan ekskursiyalar, mutaxassislar bilan uchrashuvlar, “davra suhbatlar”, ta’lim olayotganlarning Ijtimoiy xizmat dagi yordamchilik roli, ish va xizmat o‘yinlari tanlangan kasbni va uning o‘ziga xosliklarini chuqurroq anglash uchun imkoniyat yaratadi.
Quyidagi bolalar bilan ish olib borish mumkin:
maktabgacha yoshdagi (oilada va maktabgacha tarbiya muassasasida);
maktab yoshidagi (oilada, umumta’lim muassasasida, bolalarga qo‘shimcha ta’lim berish muassasasida, jamoat tashkilotida va aholining bandligi xizmatida);
nogironlar bilan (oilada aholini ijtimoiy muhofazalash muassasasida, tibbiy muassasada);
deviant xulqli (oilada, voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha inspeksiyada, qabul qilish-taqsimlash muassasalarida, tergov izolyatori va koloniyalarda);
tanglik vaziyatlariga tushib qolganlar bilan (oilada, ijtimoiy muhofaza va reabilitatsiya muassasasida).
Vazifalar:
bolalarning hayot sharoitlari bilan tanishish, bolalarni kuzatish, bola bilan, ota-onalar bilan, tarbiyachilar bilan suhbat qilish. Bolalarning ijodiy ishlarini (rasmlarini, yasagan narsalarini, she’rlari va boshqalarini) o‘rganish;
ma’muriyat bilan, muassasa pedagoglari bilan suhbat;
bolalar, ota-onalar, pedagoglar uchun anketa va testlar tanlash;
bolaning oilasiga borish, ota-onalar va qarindosh-urug‘lari bilan suhbat o‘tkazish;
dastlabki tashxis natijalarini amaliyot rahbari bilan va “davra suhbati”da muhokama qilish;
bolalar bilan o‘yin mashg‘uloti tayyorlash va o‘tkazish;
ota-onalar bilan mavzuli majlisni tayyorlash;
muayyan bolaga ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosadiganlar) pedagoglar, psixologlar, Ijtimoiy xizmat , oilaviy va yoshlarning bandlik xizmatlari mutaxassislari, jamoat birlashmalari va boshqalar bilan o‘zaro muloqot o‘rnatishda ko‘maklashish;
bolalarning, yoshlar va kattalarning ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirishga, ijtimoiy loyiha va dasturlarni amalga oshirishga, ularni ishlab chiqish va tasdiqlashda ishtirok etishga yo‘naltirilgan turli ijtimoiy ahamiyatga oid faoliyatlarini tashkil qilish.
Natijalar:
amaliyotni o‘tash individual rejasi;
bolaning tavsifnomasi;
tadbir ssenariysi;
ijtimoiy ahamiyatga molik dastur yoki loyiha;
ijtimoiy-pedagogik amaliyot kundaligi;
muassasa rivojlanishining istiqbolli dasturi;
pedagoglar va ota-onalarga tavsiyalar;
jamoa bo‘lib devoriy gazeta chiqarish.

Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin