a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word
Qarovsiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish Fuqarolar urushi, Ulug‘ Vatan urushi va urushdan keyingi yillarda bo‘lgani singari oxirgi o‘n yillikda ham qarovsiz bolalar muammosi paydo bo‘ldi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi Rossiyada 2 milliondan ortiq qarovsiz bolalar bor. Bolalarni uydan qochib ketishga ba’zan xayolparastlik va kuchli taassurotlar olishga intilish undaydi. Biroq, oilaviy beqarorlikni chuqurlashtirib yuboradigan ijtimoiy beqarorlik davrlarida bolalarning uydan ketib qolishi unchalik oz uchraydigan hodisa emas va u ijtimoiy-iqtisodiy hamda ijtimoiy-pedagogik sabablarga ega.
Etti yoshgacha bo‘lgan bolalar amalda uydan ketib qolishmaydi. 7-9 yoshlarda esa bu hol odatda, ota-onalarning pedagogik layoqatsizligi, ba’zan esa bolalarning ortiqcha muloqotmandlikka intilishi sababli yuz beradi. Bolalarning uydan qochib ketish hollari 10-13 yoshlarda juda ko‘p yuz beradi. Buning sabablari esa ular haqida ota-onalarning etarli g‘amxo‘rlik qilmasliklari, ularni tez-tez so‘kish, arzimas sabablar tufayli jazolash bo‘lishi mumkin.
Qochib ketishga undaydigan asosiy narsalar quyidagilar: ijtimoiy notinch oilalarga mansublik, ota-onalar uchun uyalish (masalan, alkogoliklar, atrofdagilar bilan o‘zini noto‘g‘ri tutadigan ota-onalar uchun va h.k.); ota-onalarning o‘z bolalari maktabda uchragan qiyinchiliklarga befarqligi. Mana shunday vaziyatlardan chiqishning to‘g‘ri yo‘li ko‘pincha o‘qituvchilar va ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Ularning burchi bolaning xulq-atvoridagi noma’qulchiliklarni sezgandan keyin maktabda uning atrofida, muloqotning norasmiy muhitida (turli kampaniyalarda, hovlidagi yoshlar birlashmalarida va boshqa joylarda) yuz berayotgan hodisalarni chuqur tahlil qilishdan iborat. Ijtimoiy xodim har qanday nizo sharoitida bola va uning oilasi tarafini olishi, ularni qat’iy qo‘llab-quvvatlashi zarur.
Bolalarning uydan qochib ketishi do‘stlari ta’sirida yuz berishi mumkin. Bunday hollarda o‘smirning daydilik turmush tarziga chek qo‘yishdan tashqari oilada, o‘quvchilar jamoasida, jamoat tashkilotida ishtirok etishning jozibali bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Ijtimoiy xodim bolaning hovlidagi do‘stlari orqali u qatnayotgan joylarni o‘rganishi, u erda yashayotgan daydi bolalar bilan aloqa o‘rnatishi mumkin.
O‘smirlar qadrdon uyini ota-onalarning ortiqcha nazorati va avtoritar uslubi tufayli tashlab ketishi mumkin. Bunga sayohatlarga bo‘lgan intilish ham qo‘shiladi. Bunday hollarda o‘smir qochib ketish marshrutini oldindan o‘ylab qo‘yadi, zarur narsalar va ba’zi oziq-ovqatlar tayyorlab qo‘yiladi, sheriklar izlanadi. Ko‘pincha uydan yuqori faol xulq-atvorga ega bo‘lgan bolalar qochib ketishadi. Bunday hol bolaning haddan tashqari harakatchanligi va g‘ayrati kattalarning salbiy reaksiyasiga sabab bo‘ladi va nizoga olib keladi. Bundan tashqari, daydilik ularning faolligi va tashabbuskorligi uchun keng imkoniyat ochib beradi. Bunday bolalar uydan qochib ketishining oldini olish uchun ularni ijtimoiy foydali, qiziqarli va faollik talab qiladigan tadbirlarga jalb etish lozimki, ular o‘zlarining g‘ayrati, tirishqoqligi, topqirligini foydali ishlarda namoyon qila bilsin.
O‘quv predmetlari bo‘yicha yaxshi ulgurmayotgan bolalarning qochib yurishi uzoqroq davom etadi. Uyatchan, kamsuqum o‘quvchilarning uydan ketib qolishi ko‘pincha kattaroq yoshdagi va tajribali do‘stlari ta’sirida yuz beradi.
Rossiyada so‘nggi yillarda o‘smir-bomjlarning anchagina miqdori paydo bo‘ldi. Ko‘pincha ular jinoyatchi tashkilotlar tomonidan o‘g‘irlab ketiladi, ulardan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishidagi qullarcha mehnatda, stixiyali bozorlarda foydalaniladi, ular bolalar fohishaligiga va giyohvandlikka tortiladi, bu esa OITS epidemiyasi tarqalishi ehtimolini oshirib yuboradi. Rossiyadagi har bir shaharda qarovsiz bolalardan foydalanadigan mafiya tuzilmalari mavjud. YAna bir xavf - bir burda non ilinjida amalga oshirilgan bezorilik, mayda o‘g‘irlik, bosqinchilik va qalloblikdir. Ijtimoiy xodim maktabdan chetda qolgan bolalarni nazardan qochirmasligi, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishi zarur.
Qarovsiz bolalar uchun qabul qilish-taqsimlash muassasalari tashkil etilib, ularning bosh vazifalaridan biri qarovsizlik va bolalar o‘rtasidagi qonunga xilof hatti-harakatlarning oldini olishdir. Qabul qilish-taqsimlash muassasasi tashlab ketilgan; adashib qolgan, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslar otalig‘isiz qolgan; balog‘atga etmaganlarning ishi bo‘yicha komissiyalarning qaroriga ko‘ra yuborilgan; oilalarni tashlab ketgan; bolalar uylari, maktab-internatlar, maxsus maktablar va kasb-hunar bilim yurtlaridan o‘zboshimchalik bilan ketib qolgan bolalar bilan shug‘ullanadi.