Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə67/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi
(4 soat)



Ish jarayoni vaqti

Faoliyatning mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich.
Kirish (10/10 min.)

1.1. O‘quv mashg‘uloti mavzusi, maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi.

Mavzu nomini yozib oladi.

1.2. Tinglovchiga mavzu bo‘yicha tarqatma materiallarni tarqatadi.

Tinglaydi.

1.3.Mavzu bo‘yicha maruza mashg‘ulotlarining tayanch iboralarini va ma’ruza rejasiga izoh beradi

Tinglaydi, yozib oladi.

1.4. Doskaga tinglovchilar tomonidan aytilgan fikrlarni yozib boradi.

Tinglaydi, tushunchalarni sanab beradi va savollar beradi.

2-bosqich.
Asosiy
(60/60 min.)

2.1. Mavzu rejasining 1-savoli bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda tushunchaning mohiyati shakllantiriladi va tahlil qilinadi.

Tinglaydi.

2.2. Ma’ruza rejasining savollari bo‘yicha tushuntiradi, har bir savolni nihoyasida umumlashtirib boradi. Mavzuni yoritish davomida faollashtiruvchi savollar beradi. Savollarga berilgan javoblar tinglanadi, umumlashtiriladi, keltirilgan misollar tavsiflanadi, savol xulosalanadi. Mavzuning asosiy qismlariga e’tibor qaratadi va kerakli joylarini yozib borishni ta’kidlaydi. Har bir savol yakunida xulosalanadi.

Tinglaydi, yozib oladi, fikr bildiradi, savol beradi.

3-bosqich.
YAkuniy
(10/10 min.)

3.1. Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosa qilinadi.

Tinglaydi.

3.2. Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.

O‘zini qiziqtirgan savollarni beradi.

3.3. Mavzu buyicha mustakil o‘rganish uchun topshiriqlar beradi.

Topshiriklarni yozib oladi.

3.4. Amaliy mashg‘ulotda o‘tiladigan mavzuni rejasi bilan tanishtiradi. Tayyorlanib kelish uchun topshiriqlar va tavsiyalar beradi.

YOzib oladi.

9. MAVZU: NOGIRONLARGA QARATILGAN SOTSIAL XIZMAT
REJA:

  1. Nogironlik sohasidagi ijtimoiy siyosat

  2. O‘zbekiston Respublikasining nogironlar xuquqlarini himoya qiluvchi qonunlar.

  3. Nogironlar integratsiyasining ijtimoiy shart-sharoitlari.

  4. Nogironlarga qaratilgan sotsial xizmatning vazifalari.

  5. Ijtimoiy – tibbiy yordam. Moslashish va xizmat ko‘rsatish malakalarini shakllantirish.

  6. Psixologik reabilitatsiya.

Hozirgi kunda dunyoda 500 000 000 dan ortiq nogironlar bor. Ularning muammolari bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1950 yilda shug‘ullana boshladi, - o‘shanda BMTning Iqtisodiy-Ijtimoiy Kengashi (EKOSOS) “Jismoniy kamchiligi borlarni ijtimoiy readaptatsiya qilish” rezolyusiyasini qabul qildi, unda nogironlarning huquqlarini himoya qilish muammosi birinchi marta global vazifa sifatida olg‘a surildi. 1965 yilda EKOSOS “Nogironlarning mehnat layoqatini tiklash”, 1971 yilda esa aqliy qoloq shaxslarning huquqlari Deklaratsiyasini qabul qildi, bu hujjatlarda ularning tegishli tibbiy xizmat va davolashga, ta’lim, o‘qish, mehnat layoqatini tiklash va homiylikka bo‘lgan huquqlari ko‘rsatib o‘tildi.
1975 yilda BMT Bosh Assambleyasining XXX sessiyasida nogironlarning huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiya tasdiqlandi. Uning asosiy qoidalari.
“Nogiron” iborasi mustaqil ravishda o‘zining me’yoriy shaxsiy va ijtimoiy hayotga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laligicha yoki qisman jismoniy va aqliy qobiliyatlaridagi (tug‘ma yoki tug‘ma bo‘lmagan) kamchiliklar tufayli ta’minlay olmaydigan har qanday shaxsni anglatadi.
Nogironlar foydalanadigan huquqlar hech qanday istisnolarsiz irqiy belgisi, terisining ranggi, jinsi, tili, e’tiqodi, siyosiy yoki boshqa qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, tug‘ilishi yoki boshqa har qanday omil, nogironlik faqat uning o‘ziga yoki oilasiga oidligidan qat’iy nazar, farqlash va diskriminatsiyalarsiz barcha nogironlarga taalluqli deb e’tirof etilishi lozim.
Nogironlar tibbiy, ruhiy yoki funksional davolanishga, shu jumladan, protez va ortopedik jihozlarga, sog‘ligi va jamiyatdagi mavqeini tiklashga, ta’limga, kasbiy tayyorgarlikka, mehnat layoqatini tiklashga, yordamga, maslahatlarga, mehnatga joylashish bo‘yicha xizmatlarga va ular o‘zlarining imkoniyatlari va layoqatlarini maksimal darajada namoyon qilish va ijtimoiy integratsiya va reintegratsiya jarayonlarini tezlatishga ko‘maklashadigan barcha xizmat turlarini olish huquqiga ega.
Nogironlar o‘z oilalari sharoitida yoki ularning o‘rnini bosadigan sharoitda yashash, ijod qilish yoki hordiq chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etish huquqiga ega. Nogironning maxsus muassasada turish zarurati bo‘lsa, u erdagi muhit va hayot sharoitlari uning yoshidagi shaxslar me’yoriy hayoti sharoitlariga imkon boricha ko‘proq mos kelishi lozim.
Nogironlar o‘z shaxsi va mulkini himoya qilish uchun malakali huquqiy yordam olish imkoniga ega bo‘lishlari lozim.
1982 yilda nogironlikning oldini olish maqsadlaridagi tadbirlarga samarali ko‘maklashadigan, nogironlarning mehnat layoqatini tiklashga va ijtimoiy hayot va taraqqiyotda adolat va teng ishtirok etish tamoyilini amalga oshirishga yo‘naltirilgan nogironlarga nisbatan Umumjahon dasturini qabul qildi.
Nogironlikning oldini olish jismoniy, aqliy va sensor kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini mutlaqo yo‘q qilishga yoki kamchilikning barqaror funksional cheklovga o‘tishi oldini olishga yo‘naltirilgan tadbirlarni anglatadi.
Adolat tamoyilining yoki teng imkoniyatlar tamoyilining amalga oshirilishi jismoniy va madaniy muhit, turmush sharoiti va naqliyot, Ijtimoiy xizmat lar va sog‘liqni saqlash xizmatlari, ta’lim, ish, madaniy va ijtimoiy hayotga, shu jumladan, sport va hordiq olish sharoitlarini olishni yaratishga ko‘maklashadigan jamiyatning umumiy tizimlari barcha uchun baravar ochiq qilinadigan jarayonni anglatadi.
Umumjahon harakatlar dasturida nogironlarning barcha darajadagi qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish, o‘zlarining manfaatlarini ifoda etadigan tashkilotlar tuzish imkoniyatlari bo‘lishi lozimligi ta’kidlanadi.

Nogironlar bilan ijtimoiy ish olib borish


Nogironlar bilan ijtimoiy ish olib borishning bosh natijasi uning sog‘lom odamga xos bo‘lgan ijtimoiy funksiyalarni bajarishga layoqatli holatga kelishidir. Ijtimoiy funksiya deganda, (ularni ijtimoiy ko‘nikmalar, deb ham atashadi) mehnat faoliyati, ta’lim, o‘qish, yozish, harakatlanish va kommunikativ layoqatlar va h.k. Boshqa odamlar ijtimoiy ko‘nikmalarni minimal rasmiy ta’lim natijasida egallashlari mumkin bo‘lgani holda nogironlar bu ko‘nikmalarni batafsil va muntazam o‘rgatishga muhtoj bo‘ladilar. Bosh maqsad - nogironni bolalikdan harakatga va ijtimoiy ko‘nikmalarga savodxonlik asoslari va hisobga (masalan, kiyinish, yuvinish, oshxona jihozlaridan foydalanish, pul bilan muomala qila bilish, savdo-sotiq qilish va ovqat tayyorlash, telefondan, transport vositalaridan foydalanishga va h.k.) o‘rgatishdir. Maktab yoshidagi nogiron bolalar tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya vositasida akademik fanlarni o‘rganish va mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Nogironlar bilan ijtimoiy ish olib borish va ularni reabilitatsiya qilish ijtimoiy siyosatda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda reabilitatsiya tadbirlari majmuini amalga oshirish va hordiq chiqarish uchun barcha sharoitlar mavjud bo‘lgan kunduzgi statsionarlar tashkil etilgan.
Nogironlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasini amalga oshiruvchi Ijtimoiy xizmat lar quyidagi asosiy tamoyillarga amal qiladi: reabilitatsiya tadbirlarini imkon boricha ertaroq o‘tkazish; ularni o‘tkazishning uzluksizligi va bosqichma-bosqichliligi; reabilitatsiya dasturlarining kompleksligi, ya’ni tibbiy, pedagogik, psixologik, kasbiy, ijtimoiy-maishiy, texnik jihatlarning uyg‘unlikda olib borilishi; reabilitatsiya tadbirlari hajmi, xarakteri va yo‘nalishini aniqlashda individual yondashuv. Bunga muassasalarda turli kasb egalari (vrachlar, pedagoglar, psixiatrlar, ijtimoiy xodimlar, logopedlar, mehnat terapevtlari, protezlash bo‘yicha texniklar, kasbiy ta’lim bo‘yicha mutaxassislar va boshqalar)ni jamlash, shuningdek, tegishli jihozlarni ta’minlash orqali erishiladi.
Kasbiy ta’lim berish yoki qayta ta’lim berish maqsadida turli mintaqalarda kasbiy reabilitatsiya yoki bo‘lmasa reabilitatsiya markazlarida tegishli yo‘nalishdagi bo‘linmalar tashkil etilgan. Ishga joylash uchun esa maxsus korxonalar yoki engillashtirilgan rejimdagi, kasanachilik mehnatini qo‘llaydigan maxsus jihozlangan sexlardan foydalaniladi.
Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishda nogironni faqatgina ijtimoiy muassasa, ambulatoriya, sanatoriya sharoitidagina emas, balki turar joyida ham nogiron bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga yordam ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Bunday oilalarda ko‘plab muammolar, jumladan, tibbiy, iqtisodiy, bolani tarbiyalash va unga qarash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar, bolaning og‘ir xastaligi va u bilan tegishli muloqot o‘rnatishga oid muammolar, maxsus jihozlar sotib olish, ijtimoiy-kasbiy muammolar (nogiron bola manfaatlaridan kelib chiqib ish joyi va mehnat xarakterini o‘zgartirish, oilada tegishli turmush tarzini shakllantirish), ruhiy muammolar va boshqalar vujudga keladi.

Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin