Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə56/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Ikkala fan tushunishdagi farqlar ularning predmetini izohlashda ham kuzatiladi. Asosan bu differensiatsiya sotsiologiya va ijtimoiy ish qonuniyatlarini ta’riflashdan iborat. Sotsiologiya qonuniyatlarni ijtimoiy ishning fan sifatidagi qonuniyatlariga nisbatan yanada asosli o‘rganadi.

Sotsiologiya fani qonuniyatlarining asosli xarakteri turli sotsiologik konsepsiyalar, maktablar va oqimlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu erda nazariy sotsiologiya ijtimoiy ishga nisbatan uslubiyat sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, ijtimoiy ishdagi nazariy bilimlarning sezilarli qismi sotsiologiya nazariyasidan kelib chiqqan.

Ijtimoiy ishdagi keng tarqalgan va ta’sirchan yo‘nalishlar qatoriga, odatda, sotsiologiyada O.Kont, J.S.Mill, G.Spenserlar asos solgan klassik pozitivizm yo‘nalishi kiritiladi. Sotsiologiyadagi pozitivizmning asosiy intilish jamiyat to‘g‘risidagi ongli fikrlardan voz kechish, tabiiy fanlar nazariyalari singari asosli va umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan «pozitiv» ijtimoiy nazariyani yaratishga intilish hisoblanadi45.

SHu munosabat bilan klassik pozitivizm spekulyativ nazariylashtirishni jamiyatdagi jarayonlar tahlilining qiyosiy tarixiy-sotsiologik usuli, kuzatish usullariga qarama-qarshi qo‘yishga intildi.


6-MA’RUZA



6-mavzu

Ijtimoiy xizmat aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida

(2 soat)
Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi

Vaqti – 2 soat

Talabalar soni:

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ko‘rgazmali-tematik ma’ruza

Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi

1. Ijtimoiy xizmat sohasida halqaro institutsional mexanizmlar.
2. Ijtimoiy siyosat sohasida xalqaro huquqiy mexanizmlar.
3. Aholining “zaif” qatlamlari



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga ijtimoiy ish va ijtimoiy himoya tizimining uzviyligi, uning tarixiy zaminlarini yoritib berish



Pedagogik vazifalar:

  • Ijtimoiy xizmat sohasida halqaro institutsionalizm mexanizmlari haqida tushuncha berish;

  • Ijtimoiy siyosatning mazmun mohiyatini tushuntirish va ma’lumot berish;

  • Aholining zaif qatlamlari va ularga ko‘rsatiladigan yordam haqida ma’lumot berish;

  • O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya siyosati va uning amaldagi ko‘rinishlari haqida to‘liq ma’lumot berish.


O‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba:

  • Ijtimoiy xizmat sohasida halqaro institutsionalizm mexanizmlari haqida ma’lumot bera oladi;

  • Ijtimoiy siyosatning mazmun mohiyatini tushuntirib bera oladi;

  • Aholining zaif qatlamlari va ularga ko‘rsatiladigan yordam haqida ma’lumot bera oladi;

  • O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya siyosati va uning amaldagi ko‘rinishlari haqida to‘liq ma’lumot bera oladi.


O‘qitish uslubi va texnikasi

Ma’ruza, aqliy hujum, bayon qilish

O‘qitish vositalari

Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar

O‘qitish shakli

Jamoaviy ishlash, auditoriya bilan ishlash

O‘qitish shart-sharoiti

Texnik ta’minlangan auditoriya

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat, savol-javob, reyting tizimi asosida baholash


Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin