Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə48/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Ijtimoiy ishning majmuaviy-mo‘ljalli modellari insonning biologik-ruhiy-ijtimoiy mavjudot sifatidagi hayotiy quvvatini himoyalash va qo‘llab-quvvatlash muammolarini to‘liq yuritishga tayanadi. Bu modelning namunasi ruhiy va sotsiologik bilimlarning (YA.Moreno, Dj.G.Mid) integratsiyasiga ko‘ra tuzilgan rolli modeldir. Bunday yondashuv, avvalo, shaxsni tushunish, mijozni o‘zini tutishga o‘rgatish va avvalgi tajribani hisobga olgan holda rivojlanishga asoslanadi, hayotdagi shaxsiy o‘rni to‘g‘risidagi tassavvurni shakllantiradi.

Kuchli tomonlar va resurslarni taqsimlash nazariyasi modeli insonning kuchli tomonlarini o‘z resurslarini faollashtirish va o‘zgarishga yordam berish uchun foydalanadi. Mijoz va ijtimoiy xodim orasidagi to‘siqni ijtimoiy xodimga sherik roli berish bilan kamaytirish imkonini beradi, mijozlar foydalanuvchi stigmatlashtirilgan atamalardan foydalanishning oldini oladi.

Ijtimoiy ishga nisbatan nazariy yondashuvlar orasidagi farqlarga qaramay, amaliyot, avvalo, turli modellarning umumiy xususiyatlarini aniqlaydi. Ijtimoiy ishning ba’zi nazariy asoslari ijtimoiy ish mazmuniga ta’sir etadi, ishonchli ijobiy natijalar berishi mumkin. Ijtimoiy xodim o‘z shaxsiy xususiyatlari va tajribasini hisobga olgan holda amalga oshiruvchi ish uchun to‘g‘ri keluvchi nazariyalarni juda yaxshi tasavvur etishi lozimligi asosiy shart hisoblanadi.

Ijtimoiy ish usullari. Bu usullar ijtimoiy ishni amalga oshirish imkonini beruvchi qoidalarning tizimli to‘plamini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy himoya tizimidagi ijtimoiy ishning asosiy usullari individual, guruhli va jamoaviy (mahalla) usullar hisoblanadi.

Individual ijtimoiy ish usuli M. Richmond tomonidan taklif etilgan va XX asr boshidagi ruhiy tahlil rivojlanishi bilan bog‘liq. Uning mohiyati – mijozning muammoni anglash va hayotiy vaziyatni engishga rag‘bat va tayanch taqdim etish maqsadida muammolarini hal etish. Asosan mijozning ijtimoiy vaziyatga moslashishiga tayaniladi.


Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin