Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə71/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi
(2 soat)



Ish jarayoni vaqti

Faoliyatning mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich.
Kirish (10 min.)

1.1. O‘quv mashg‘uloti mavzusi, maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi.

Mavzu nomini yozib oladi.

1.2. Tinglovchiga mavzu bo‘yicha tarqatma materiallarni tarqatadi.

Tinglaydi.

1.3.Mavzu bo‘yicha maruza mashg‘ulotlarining tayanch iboralarini va ma’ruza rejasiga izoh beradi

Tinglaydi, yozib oladi.

1.4. Doskaga tinglovchilar tomonidan aytilgan fikrlarni yozib boradi.

Tinglaydi, tushunchalarni sanab beradi va savollar beradi.

2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)

2.1. Mavzu rejasining 1-savoli bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda tushunchaning mohiyati shakllantiriladi va tahlil qilinadi.

Tinglaydi.

2.2. Ma’ruza rejasi savollari bo‘yicha tushuntiradi, har bir savolni nihoyasida umumlashtirib boradi. Mavzuni yoritish davomida faollashtiruvchi savollar beradi. Savollarga berilgan javoblar tinglanadi, umumlashtiriladi, keltirilgan misollar tavsiflanadi, savol xulosalanadi.
Mavzuning asosiy qismlariga e’tibor qaratadi va kerakli joylarini yozib borishni ta’kidlaydi. Har bir savol yakunida xulosalanadi.

Tinglaydi, yozib oladi, fikr bildiradi, savol beradi.

3-bosqich.
YAkuniy
(10 min.)

3.1. Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosa qilinadi.

Tinglaydi.

3.2. Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.

O‘zini qiziqtirgan savollarni beradi.

3.3. Mavzu buyicha mustakil o‘rganish uchun topshiriqlar beradi.

Topshiriklarni yozib oladi.

3.4. Amaliy mashg‘ulotda o‘tiladigan mavzuni rejasi bilan tanishtiradi. Tayyorlanib kelish uchun topshiriqlar va tavsiyalar beradi.

YOzib oladi.

10-11. MAVZU: YOSHLARGA VA AYOLLARGA QARATILGAN SOTSIAL XIZMAT.
REJA:

  1. YOshlar o‘ziga xos ijtimoiy - demografik guruh sifatida.

  2. O‘zbekiston Respublikasida davlatning yoshlarga qaratilgan siyosati.

  3. YOshlarda asotsial xulq-atvor shakllarini aniqlash va nazorat qilish.

  4. YOshlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan Ijtimoiy xizmat muassasalari.

  5. Imkoniyatlari cheklangan bolalar bilan ishlovchi reablitatsion markazlar, ishonch telefonlari

  6. O‘zbekiston respublikasida ijtimoiy siyosatni amalga oshirish qonunchiligi.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash sohasidagi qonunchiligi.

  8. Ayollar salomatligini saqlash bo‘yicha qonunchilik

YOshlarning ijtimoiy huquqlari va muammolari, ularning jamiyatga birikish imkoniyatlari butun jahon hamjamiyatini qiziqtirib keladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida hozirgi jamiyatda yoshlar mavqeining o‘ziga xosligi e’tirof etilgan, davlat va jamoat tashkilotlarining yoshlar manfaatlarini ijtimoiy himoya qilishdagi asosiy yo‘nalishlari aniqlangan, uning huquqlari ishlab chiqilgan va imkoniyatlari baholangan.
YOshlarning asosiy huquqlarini, uning ijtimoiy huquqlari institutining rivojidagi davlat va jamoat tashkilotlari rolini aniqlashtirish 1985 yilda BMT tashabbusi bilan Xalqaro yoshlar yilini o‘tkazishda amalga oshirilgan. SHu munosabat bilan qabul qilingan hujjat “yoshlarga nisbatan keyingi rejalashtirish va amalga oshiriladigan harakatlarning asosiy tamoyillari” dasturi bo‘lib, u quyidagi tavsiyalarni qamrab oladi:
yoshlarga mo‘ljallangan innovatsion siyosat va dasturlarni milliy taraqqiyot rejasining tarkibiy qismi sifatida, ayniqsa kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasida, uy-joy qurilishi va atrof-muhit, Ijtimoiy xizmat lar va sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirishga ko‘maklashish, rivojlantirish va innnovatsion siyosatni ro‘yobga chiqarish;
yoshlar dasturlari va siyosatini amalga oshirish uchun adekvat moliyaviy va moddiy zahiralarni safarbar qilish;
yoshlarning ijtimoiy jihatdan zaif guruhlari: migrantlar, ishsizlar, nogironlarga alohida e’tibor qaratish.
BMT va nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qilingan:
taraqqiyot jarayonining faol ishtirokchilari bo‘lgan, unga o‘z hissasini qo‘shayotgan va uning mevalaridan foydalanayotgan yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, ular turmush sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
er, kredit, kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish xizmatlari, shuningdek, bozorlar singari unumdor mehnat uchun zarur bo‘lgan vositalarga yoshlarning samarali erishishi uchun ko‘maklashish; daromad keltiradigan faoliyat dasturlarining yangi tizimini yaratishga yordam berish, bunda mustaqil faoliyat, shu jumladan, ko‘ngillilar tashkilotlari va shirkatlariga alohida e’tibor qaratish;
o‘quv rejalari va ta’lim tizimlari hozirgi iqtisodiy tamoyillar va madaniy voqeliklarni aks ettirishini ta’minlash, bunda BMT Bosh Assambleyasining tegishli rezolyusiyalari asosida inson huquqlari masalasiga ko‘proq e’tibor berish;
oilaning ta’lim, tarbiya va yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish rolini muvaffaqiyatli bajarishida yordam ko‘rsatishning samarali tadbirlarini qabul qilish; yoshlar orasida giyohvandlikka, alkogolizmga va OITSga qarshi kurash harakatlarini faollashtirish, shuningdek, OITS yuqtirgan shaxslarni profilaktika va reabilitatsiya qilish xizmatlarini yaratish va mustahkamlash.
Keyingi yillarda jahon hamjamiyati oldida ko‘ndalang bo‘lgan jiddiy ijtimoiy muammo aholining keksayishi muammosidir. BMT prognozlariga ko‘ra, 2000 yilda jahonda 60 yoshdan oshgan odamlar soni 610 mln kishini, 2025 yilga borib esa bir milliarddan ortiq kishini tashkil qiladi, bu esa sayyoramiz aholisining taxminan 15% iga barobar.
SHu munosabat bilan BMTga a’zo davlatlar 1982 yilda Vena shahrida o‘tkazilgan keksayish muammolariga bag‘ishlangan Umumjahon assambleyasida Xalqaro tadbirlar rejasi qabul qilindiki, uning maqsadi “keksa odamlarning ishlab chiqarish va taraqqiyot jarayonidagi ishtirokini kengaytirish, ularning jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga faol integratsiyalashuviga ko‘maklashish; keksa odamlar muammolarining muhim gumanitar xususiyatlarini tushunishni chuqurlashtirish; keksalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan dastur va tadbirlarni rivojlantirish va rag‘batlantirish; ijtimoiy ta’minot organlari va keksalar uchun mo‘ljallangan maxsus tibbiy muassasalarda ishlaydigan xizmatchilarni kasbiy tayyorlash bo‘yicha dasturlarni rag‘batlantirish va rivojlantirish” qilib belgilandi.
BMT yo‘li bilan 1990 yilda BMT ijtimoiy taraqqiyot Komissiyasining keksayish muammolari va ular bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Unda, jumladan, barcha hukumatlarga keksayish sohasidagi 2001 yilga mo‘ljallangan aniq milliy maqsadlarni belgilash tavsiya qilingan. Rezolyusiyaning Ilovasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining keksa odamlarga nisbatan tamoyillari mavjud bo‘lib, ular qarilik yoshidagi odamlarning hayotini to‘laqonli qilish zaruratidan kelib chiqadi, chunki ular orasida (va bu butun dunyo uchun xos) yaxshi sog‘liqqa ega bo‘lgan shaxslar soni muttasil o‘sib bormoqda. ¡tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar yosh o‘tishi bilan salomatlikning yomonlashuvini qaytarib bo‘lmasligi to‘g‘risida avvallari mavjud bo‘lgan nazariyalarni tasdiqlamayapti.
Keyingi 15 yil davomida qabul qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti, Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va BMTning boshqa muassasalari qabul qilgan konvensiyalar, tavsiyalar va rezolyusiyalarda Bosh Assambleya barcha hukumatlarni o‘zlarining milliy dasturlariga keksa odamlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari lozimligini ifodalovchi BMT Tamoyillarini kiritishga chaqirdi:
tegishli oziq-ovqat, ichimlik suv, turar joy, kiyim-kechak va tibbiy xizmatga ularning oila, jamoat va o‘zaro yordam tomonidan ta’minlanadigan daromadlar yordamida erishishini ta’minlash;
ishlash yoki faoliyatning daromad keltiradigan boshqa turlari bilan shug‘ullanish; mehnat faoliyati to‘xtatiladigan muddatlarni va usullarni belgilashda ishtirok etish;
ta’lim va kasbiy tayyorgarlikning tegishli dasturlarida ishtirok etish;
xavfsiz va shaxsiy mayllarni hisobga olgan holda moslashtirish mumkin bo‘lgan sharoitda yashash;
imkoniyat boricha uyda yashash;
jamiyat hayotiga jalb etilish, o‘zlarining turmush darajasiga bevosita aloqador bo‘lgan siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etish, o‘zlarining bilimlari va tajribalarini yosh avlod vakillari bilan o‘rtoqlashish;
jamoatga xizmat qilish, o‘zlarining manfaatlari va imkoniyatlariga mos keladigan ishni ko‘ngillilik asosida bajarish;
keksa odamlar harakatlari yoki uyushmalarini tuzish;
mazkur jamiyat ma’naviy qadriyatlari tizimiga mos ravishda oila va jamoat tomonidan qarov va himoyani ta’minlash;
o‘zlarining jismoniy, ruhiy va hissiy holatlarining optimal darajasini ushlab turadigan yoki tiklaydigan tibbiy xizmatning ochiqligi, xastalikning boshlanishini to‘xtatish yoki oldini olish;
ularning mustaqilligini oshirish, muhofazasini kuchaytirish va qarovni yaxshilash maqsadida ijtimoiy va huquqiy xizmatlarni ta’minlash;
har qanday muassasada bo‘lar ekan, boshpana, qarov va davolashni, shu jumladan, ularning sha’ni, e’tiqodlari, shaxsiy hayoti va ehtiyojlarini, shuningdek, ularga qarov va ularning turmush sifati to‘g‘risida qaror qabul qilishda inson huquqlari va asosiy erkinliklaridan foydalanishlari;
ta’lim, madaniyat, ma’naviy hayot va hordiqqa erishishlari;
shaxsiga munosib va xavfsiz turmush tarzi kechirish hamda jismoniy yoki ruhiy zo‘rlikka, ekspluatatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik;
yoshi, jinsi, irqiy va etnik mansubligidan, nogironligi va boshqa mavqeidan qat’iy nazar, adolatli munosabatda bo‘lish va iqtisodiy hissalari darajasiga qaramasdan qadrlanishlari lozim.
Mana shu qoidalardan kelib chiqib, 1990 yilda BMT Bosh Assambleyasi Xalqaro 1 oktyabrni qariyalar kuni deb e’lon qildi. Birinchi marta bu sana 1991 yilda nishonlandi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining qaroriga binoan, 1999 yil Xalqaro qariyalar yili deb e’lon qilindi. Bu qarorlari bilan BMT keksa odamlarning amaldagi va salohiyatdagi hissalarini e’tirof etdi, shuningdek, yangi demografik hodisa bo‘lgan aholining keksayishi va “keksayish davri”ga e’tibor qaratdi.

Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin