Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə73/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Aholiga ijtimoiy yordam nazorati-aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi ustidan davlat jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; muhtoj fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish haqidagi qonun hujjatlariga amal qilish, moliyaviy mablag‘lardan o‘rinli va samarali foydalanish ustidan davlat nazorati qonun xujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Aholining marginal guruhlari-qamoq joyidan ozod bo‘lgan va aniq turar joyga ega bo‘lmaganshaxslar;ijtimoiy omil (alkogolizm, qarovsizlik va bosh.) bo‘yicha jamoatchilik nazoratini talab qiluvchi fuqarolar.
Aholi migratsiyasi (lot.-ko‘chish)-aholining ixtiyoriy yoki majburiy ko‘chishi yoki aholining bir mamlakat ichida (aholining ichki migratsiyasi) yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga (aholining tashqi migratsiyasi: emigratsiya va immigratsiya) ko‘chish.
Aholiga ijtimoiy yordamida tenglik-ijtimoiy yordam ko‘rsatish chog‘ida fuqaroning jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, yashash joyi, shuningdek, boshqa holatlari e’tiborga olingan holda, huquqlarining har qanday cheklanishi yoki qonunda bevosita nazarda tutilmagan hollarda afzalliklar berilishi taqiqilanadi.Fuqaro o‘z huquqlari kamsitilgani yuzasidan tegishli davlat idoralariga yoki bevosita sudga belgilangan muddat va tartiblarda murojat qilishga haqli.
Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tamoyillari-muhtoj fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi chog‘ida xalqaro huquq me’yorlari va tamoyillariga shuningdek, milliy qadriyatlarga, umuminsoniy tamoyillarga qa’tiy amal qilinadi.
Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish va boshqarish-aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishi va muhim tarkibiy qismi sifatida yuqoridan quyiga tomon yagona tamoyillar asosida tashkil etiladi hamda boshqariladi. Ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini boshqarishda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining, tarmoq va mahalliy boshqaruv organlarining vakolatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin