Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti informatika o



Yüklə 323,76 Kb.
səhifə1/2
tarix06.04.2023
ölçüsü323,76 Kb.
#94024
  1   2
Berkinova Umida loyihalash labaratoriya-4




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI YO‘NALISH
306-GURUH TALABASI BERKINOVA UMIDANING
INFORMATIKANI O‘QITISHNI LOYIHALASHTIRISH FANIDAN

LABARATORIYA ISHI


BAJARDI: BERKINOVA U.
TEKSHIRDI: JUMAYEV Z.
S A M A R Q A N D -2 0 2 1
4-Labaratoriya ishi
Mavzu:O‘quv mashg‘uloti darajasida informatika mazmunini loyihalashtirish. Ilmiy axborotni o‘quv axborotisifatida qayta ishlashga o‘rgatish
Labaratoriya ishi maqsadi: ma’ruza darslarida o’rgangan bilimlarimizni amaliyotda qo’llash.
Nazariy qism
Loyihani amalga oshirish muddatlari belgilanadi. Agarda u bosqichlarga boʻlinsa, uni har muddatlari bilan koʻrsatiladi.
Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari:
1-bosqich. Loyihani ishlab chiqish. Unda loyihani amalga oshirish shakllari va vositalari, bosqichma-bosqich natijalari ham koʻrsatiladi.
2-bosqich. Loyihada belgilangan vazifalar bajariladi.
Bu bosqichda talabalar mustaqil ravishda individual va guruh boʻyicha qoʻyilgan vazifalarni bajaradilar. Material, axborot toʻplaydilar. Toʻplangan ma’lumotlarni muhokama qiladilar. Jadvallar, grafiklar ishlab chiqadilar. Namoyish etiladigan, illyustrativ materiallar tayyorlashadi.
3-bosqich. Loyihaning barcha qatnashchilari tomonidan tayyorlangan ishlar bir butun qilib birlashtiriladi. Avval loyihaning xonaki varianti yozib chiqiladi. Soʻngra yakuniy variant tayyorlanadi. Rasmiy talablar asosida taxlanadi.
4-bosqich. Loyihaning soʻnggi varianti ekspertga, taqrizga beriladi. Bunda matn aniq asoslangan boʻlib, bajarilgan ishlarning mazmuni va erishilgan natijalarni gavdalantirishi kerak. Matnda, albatta, jadvallar, grafiklar, chizma, dasturlar va boshqa shunga oʻxshash materiallar boʻlishi shart.
5-bosqich. Ish taqrizga beriladi. Loyihaga ekspert xulosasi olinadi, tashqi taqriz natijasini e’lon qilingach, tugallangan hisoblanadi.
6-bosqich. Loyiha taqdimoti. Taqdimot loyihada bajarilishi belgilangan mezonlar asosida yoki komissiya a’zolari tomonidan baholanadi. A’zolar tarkibi loyiha ishlab chiqilayotganda aniqlanadi. Tayyorlangan loyihani koʻrib chiqib, tanlanib, soʻngra tayyorlangan hisobot koʻrib chiqiladi.
Hay’at ishni baholashi uchun baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Bu mezonlar muammoni oʻrganish darajasi, matnni aniq. tushunarli tarzda bayon qilinishi, oʻziga xosligi, rasmiylashtirish sifati, koʻrgazmali, namoyish materiallardan foydalanilgani, berilgan takliflar va ularni muammoni yyechishga yordam berishi va boshqa jihatlarini mujassamlashtirilgan boʻlishi kerak. Dars jarayonida kichik guruhlar tayyorlagan loyihalarni oʻqituvchi boshchiligida talabalardan tuzilgan hay’at baholashi mumkin.

Yüklə 323,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin