Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə27/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
Java MAJMUA

«Break» operatori.
Bu operator bilan, «switch» haqidagi maqoladan uchrashgan edik. U yerda bu operator, operatorlar ketma-ketligini tugatish uchun ishlatilgan edi. «Break» operatori dasturda, sikldan chiqish va «shartsiz o‘tish» operatori kabi vazifalarni ham bajaradi. Keling ikkala holni ham ko‘rib chiqaylik, dastlab bu operator orqali qanday qilib sikldan chiqish mumkinligini ko‘rsataman.
Oldingi maqolalardan ma’lumki, sikl shartga bog‘liq holda operator yoki operatorlar guruhini ishlatib turadi. Qachonki shart yolg‘on bo‘lsa, sikl o‘z ishini tugatadi va sikldan keyingi operatorlar ishlashni boshlaydi. «Break» operatori sikl shartiga qaramasdan, siklni tugatadi, hattoki, sikl sharti rost qiymat qabul qilayotgan bo‘lsa ham.

1
2
3
4
5
6
7
8
9

class test{
public static void main(String args[ ]){
for(int i=0; i<100; i++){
System.out.println("Son"+i);
if (i==10) break;
}
System.out.println("Sikl tugadi");
}
}

Dasturdan ko‘rinib turibdiki, sikl yordamida 100 ta qiymat ekranga chiqarilishi lozim(i<100, 0 dan 99 gacha), lekin unday bo‘lmaydi, chunki «break» operatori mavjud(5-qatorda). Bu operator «if» operatori bilan birga kelgan. Demak, shart qo‘yilgan, agar «i» o‘zgaruvchi qiymati «10» ga teng bo‘lsa, «break» operatorini ishlat, ya’ni siklni tugat.
Sikl 100 marotaba ishlashi ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham, 11 chi qadamda(i=10 bo‘lganda) sikl yakunlanadi va keyingi operator(7-qator) ishlaydi.

Aytish joizki, «break» operatori boshqa sikl operatorlari(while, do-while) bilan ham ishlatilishi mumkin. Agar ichma-ich sikl(sikl ichida sikl) bo‘lsa, «break» operatori qaysi sikl tanasida joylashganligiga qarab, o‘sha siklni tugatadi(ichki siklda bo‘lsa, ichki siklni tugatadi va tashqi sikl o‘z ishini davom ettiraveradi, agar tashqi siklda bo‘lsa, barcha sikllar o‘z ishini tugatadi).
Endi, «break» operatorini «shartsiz o‘tish» operatori ko‘rinishida namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. Ko‘p dasturlash tillarida «goto» nomli operator mavjud bo‘lib, shartsiz kodning biror qismiga o‘tishni amalga oshirib beradi. Ko‘pchilik bu operatordan foydalanmaydi, chunki bu operator dastur strukturasini o‘zgartirib yuboradi. Java dasturlash tilida bu operator mavjud emas, uning o‘rniga «break» operatorini kengaytirilgan ko‘rinishi ishlatiladi. Bu operator orqali, ko‘rsatilgan biror-bir blok, sikl, ichma-ich sikldan chiqib ketish mumkin. Sintaksisi quyidagicha,
break metka;

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin