Metka — istalgan nomdagi(kalit so‘zlardan boshqa) identifikator bo‘lib, dasturning biror qismini «atash» uchun ishlatiladi. Kerakli paytda, metka yordamida dasturning shu qismidan chiqib ketish mumkin.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
class test {
public static void main(String args[ ]) {
int t = 10;
akmx1:{
akmx2:{
System.out.println("Operator 1");
if (t==10)
break akmx2;
System.out.println("Operator 2");
System.out.println("Operator 3");
}
System.out.println("Operator 4");
}}}
Dasturda, ikkita metka ishlatildi(akmx1, akmx2), bu metkalar dasturni ikkita blokka ajratib berdi. Keyin, «t» o‘zgaruvchiga 10 soni o‘zlashtirildi. So‘ng, tekshirish amalga oshirildi(7-qator), agar o‘zgaruvchi 10 soniga teng bo‘lsa, «akmx2» nom bilan atalgan dastur qismi tugatilsin(break akmx2). Bu degani «akmx2» blokiga tegishli qolgan operatorlar ishlamaydi(9,10 chi qatorlar).
«Continue» operatori. Bu operator, ishlayotgan sikl qadamini tashlab ketib, navbatdagi qiymat bilan siklni boshidan boshlab beradi. Sikl tanasida ishlatilgan «continue» operatori, o‘zidan keyin kelgan operatorlarni ishlatmaydi.
1
2
3
4
5
6
7
8
class test {
public static void main(String args[ ]) {
for (int i=0; i<10; i++) {
System.out.print("Son "+i+" ");
if (i%2==0) continue;
System.out.println(" ");
}}}
«Print» operatori ishlatilganda, kursor, chiqarilgan yozuv yonida qoladi, bu degani keyingi safar yana biror yozuv ekranga chiqarilsa, dastlabki yozuv yoniga yoziladi degani. Agar «println» ishlatilsa, kursor bitta pastki qatorga tushib, keyingi yozuv chiqishini kutib turadi, chiqarilgan navbatdagi yozuv keyingi qatordan chiqadi.
4-qatorda ekranga, o‘zgaruvchi qiymati chiqarildi, so‘ng bo‘sh joy qoldirildi va kursor shu qatorda qoldi(print). 5-qatorda tekshiruv amalga oshirildi, agar o‘zgaruvchi qiymati juft son bo‘lsa, «continue» operatori ishga tushsin va 6-chi qator tashlab ketilib, sikl navbatdagi qiymat bilan ishlashni davom ettirsin. Agar juft bo‘lmasa, 6-chi qator ishlaydi va kursorni bitta pastga tushirib beradi. Shu orqali biz juft va toq sonlarni har-xil ustunlarga yig‘amiz.
o'tish operatori
Adabiyotlar [1].David J.Eck. Introduction to Java. Geneva NY, 14456, (2016) http://math.hws.edu/javanotes
[2]. Daniel Y.Liang. Introduction to Java programming, Comprehensive version.
Prinston Hall 07458, New Jersey, (2011).
[3]. Bruce Eckel. Thinking in Java. MidView Inc, New Jersey (2006).
[4].ШилдтГерберт. Java 8. Полное руководство; 9-е изд.: Пер. с англ. - М. :
ООО "И.Д. Вильяме", (2015).
[5]. RashidTurg’unboyev. Java2 SE, Zamonaviy dasturlash tili. Toshkent, (2006).
[6]. www.oracle.com
[7]. www.gluon.com