Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə47/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79
Java MAJMUA

Tugmalar va yozuvlar

Tugma bu biron bir amalni bajarish uchun foydalanuvchi ruxsatini olish uchun ishlatiladigan element xisoblanadi. Java dasturlash tilida tugmalarni JButton klassi andozasi yordamida yaratib olish mumkin. Masalan:
JButton button = new JButton();
Dastur kodi yangi tugma yaratib uni button o’zgaruvchisiga biriktirib beradi. Yuqoridagi dastur kodi xech qanday yozuvga ega bo’lmagan tugmani yaratib beradi. Ammo, foydalanishni osonlashtirish maqsadida xar bir tugma bajaradigan amaliga asosan nomga ega bo’lishi kerak. Nomga ega tugmani yaratib olish uchun quyidagi dastur kodidan foydalanish mumkin:
JButton button = new JButton(“OK”);
Ushbu dastur kodi quyidagi tugmani yaratib beradi

JButton klassi yordamida yaratilgan tugma
JButton klassi tugmalarga matndan tashqari rasm joylashtirish imkonini xam beradi. Rasmni fayldan yuklash uchun ImageIcon klassidan foydalaniladi. Masalan:
import java.awt.*;
import javax.swing.*;
public class RasmliTugma{
public static void main(String[] args){
JFrame frame = new JFrame();
JPanel panel = new JPanel();
Icon icon = new ImageIcon("search.png");
JButton button = new JButton("OK", icon);
panel.add(button);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation(JFrame.EXIT_ON_CLOSE);
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}
}
Ushbu dastur quyidagi oynani ekranga chiqarib beradi:

JButton klassi yordamida yaratilgan rasmli tugma
Java dasturlash tilida tugma bosilganda ActionEvent xodisasi xosil qilinadi. Ushbu xodisani qabul qilish uchun dastur xodisalarni nazorat qiluvchi ActionListener interfeysini bajarishi va uning actionPerformed() metodini qayta yaratishi kerak bo’ladi. actionPerformed() metodi ichiga tugma bosilganda bajarilishi kerak bo’ladigan amallar kiritiladi. Masalan:
import java.awt.*;
import java.awt.event.*;
import javax.swing.*;
public class TugmaAmali
{
JPanel panel;
Color backgroundColor = Color.YELLOW;
JButton button;
String tugmaMatni = "Sariq";
public static void main(String[] args)
{
TugmaAmali ta = new TugmaAmali();
ta.go();
}
public void go()
{
JFrame frame = new JFrame("TugmaAmali");
panel = new JPanel();
panel.setBackground(backgroundColor);
button = new JButton(tugmaMatni);
button.addActionListener(new ButtonListener());
panel.add(button);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation(JFrame.EXIT_ON_CLOSE);
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}
public class ButtonListener implements ActionListener
{
public void actionPerformed(ActionEvent e)
{
if(backgroundColor == Color.YELLOW)
{
backgroundColor = Color.RED;
tugmaMatni = "Qizil";
}else{
backgroundColor = Color.YELLOW;
tugmaMatni = "Sariq";
}
panel.setBackground(backgroundColor);
button.setText(tugmaMatni);}
}
}
Yuqoridagi dastur tugma bosilganda oyna rangi sariq rangdan qizil rangga o’zgaradi.

Tugma xosil qilgan xodisa asosida amal bajarish


  1. Yüklə 1,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin