Java dasturlash tilining asosi va uning strukturasi Navbat, Java dasturlash tilining asosi va uning strukturasiga keldi. Barcha narsaning asosini bilib olsangiz, har qanday murakkab holni ham tushunish mumkin bo‘ladi. Nafaqat dasturlash, balki istalgan yo‘nalish, soha yoki biror bir tushunchani mukammal bilish uchun, dastlab uning strukturasini (nimalardan tashkil topganini) bilish, o‘rganishning asosiy va to‘g‘ri harakati bo‘ladi.
Oldingi maqolada Java dasturlash tilida dastlabki dasturimizni NetBeans IDE muhitida yaratdik, keling shu dasturimizni esga olaylik.
1
2
3
4
5
class test {
public static void main(String[ ] args){
System.out.println("HellO WorlD");
}
}
Shu misol asosida, Java tili haqida, dastlabki bilimlarni egallaymiz.
1. Java dasturlash tili registrga bog‘liq bo‘lgan dasturlash tili hisoblanadi. Agar siz misoldagi «main» so‘zini, «mAin» deb yozsangiz, NetBeansning quyi qismida xatolik haqida ma’lumot chiqadi. Demak, so‘zlarni katta-kichikligiga ahamiyat bering.
2. Ikkinchi qatordagi «public» kalit so‘zi, ruxsatni anglatadi, ya’ni dasturning istalgan joyidan shu nomli klassga murojaat qilish mumkin bo‘ladi. To‘liqroq keyingi maqolalarda.
3. «class» kalit so‘zi, bu degani, dasturdagi hamma kodlar klass ichida joylashadi va bu klass «test» deb nomlanadi. Klass bu — dastur uchun konteyner hisoblanadi. Barcha Java dasturlarida kamida bitta klass mavjud bo‘ladi, murakkab dasturlarda bittadan ko‘p bo‘lishi ham mumkin. Klass nomi dasturchi tomonidan quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda beriladi:
— klass nomi harfdan boshlanishi lozim;
— klass nomida faqat raqam va harflar ishtirok etishi mumkin;
— uzunligi siz hohlaganingizcha bo‘lishi mumkin(kichikroq va tushunarli bo‘gani ma’qul);
— klass nomi sifatida maxsus zaxira so‘zlari ishtirok etmasligi lozim;
— odatda klass nomi katta harfdan iborat bo‘ladi(bizning holda bunday emas), agar bir necha so‘zdan iborat nom bo‘lsa, ularning bosh harflari katta harfda yozilishi(tuya stili) odat bo‘lib qolgan(TestVariable).