Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə7/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79
Java MAJMUA

C:\Program files\jdk*\bin\
Bu adresda JDKning barcha bajariluvchi fayllari joylashgan. Biz ularni, operatsion tizimga ham ma’lum qilib qo‘yishimiz lozim. Operatsion tizim bularni bilib olsa, bemalol «Команднаястрока» orqali ham ishlatishimiz mumkin bo‘ladi. Buni Windows 7 misolida ko‘rsataman.
Мойкомпьютер->Свойства, chap tomonda «Дополнительныепараметрысистемы» bo‘limiga kiramiz va quyidagi oynani ko‘ramiz.

Bu oynadan «Переменные среды» tugmasini bosamiz, hosil bo‘lgan oynaning «Системные переменные» bo‘limidan «PATH» o‘zgaruvchisini(переменная)qidirib, uni belgilaymiz va «Изменить» tugmasini bosamiz.

Shundan so‘ng, «Значение переменной«dagi qiymatlarning oxiriga o‘tamiz va » C:\Program Files\Java\jdk*\bin» adresini kiritamiz(* o‘rniga o‘zingizning jdk adresingiz bo‘ladi, ya’ni mavjud papka nomi). «OK» tugmalarini bosib, bu oynalardan chiqib ketamiz va kompyuterni qayta yuklaymiz.
Hozircha shu, xulosa qiladigan bo‘lsak, biz bu maqolada, o‘zida Java kompilyatorni saqlaydigan, qaysiki biz yozgan Java kodlarni bayt kodga(kompyuter tushunadigan kodga) o‘tkazib beradigan, undan tashqari yozilgan kodlarni ishlatish uchun kerak bo‘ladigan Java-mashinani ham o‘zida mujassam etgan JDK(Java Development Kit)ni yuklashni, o‘rnatishni va operatsion tizimga o‘rnatilgan joyini e’lon qilishni ko‘rib chiqdik.
Oldingi maqolada JDK paketini o‘rnatishni ko‘rsatib o‘tdim, keling endi shu paketni ishlayotganini tekshirib olamiz. Uning uchun «Командная строка» oynasini ochamiz (win+R->CMD) va «javac» buyrug‘ini teramiz, so‘ng ENTER tugmasini bosamiz.

Javac — bu java kompilyatordir, qaysiki java kodni bayt kodga aylantirib beradi. Javac boshqa utilitlar kabi «bin» katalogida joylashgan bo‘ladi. Agar hamma narsa to‘g‘ri qilingan bo‘lsa, yuqoridagi rasmda keltirilgan yozuvlar chiqishi lozim, aks hold oldingi maqolani qaytadan o‘qib chiqing(agar «Javac не является внутренней или внешней командной, исполняемой программой или пакетным файлом» kabi xatolik chiqsa, «Переменные среды«ni tekshirib chiqing). Bu yozuvlar kompilyatorning kalit so‘zlari bo‘lib, bizga yordam tariqasida tushuntirib chiqilmoqda.
Tekshirib oldik, endi Java tilida biror kod(dastur) yozib, «Команднаястрока«da ishlatib, natija olib ko‘ramiz. Dastur yozish uchun, istalgan yozuv muhitidan foydalanishimiz mumkin, masalan «Блокнот«. «Блокнот«ni ochamiz va ichiga quyidagi kodlarni yozamiz:

1
2
3
4
5

class test_java{
public static void main(String[ ] args){
System.out.println("HellO WorlD");
}
}

Bu bizning birinchi kodimiz. Bunda konsolda ekranga chiqarish komandasi(System.out.println) ishlatilmoqda. Dastur ekranga «HellO WorlD» yozuvini chiqaradi. Bu kodni chuqur muhokama qilib o‘tirmaymiz, hozir bu dastur ekranga yozuv chiqarishini bilsak bo‘ldi. Javada dasturlar klaslardan tashkil topgan bo‘ladi, misolda, klas nomi «test_java«dir. Yozilgan kodni test_java.java deb, biror joyga masalan, «D:\test» ichiga saqlaymiz. Bu yerda eng muhim jihat shuki, asosiy klas nomi bilan, fayl nomi bir xil bo‘lishi lozim, registr(katta-kichik harflar)larga ham ahamiyat berish shart.
Bu kod oddiy yozuv bo‘lib, hali dastur ko‘rinishiga kelmadi, protsessor ham bu yozuvni tushunmaydi. Bu kodni bayt kodga kompilyatsiya qilgandan so‘ng, kod, dastur ko‘rinishiga keladi va kompyuter uni tushunadi. JDK papkasida Javac nomli kompilyator mavjud bo‘lib, kodni kompyuter tushunadigan kodga o‘zgartirib beradi. Uning uchun «Команднаястрока«ni ochib, «test_java.java» faylimiz turgan adresga o‘tib olamiz, so‘ng «javac va kod yozilgan faylni(test_java) ko‘rsatamiz».
C:\> cd D:\test
D:\test> javac test_java.javac
Shundan so‘ng, fayl joylashgan papkada yangi «java_test.class» nomli fayl paydo bo‘ladi. Mana shu fayl dastur hisoblanadi. Oldin aytib o‘tganimizdek, java dasturini ishga tushirish uchun, java-mashina kerak bo‘ladi, bu ham «bin» papkada joylashgan bo‘lib, «java» deb nomlanadi. Yaratilgan dasturni ishga tushirish uchun, «java» va fayl nomini(kengaytmasiz) yozib, ENTERni bosamiz(paydo bo‘lgan fayl adresiga o‘tib olamiz).

Biz yozgan yozuv ekranga chiqdi.
Bu maqolada yozilgan kodni bayt kodga o‘tkazish va java-mashina yordamida dasturni ishga tushirishni «Команднаястрока«da ko‘rsatib o‘tdim, lekin biz kodlarni bu muhitda yozmaymiz, chunki dasturchilar uchun qulay bo‘lishi uchun, juda ko‘plab vizual muhitlar yaratilgan. Keyingi maqolalarda ulardan birini o‘rnatishni ko‘rsatib o‘taman.

Eclipse ni o’rnatish


www.oracle.com web saytidan Eclipse IDE faylini kompyuterlarimizga yuklab olamiz. Eslatib o’tamiz, Eclipse IDE fayli yuqoridagi web saytda bepul holda mavjud va biz o’zimizning kompyuterimizning operatsion sistemasiga mos bo’lgan eclipse faylni yuklab olishimiz kerak, yani operatsion sistemamiz 32 bitlikmi yoki 64.




Yuklab olgan faylimiz .zip fayl bo’lin o’z ichida bir qancha fayllarni saqlaydi qaysiki ayrimlari popkalarda joylashgan



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin