Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Fakultet kengashi raisi: ________ dots. A.B. Babayarov



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə3/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Java MAJMUA

Fakultet kengashi raisi: ________ dots. A.B. Babayarov


Kelishildi:
O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i
_________________ dots. B.S. Aliqulov


M U N D A R I J A



  1. SILLABUS ……………………………………………………………….

  2. NAZARIY O’QUV MATERIALLAR ………………………………….

  1. GLOSSARIY ………………..………………………………………........

  2. FOYDALANILGAN ELEKTRON MANBALAR …………………….

  3. MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR .................................

  4. AMALIYOT MASHG’ULOT ISHLANMALARI ……………………

  5. ILOVALAR ………………………………………………………………

MUNDARIJA

Mavzu 1. Dasturlash tillari va Java…………………………... . . . .

4

Mavzu 2. Java va dunyo tarmoqlari, JDK va Eclipse larni o’rnatish.. . . . . . . . . . . . . …………………………………………..

11

Mavzu3. Java dasturlash tilining asosiy strukturasi .. . . . . . . . . . . . .

24

Mavzu 4.Javada elementar dasturlar tuzish: matematik va iqtisodiy masalalarni dasturlash. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

48

Mavzu 5 Javada obyektlar, klaslar va metodlar tushunchasi.. . . . . . .

89

Mavzu 6. Klaslararo bog’lanish, metod va o’zgaruvchilarga beriladigan ruhsatlar …………………………………… . . . . . . .

101

Mavzu7. Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlashga kirish . . . . . . . . .

112

Mavzu 8. Grafik dasturlash……………………………. . . . . . . . . . .

130

Adabiyotlar ro’xati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

187

Glossariy . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

188









































































Dars № 1. Dasturlash tillari va Java
Reja:
1. Kompyuter va operatsion sistema haqida umumiy tushunchalar
2. Dastur va Java dasturlash tili haqida umumiy tushunchalar
3. Java imkonyatlari va texnologiyalari


Kalit so’z va iboralar: Dastur, Java, obyektga yo’naltirilgan dasturlash, platformaga bog’liq bo’lmagan dasturlash.



  1. Kompyuter va operatsion sistema haqida umumiy tushunchalar

Kompyuter (ing . computer — hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Birok, K. hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng . EHMlarning rivojlanishida K. ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. K.ning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan K. (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan K. (IBM-360, 1BM-370, (AQSH), YESEVM (Rossiya) va boshqa, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar urnatilgan shaxsiy K.lar paydo boʻldi. Shaxsiy K. (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy K.ning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981 yil IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy K.ning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan K.ni, Apple firmasi esa Macintosh ("Makintosh") yoki oddiygina "maki" deb ataladigan K. ni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab mln. shaxsiy K.lar, 1 mln.ga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEHM) boʻlgan. K.lar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan K.dan, xujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan K.dan foydalaniladi. Istalgan K. tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda bulardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da K.ning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor {displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura K.ga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, K. tarkibiga "sichqon" manipulyatori va printer kiritiladi. "Sichqon" ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida K. ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy K.lar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi K.ning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor K.ning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish - ch iqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Ishlatuv tizimi (yoki operatsion tizimi) — kompyuterning asosiy dasturidir va boshqa dasturlar uchun platformasi. Zamonaviy kompyuterlarda ishlatuv tizimi BIOSdan keyin yuklanadi.
Bosh ishlatuv tizimlari oilalari:

Microsoft Windows

Mac OS X

Linux

Solaris

FreeBSD, OpenBSD, NetBSD

HP-UX

MS-DOS

UNIX

Ishlatuv tizimi — kompyuter programmalarining yigʻindisidir. Ishlatuv tizimi(Operatsionnaya sistema)kompyuter va foydalanuvchi orasidagi koʻprik boʻlib, u foydalanuvchi uchun kompyuterni ishlatishni osonlashtiradi. U barcha kompyuterdagi programmalarga va kompyuterning har xil qismlari(hardware: printer, disk oʻqiydigan, harddisk, matritsa)ga link yaratadi. Shunda kompyuterdagi bitta ikonkani bosib biron programmani ochish mumkin. Avvallari esa Ishlatuv tizimi buyruq oynalaridan iborat boʻlgan. U paytlar faqat oynada buyruqni yozib keyin programmani ochish mumkin boʻlgan. Hozirgi Ishlatuv tizimlari oson va qulayroq. Sichqonchani programma ikonkasiga olib borib bir yoki ikki marta bosish bilan programmani ochish mumkin.





  1. Yüklə 1,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin