1. Dastur va algoritm deganda nima tushuniladi?
2. Java dasturlash tili qanday xususiyatlarga ega?
3. Birlamchi kod va bayt kod orasidagi farq nimada?
Adabiyotlar
[1].David J.Eck. Introduction to Java. Geneva NY, 14456, (2016) http://math.hws.edu/javanotes
[2]. Daniel Y.Liang. Introduction to Java programming, Comprehensive version.
Prinston Hall 07458, New Jersey, (2011).
[3]. Bruce Eckel. Thinking in Java. MidView Inc, New Jersey (2006).
[4].ШилдтГерберт. Java 8. Полное руководство; 9-е изд.: Пер. с англ. - М. :
ООО "И.Д. Вильяме", (2015).
[5]. RashidTurg’unboyev. Java2 SE, Zamonaviy dasturlash tili. Toshkent, (2006).
[6]. www.oracle.com
[7]. www.gluon.com
Dars № 2. Java va dunyo tarmoqlari, JDK va Eclipse larni o’rnatish.
Reja:
1. Javaning dunyo tarmoqlaridagi o’rni
2. Java development Kid (JDK) haqida tushuncha va uni shaxsiy
kompyuterlarga o’rnatish uchun ko’rsatmalar
3. Eclipse haqida tushuncha va uni shaxsiy kompyuterlarga o’rnatish uchun
ko’rsatmalar
4. Java dasturlash tilining asosi va uning strukturasi
Kalit so’z va iboralar: Dastur, Java, obyektga yo’naltirilgan dasturlash, platformaga bog’liq bo’lmagan dasturlash.
Java dasturlash tilida dastur tuzish uchun, dastlab, kompyuterga kerakli dasturlarni o‘rnatish lozim. Birinchidan, Java dasturlarni ishga tushirish uchun, bizga Java-mashina kerak bo‘ladi. Gap shundaki, barcha Java dasturlar faqat Java-mashina o‘rnatilgan kompyuterlarda ishlaydi. Java-mashina Java dastur uchun muhit hisoblanadi. Ikkinchidan, Java dasturlarni yozish uchun maxsus muhit (IDE) kerak bo‘ladi. Ikkala dasturni ham oraclening saytidan yuklab olishingiz mumkin. Yuklab olish uchun Oracle saytiga kiramiz va Java Platform (JDK) ni yuklab olamiz.
JDKni yuklab oladigan oynaga o‘tamiz va litsenziyaga rozi bo‘lamiz(Accept License Agreement). Undan so‘ng kompyuteringizga mos keladigan JDKni tanlaymiz, agar 32 bitlik tizim bo‘lsa, «jdk-8u20-windows-i586.exe«ni tanlaymiz va yuklashni boshlaymiz.
Yuklab olingandan so‘ng, dasturni ishga tushiramiz va berilgan savollarga qarab o‘rnatamiz(unchalik qiyiin ish emas va ko‘p vaqt ham kerak emas).
Odatda JDK «C:\Program files\Java» adresiga o‘rnatiladi.
Keling endi, java bajaruvchi utilitlarini topamiz. Uning uchun quyidagi papkaga kiramiz:
Dostları ilə paylaş: |