Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
1-Xan sulolasi
(er. avv. 207 – e. VIII asri). Bu sulola dehqonlar va 
qullar qo‘zg‘alishi oqibatida hokimiyat tepasiga keldi. O‘zining ahvolini 
yaxshilash borasida Xan sulolasining imperatorlari qator tadbirlar 
o‘tkazadi, jumladan, markaziy hokimiyat apparati mustahkamlanadi, 
nasliy aslzodalarning huquqlari chegaralanib qo‘yiladi. Davlat 
xazinasiga tushumni ko‘paytirish uchun soliq tizimiga o‘zgartirish 


214 
kiritiladi. Shuningdek, unvonlar sotila boshlanadi. Dehqonchilik va 
irrigasiya ishlariga e’tibor qaratiladi. 
Eramizning VIII asrida mehnatkash ommaning ko‘tarilishlari, 
qo‘zg‘alonlar oqibatida 1-Xan sulolasi yemiriladi. Mamlakatda yana 
podsho urug‘idan bo‘lmish Van – Man (8 – 25 yillar) hokimiyat tepasiga 
kelib, dehqonlarni o‘z tomoniga og‘dirish uchun qator islohotlarni e’lon 
qiladi, lekin ularni oxirigacha yetkazolmaydi. Aristokratiyaga tegishli 
yerlar konfiskasiya qilinadi. Barcha dalalar (yerlar) davlat mulki deb 
e’lon qilinadi. Yerni sotish va sotib olish man etiladi. Shuningdek, 
qullarni sotish va sotib olish ta’qiqlanadi. Har bir oila 100 mu ga teng 
yer oladi. Van Man viloyatlardagi hokimlarga tanga pul zarb etishni 
ta’qiqlaydi. Savdogarlar to‘laydigan soliq miqdorini oshiradi. 
Kambag‘allarga qurbonlik keltirish va ko‘mish marosimlarini o‘tkazish 
uchun yordam beriladi. Umuman qaralganda Van Man islohotlari xalq 
ommasining ahvolini yengillashtirishga qaratilgan edi. Lekin u hukmron 
sinf tomonidan, shuningdek, yer egalari – dehqonlar tomonidan ham 
norozilikka uchraydi. O‘z hokimiyatiga ochiqcha qarshi chiqishdan 
qo‘rqqvn Van-Man 12-yilda yuqorida ko‘rsatilgan qarorlarini bekor 
qiladi. Chunki Van-Manning bunday qarama-qarshi islohotlari 
mehnatkash ommani noroziligiga sabab bo‘ladi. 
18-yilda hosilsizlikdan kelib chiqqan ocharchilik xalq ommasini 
yana 
ham 
kuchliroq 
qo‘zg‘alon 
ko‘tarishiga 
olib 
keladi. 
Qo‘zg‘alonchilar ocharchilikda Van Manni ayblar edilar. Qo‘zg‘alon 
kuchayib, qariyb butun mamlakatni egallaydi va u «Chimey», ya’ni 
«Qizil qoshlilar» nomini oldi. Qo‘zg‘alonchilar boshlig‘i Fan Chun edi. 
23-yilda ular mamlakat poytaxti Loini ishg‘ol qiladilar. Hukmron sinf 
qo‘zg‘olonchilar g‘alabasidan foydalanib, hokimiyatni o‘zgartirib, Xan 
sulolasidan bo‘lmish Lyu Syuanni imperator qiladilar. Van Man 
o‘ldiriladi. 
Lekin «Qizil qoshlilar» Lyu Syuanning imperatorligidan norozi 
bo‘lib, o‘zlarining imperatori Lyu Pen-szini taxtga o‘tqazadilar. 
Yirik yer egalari esa o‘zlariga Lyu Syuanni imperator qiladilar va u 
2 - (sharqiy) Xan sulolasiga asos soladi. Qizilqoshlilar va Lyu Syu 
qo‘shinlari o‘rtasida 2 yil kurash davom etadi. Syao tog‘i (Xenan 
viloyati) oldida qizilqoshlilar mag‘lubiyatga uchrab, 27-yilda qo‘zg‘alon 
bostiriladi.


215 
2-Xan sulolasi imperatorlari (25 – 220 yillar) mamlakat iqtisodini 
ko‘tarish uchun qator tadbirlar o‘tkazadilar, jumladan: yangi yerlar 
o‘zlashtiriladi, ko‘chkindilar 5 yilgacha soliq to‘lashdan ozod etiladi, 
irrigasiya inshootlarining eskilari ta’mirlanib, yangilari quriladi. 
Bu vaqtga kelib, xunlarning qabilaviy ittifoqi Xitoyning ichki 
tanazzulidan foydalanib, doimiy bosqinchilik yurishlari uyushtirganlar 
va Xitoy bilan O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo aloqalariga 
xalaqit berganlar. 
I asrning 70 yillarida Xitoy lashkarboshisi va diplomati Ban Chjao 
xunlarga qator jiddiy zarbalar beradi va 89-yilda ular tor-mor qilinadi. 
2-Xan sulolasi davrida mamlakat iqtisodi va madaniyati bir muncha 
ravnaq topadi: qog‘oz, yarim farfor (yupka polirovka qilingan oq 
keramika) ixtiro etiladi. Lekin yana o‘sha xalq ommasining qattiq 
ekspluatasiya qilinuvi natijasida mamlakatda qarama-qarshiliklar yanada 
chuqurlashtiradi. 
184-yilda 
Chjan 
Szyao 
boshchiligidagi 
qo‘zg‘alon 
butun 
mamlakatga tarqaladi. Qo‘zg‘alonchilar ajralib turish uchun sariq 
belbog‘ bog‘laganlar va bu hol tarixda «Sariq belbog‘lilar» qo‘zg‘aloni 
deb nom olgan. Qo‘zg‘alon 20 yildan ortiq davom etib, 205-yilda Sao 
Sao lashkarboshisi bu qo‘zg‘alonni tor-mor etadi. Bu davrda Xitoy 
davlati zaiflashib qoladi va 220-yilda Xan sulolasi tugatiladi. Yagona 
Xitoy davlati yana bir necha davlatlarga bo‘linib ketadi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin